Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari mazmuni
Subtitle here
Reja:
Ishlab chiqarishda mehnat qobilyatini yo’qotilishi. Faoliyat jarayonida sodir bo’ladigan avariyalar
Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari. H-1 shakldagi dalolatnomani to’ldirish tartibi
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishda zamonaviy, texnologiyalar va mashina-uskunalarning qo‘llanilishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, ishlab chiqarish qonuniyatlarini yaxshi tushunishni va unga amal qilinishini talab qiladi.
Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘plab qoida, norma, yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan. Ammo, shunga qaramasdan, ishlab chiqarish korxonalarida baxtsiz hodisalar uchramoqda.
Shu sababli sanoat korxonalarida ishlab chiqarishning xilma-xilligini hisobga olib, o‘zi uchun mos keladigan mehnat xavfsizligini ta’minlash yo‘riqnomalari tizimi (MXST) tashkil qilingan. Bu tizimlar ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o‘rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishda ishchilar mehnat xavfsizligiga quyidagi yo‘riqnomalar asosida o‘qitiladi:
Kirish yo‘riqnomasi. Bunda ishga kirayotgan yangi ishchilar kirish yo‘riqnomasidan o‘tkaziladi. Bu yo‘riqnomaning asosiy maqsadi ishga kirayotgan ishchiga mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berish, uni ishlab chiqarish maydoni va sexlardagi tartib-qoidalarga o‘rgatishdan iborat.
Ish joyidagi yo‘riqnoma.
Bunday yo‘riqnoma ishchining bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o‘tkazilganda amalga oshiriladi. Ish joyidagi yo‘riqnomada ishchilarga ishchining doimiy ish joyi, xavfli ish jarayonlari, muhofaza qurilmalari va ularning vazifalari, ishni olib borish qoidalari, uskuna, moslamalarning sozlanganligi va yerga ulanganligi, shaxsiy muhofaza vositalarining vazifalari xususida bilim beriladi.