Ishlarni tashkil etish


www.scientificprogress.uz



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix13.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#84089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
boshlang ich sinflarda tabiiy fanlarni o tishda amaliy ishlarni

www.scientificprogress.uz
 
Page 1068
«Rasmli rebus» o’yini. Sinf o’quvchilari uch guruhga bo’linadilar. Har bir guruhga 
rasmlar tarqatadi. Berilgan rasmlar nomining bosh harflaridan hayvon yoki qushlar 
nomi kelib chiqishi kerak. Masalan, it, laylak, ohu, ninachi — non, anor, rediska, chinni 
gul, arpa — archa. 
«Kim tez bajaradi» o’yini. O’quvchilar uch guruhga bo’linadilar. Har bir guruhga 
5 tadan hayvonlar yoki qushlar rasmlari teskari qilib beriladi. Belgilangan vaqt ichida 
(1—2 daqiqada) o’quvchilar hayvon yoki qushlarni yovvoyi yoki uy hayvonlari 
guruhlariga ajratadilar. Topishmoqni birinchi bo’lib xatosiz bajargan guruh g’olib 
hisoblanadi. 
«O’z guruhingni top» o’yini. O’quvchilarga rangli buklangan qog’ozlar 
tarqatiladi. Ularga hayvon va parrandalar nomi yozilgan bo’ladi. O’qituvchi 
o’quvchilarga qog’ozda rasmi berilgan hayvon yoki parranda qanday tovush chiqarsa
ular ham shunday tovush chiqarib o’z guruhini topishlarini tushuntiradi. 
1. Mushuk (miyov-miyov). 2. Kuchuk (vov-vov). 3. Xo’roz (qu-qu-qu-qu). 4. Sigir 
(mo’-mo’). Guruhga bo’linib olganlaridan so’ng guruhga tegishli hayvon yoki 
parrandalar haqida bilganlarini so’zlab beradilar. 
Uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun jonli tabiat burchagi tashkil 
qilinishi kerak, u yerda hayvon va osimliklarni saqlash va zaruratga qarab ulardan 
tabiatshunoslikni o’rganishda foydalanish mumkin. Burchak shunindek o’ quvchilarning 
darsdan va sinfdan tashqari ishlari uchun moddiy baza hisoblanadi. Bu yerda ular 
yilning istagan vaqtida ish olib borishlari mumkin ekskursiya jonli tabiat burchagi 
tashkil qilishning boshlanini bo’lishi mumkin. Suv havzasidagi hayot bilan o’quvchilar 
mollyuska, ninachi qurtlari, har xil qo’ng’izlar, gambuziya, peskar (tanga baliq), 
shuningdek suv o’simliklarining barchasi akvarium, shisha banka idishlarga 
joylashtiriladi. Bog’ va polizdarda ko’pincha meva, rezavor meva hamda sabzavod 
o’simliklari zararkunandalarning g’umbak va qurtlari uchraydi. Jonli tabiat burchagi 
uchun alohida xona ajratgan ma’qul. Bunday imkoniyat bo’lmaganda osimlik va 
hayvonlarni tabiatshunoslik xonasida yoki sinfda joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi 
uchun xona yorug’ bo’lishi, deraza ro’parasiga har xil tokchalarga suv hayvonlari 
hamda osimliklari bo’lgan akvariumlarni qo’yish qulay bo’ladi. Burchakda hayvonlar 
uchun ajratilgan joy ularning tabiatdagi hayot sharoitlariga muvofiq bo’lishi kerak. 
Akvariumni zoomagazindan olish ma’qul. Ammo akvarium sifatida xohlagan shisha 
idishdan foydalanish mumkin, lekin shuni hisobga olish mumkinki, baliqlar 
to’rtburchak idishda yaxshi ko’rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta-
kichikligiga (o’lchamiga) va undagi o’simliklarning soniga muvofiq bo’lishi kerak. 
Bunda yutiladigan va chiqariladigan kislarodning balansi ta’minlansin. Akvariumda 
yashovchilarga doimiy parvarish zarur, oziqni zoomagazindan sotib olish mumkin. 
Baliqlarni ularni shartli refleks hosil qilishi uchun muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. 
Bolalar termometr bilan o’lchab, suv haroratini tekshirib borishga o’rganishlari lozim. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin