Ishlarni tashkil etish



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#158721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
fayl 1042 1234

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1070
ekish) o’ simliklarni o’ stiradilar. Keyin materialni xaskash bilan tekislaydilar. Yerga 
urug’lar ekish bilan ustini bir yo’la ko’madilar, o’ simliklarni keyingi parvarishini olib 
boradilar. 
O’quvchilar kuzda xaskash va belkurak bilan ishlashda mehnat xavfsizligi va 
shaxsiy gigiena qoidalari bilan tanishadilar, maydonchada o’stirilgan o’simliklarning 
urug’larini yig’adilar maydonchani o’simlik qoldiqlaridan tozalaydilar, o’g’it soladilar, 
tuproqni ag’darib chopadilar, ikkinchi sinfdagi o’qish davrida maktab oldi o’quv-tajriba 
maydonchasidagi ishlar yakunini chiqaradilar, maktab ko’rgazmasi uchun materiallar 
tayyorlaydilar. O’quvchilar ildizmeva (rediska, lavlagi, sabzi) va bir yillik gul manzarali 
o’simliklarning (kosmeya, astra, itog’iz, gultojixo’roz) urug’larini ekishga 
tayyorlaydilar. Ko’chat qalinligini ildiz mevalar ekishga tayyorlaydilar, o’g’itlarning 
ildiz mevalar hosiliga va gul manzarali o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini 
aniqlash bo’yicha tajriba va kuzatishlar olib boradilar. Ildiz meva va gul manzarali o’ 
simliklar urug’larini yerga ekadilar, tajribalar qo’yadilar va ekinlarga qaraydilar. 
Sug’oradilar, o’toq va yagona qiladilar ko’chat o’tkazadilar. 
O’quvchilar kuz davrida hosilni yig’adilar va hisobga oladilar, ularni saqlash 
qoidalari bilan tanishadilar, urug’lar yig’adilar, tuproqqa ishlov beradilar, rezavor, buta 
va mevali daratlarni qishga tayyorlaydilar. Bundan tashqari o’quvchilar mevali 
daraxtlarning tanasi hamda asosiy poyasidagi eski po’stloqlarini olib tashlaydilar, tana 
atrofiga tuproq tashlaydilar, unga o’git soladilar va manzarali butalar o’tkazadilar. 
Boshlangich sinf o’qituvchisi o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil qila 
borib, iqlim sharoitlarini, maktabning hududida joylanishini hisobga olishi va barcha 
masalalarni biologiya o’quvchisi bilan kelishib olishi lozim. Tajriba yosh 
tabiatshunosning qishloq xo jalik tajribalari va qo’shimcha amaliy ishlari bazasidir: 
chunki u yerda tabiatshunoslik darslarida o’rganiladigan o’ simliklar o’ stiradi. 
Boshlangich sinfdan boshlab o’z o’lkalarini, o’z joylarini o’rganadilar, tabiat 
ustida kuzatishlar olib boradilar, ekskursiyalar o’tkazadilar. Boshlangich maktabda 
o’qish vaqtida ularda boy aniq material to’planadi va bu material o’lkashunoslik 
burchagida joylashtiriladi. Vaqt o’tishi bilan o’lkashunoslik burchagida boshlangich 
maktabni ilgarigi bitiruvchilari chiqqan eng qimmatli materiallar to’planib boradi, 
undan tabiatshunoslikni o’qitishda sistemali ravishda foydalaniladi. O’lkashunoslik 
burchagi tabiatshunoslik xonasida yoki alohida sinfda barpo etiladi. Material uch bo’ 
limga ajratiladi: bizning o’ lka, ob-havo va tabiat belgilari. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin