massasigacha o‘lchanadi. Ilmiy tekshirishlarda o‘lchashlarni bajarishda diapazonni
qanchalik o‘zgarishini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin:
Antarktidagi o‘lchash asboblaridan past temperaturalarda (-60
0
S gacha)
muqobil ishlay olish qobiliyati talab etilsa, Sahroi Kabirdagi o‘lchash asboblariga
esa birmuncha issiqroq (60
0
S gacha) bo‘lgan sharoitda me’yorli ishlay olish talablari
qo‘yiladi. YOki shunga o‘xshash, atrof muhitdagi bosimi yuzlab atm. bo‘lgan okean
tubini tadqiq etishga mo‘ljallangan o‘lchash asboblari bilan koinotning fazo
bo‘shlig‘idagi turli tadqiqot maqsadlaridagi o‘lchash asboblari.
Odatda sanoatdagi o‘lchash vositalarining imkoniyat chegaralari birmuncha
torroq bo‘ladi. Ammo, bu sohada ham o‘lchash vositalariga bir qator alohida talablar
qo‘yiladiki, ularning butkul bajarilishi muayyan to‘siqlarni engishga bog‘liqdir.
Birinchi navbatda sanoat asboblarining ilmiy tekshirish asboblaridan farqli ravishda
seriyali ishlab chiqarishga va ko‘plab korxonalarda ishlatilishga mo‘ljallanganligini
eslash kifoyadir. Bu talab sanoat asboblarida seriyali
ishlab chiqarish sharoitida
faqat iqtisodiy foyda keltiradigan texnik echimlardan foydalanish zaruriyatini
keltirib chiqaradi. Bu erda qimmatbaho materiallar va elementlarni, juda murakkab
texnologik jarayonlarni qo‘llash mumkin emas. Bundan tashqari, sanoat asboblari
etarli darajada ishlatish va ta’mirlash uchun sodda bo‘lishligi kerak, chunki hamma
sanoat korxonalarida ham murakkab o‘lchash asboblarini
ishlata oladigan yuqori
malakali mutaxassislar bo‘lavermaydi.
Sanoat asboblari doimo rivojlanishdadir. Har yili seriyali ishlab chiqarishga
yangi o‘lchash asboblari va to‘plamlari joriy qilinadi. Lekin oliy o‘quv yurtlari va
ilmiy tekshirish oliygohlaridagi olimlarning, loyihalash
oliygohlari va loyihalash
byurolaridagi loyihachilarning hamma urinishlariga qaramasdan sanoatda o‘lchash
va nazorat vositalari tanqisligi sezilarlidir. Ushbu jihatdan o‘lchash va nazorat
vositalarining ishlab chiqarilishini ko‘paytirishga mo‘ljallanganligi
texnologik
jarayonlar foydaliligi, mahsulot sifatini hamda ishlab chiqarish salmog‘i va
madaniyatining oshishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: