Ishlab chiqarishning ijtimoiy tashkil etish shakllari


Kombinatsiyalashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari



Yüklə 446,5 Kb.
səhifə10/12
tarix11.12.2022
ölçüsü446,5 Kb.
#73814
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
14Konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kombinatsiyalashtirish hamda ular

2.5. Kombinatsiyalashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari.
Sanoatning har bir tarmog‘ida katta korxonalar bo‘laveradi. Lekin ikkinchi tomondan zamonaviy sanoatga kombinatsiya degan narsa xosdir. Sanoatni kombinatsiyalashtirish turli sanoat tarmoqlarining bir korxonada qo‘shilishidirki, bu tarmoqlar yo xomashyoni ketma-ket ishlab beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan cho‘yan quyish va cho‘yanni po‘latga aylantirish, so‘ngra, ehtimol, po‘latdan turli mahsulotlar ishlab chiqarish) yoki biri ikkinchisiga nisbatan yordamchi rol o‘ynovchi tarmoqlar (masalan, chiqindilarni yoki qo‘shimcha mahsulotni ishlash; upakovka buyumlari ishlab chiqarish va h.k.) bo‘ladi.
Kombinat tarkibidagi bo‘limlarning texnik-iqtisodiy birligi, ishlab chiqarish quvvati, mahsulot miqdori, turlari va sifati bo‘yicha o‘zaro mosligi ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqadorlikni ifoda etadi. Bo‘linmalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqadorlik esa turli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. Kombinatning xomashyo, energetika va transport manbalari birligi,uning barcha ishlab chiqarish bo‘linmalarining umumiy kommunikatsiya (suv, bug‘, gaz, elektr bilan ta’minlash) tizimlari birlashganligini, umumiy transport xo‘jaligidan foydalanishini, dastlabki xomashyolarni yoki ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashini, bir-birlarini yarim fabrikat yoki chala mahsulot bilan ta’minlashini ko‘rsatadi.
Kombinatsiyalashtiriladigan korxonalarning hududiy birligi yagona texnologik tizimni tashkil etuvchi birlashtiriladigan ishlab chiqarishlarning uzviy texnologik bog‘liqligidan kelib chiqadi. Bu tizimda uzilish bo‘lmasligi uchun, kombinatning barcha ishlab chiqarish bo‘limlari bir maydonda joylashtiriladi. Bu kimyoviy-texnologik va termik ishlab chiqarish jarayonlari (kimyoviy, metallurgiya, neft-kimyo, oziq-ovqat va h.k.) ustun bo‘lgan kombinatsiyalashtirilgan korxonalar uchun ayniqsa muhimdir. Kombinatsiyalashtirishni rivojlantirishning asosiy sharti ishlab chiqarishni yiriklashtirishdir.
Kombinatsiyalashtirish natijasida xomashyodan, ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liq foydalanish imkoniyati yaratiladiki, bu esa sanoatning xomashyo manbaini kengaytiradi. Kombinatsiyalashtirish sanoat ishlab chiqarishda jarayonlarni uzluksiz olib borish, ularni qisqartirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish va natijada ish kuchini tejash, ishlab chiqarishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bunday ishlab chiqarish sharoitida bir qator qurilish obyektlari uchun kapital xarajatlar, mahsulot va xomashyoni uzoqqa tashish, umumzavod xarajatlari qisqaradi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi, tannarxi kamayib, sifati esa ancha yaxshilanadi va iste’molchilar talabi to‘laroq qondiriladi.Kombinatlashtirishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
-xomashyoni tayyor mahsulot olguncha ketma-ket bosqichlarda qayta ishlash;
-ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga asoslangan holda mahsulot tayyorlash;
-xomashyoni yoppasiga qayta ishlash.
Xomashyoni kompleks qayta ishlashga asoslangan kombinatlashtirish eng rivojlangan ishlab chiqarish bo‘lib juda katta iqtisodiy ahamiyatga egadir. Chunki bu shaklda xomashyo, materiallar va chiqindilardan to‘la-to‘kis foydalanish mumkin bo‘ladi. Kombinatlashtirishning bunday zarurligi xomashyo tarkibida turli elementlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Masalan, Ohangaron rudalarining ko‘p qismi kompleks, polimetallik tavsifga ega bo‘lib, ulardan ba’zi bir elementlarning qiymati mis qiymatidan 9-10 barobar yuqoridir. Hozirgi zamon texnika va texnologiyasi yordamida u yerda mis bilan birga oltingugurt, qalay, qo‘rg‘oshim, oltin, selen, telur va boshqa bir qator nodirbuyumlar olinmoqda. Alohida kombinatning rivojlanish darajasi o‘sha kombinat qamrab olgan tarmoqlar va ishlab chiqarish stadiyalarining soni bilan tavsiflanadi. Shu sababli odatda to‘la-to‘kis va to‘la bo‘lmagan kombinatlarni farqlaydilar. Masalan, to‘la-to‘kis to‘qimachilik kombinati barcha bosqichlar (yigirish, to‘qish va pardozlash)ni qamrab oladi. To‘la bo‘lmagan to‘qimachilik kombinati esa o‘z ichiga bir yoki ikki bosqichni oladi.O‘zbekistonda ishlab chiqarishni kombinatlashtirish juda yuqori darajaga ko‘tarilgan. U ayniqsa metallurgiya, kimyo, to‘qimachilik va oziqovqat sanoatida keng tarqalgan. Respublikada bu tarmoqlarga taalluqli juda yirik, dunyo miqyosida tan olingan kombinatlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular jumlasiga Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati boshqalarni kiritish mumkin.

Yüklə 446,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin