boshlang ich sinflarda tabiiy fanlarni o tishda amaliy ishlarni
www.scientificprogress.uz
Page 1067
topshiriqlar, raqamlar, tarqatma testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Grafik topshiriqlarini bajarayotganda o’quvchilarga « —» noto’g’ri javob, «1» —
to’g’ri javob ekanligini tushuntirish lozim. O’qituvchida esa grafik usuldagi javoblarni
tezda aniqlashga moslashtirilgan asbob bo’lishi kerak. Masalan:
21- mart — Navro’z bayrami.
1- sentabr — Ustozlar va murabbiylar kuni.
1- oktabr — Mustaqillik bayrami.
8- dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.
«So’z top» o’yini. Bu metoddan darsning hamma qismlarida foydalanish mumkin.
O’qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqida bir so’z aytadi, o’quvchilar
davom ettiradilar. O’qituvchi boshlagan so’z qaysi harf bilan tugasa, o’quvchi shu
harfdan boshlangan so’zni aytishi kerak.
Masalan: tulki — ilon — ninachi — it — tipratikan — nortuya — yalqov (panda)
— ayiq — qarg’a — ari va hokazo. Bu usul o’quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib,
javob berishga hamda xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
«Klaster» usuli. Bu usul o’quvchiga berilgan mavzu bo’yicha erkin o’ylash va
fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. Bu usulda o’quvchi nimani
o’ylagan bo’lsa, shuni aytadi va yozadi. Yozilgan fikrlar to’g’ri yoki noto’g’ri
bo’lishidan qat’i nazar muhokama qilinmaydi va belgilangan vaqtgacha davom etadi.
Bu sinfning har bir o’quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirib,
ular o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash imkoniyatini yaratadi. «Klastyer»
usuli yangi mavzuni boshlashdan avval o’quvchini darsga qiziqtirib, shu mavzu
bo’yicha oldin egallagan bilimlarini aniqlash maqsadida hamda o’tilgan mavzuni
mustahkamlash uchun o’tkaziladi. Masalan, «O’lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar»
mavzusi.
«Mozaika», ya’ni mayda bo’laklardan yaxlit ko’rinishni hosil qilish. Bunda
qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalarning rasmlari bo’laklarga bo’linib, har bir guruhga
alohida tarqatiladi. Guruhlarning qatnashchilari bo’lakchalarni bir butun ko’rinishga
keltiradilar. Guruh sardorlari yaxlit holga kelgan hayvon, meva yoki daraxt haqida
gapirib beradilar.
«To’xtab o’qish» usuli. O’qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir necha
marta to’xtab, o’quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar aynan matnga
tegishli bo’lishi zarur. Yoki o’quvchi matn o’qish jarayonida to’xtatilib, nima haqida
o’qiganligi so’raladi. Bu usul orqali o’quvchilarning diqqati jamlanadi, mustaqil fikrlash
ko’nikmalari shakllanadi.
«Zanjir» usuli. Bu usulni she’r, topishmoq, maqollar berilgan darslarda qo’llash
maqsadga mu-vofiqdir. O’quvchilar tartib bilan ketma-ket berilgan she’r misrasi yoki
topishmoq qatorini aytadilar. Bu usul qo’llanganda o’quvchi uyalib qolmasligi uchun
berilgan she’r, maqol, topishmoqni yod olishga majbur bo’ladi.