boshlang ich sinflarda tabiiy fanlarni o tishda amaliy ishlarni
www.scientificprogress.uz
Page 1070
ekish) o’ simliklarni o’ stiradilar. Keyin materialni xaskash bilan tekislaydilar. Yerga
urug’lar ekish bilan ustini bir yo’la ko’madilar, o’ simliklarni keyingi parvarishini olib
boradilar.
O’quvchilar kuzda xaskash va belkurak bilan ishlashda mehnat xavfsizligi va
shaxsiy gigiena qoidalari bilan tanishadilar, maydonchada o’stirilgan o’simliklarning
urug’larini yig’adilar maydonchani o’simlik qoldiqlaridan tozalaydilar, o’g’it soladilar,
tuproqni ag’darib chopadilar, ikkinchi sinfdagi o’qish davrida maktab oldi o’quv-tajriba
maydonchasidagi ishlar yakunini chiqaradilar, maktab ko’rgazmasi uchun materiallar
tayyorlaydilar. O’quvchilar ildizmeva (rediska, lavlagi, sabzi) va bir yillik gul manzarali
o’simliklarning (kosmeya, astra, itog’iz, gultojixo’roz) urug’larini ekishga
tayyorlaydilar. Ko’chat qalinligini ildiz mevalar ekishga tayyorlaydilar, o’g’itlarning
ildiz mevalar hosiliga va gul manzarali o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini
aniqlash bo’yicha tajriba va kuzatishlar olib boradilar. Ildiz meva va gul manzarali o’
simliklar urug’larini yerga ekadilar, tajribalar qo’yadilar va ekinlarga qaraydilar.
Sug’oradilar, o’toq va yagona qiladilar ko’chat o’tkazadilar.
O’quvchilar kuz davrida hosilni yig’adilar va hisobga oladilar, ularni saqlash
qoidalari bilan tanishadilar, urug’lar yig’adilar, tuproqqa ishlov beradilar, rezavor, buta
va mevali daratlarni qishga tayyorlaydilar. Bundan tashqari o’quvchilar mevali
daraxtlarning tanasi hamda asosiy poyasidagi eski po’stloqlarini olib tashlaydilar, tana
atrofiga tuproq tashlaydilar, unga o’git soladilar va manzarali butalar o’tkazadilar.
Boshlangich sinf o’qituvchisi o’quv-tajriba maydonchasidagi ishlarni tashkil qila
borib, iqlim sharoitlarini, maktabning hududida joylanishini hisobga olishi va barcha
masalalarni biologiya o’quvchisi bilan kelishib olishi lozim. Tajriba yosh
tabiatshunosning qishloq xo jalik tajribalari va qo’shimcha amaliy ishlari bazasidir:
chunki u yerda tabiatshunoslik darslarida o’rganiladigan o’ simliklar o’ stiradi.
Boshlangich sinfdan boshlab o’z o’lkalarini, o’z joylarini o’rganadilar, tabiat
ustida kuzatishlar olib boradilar, ekskursiyalar o’tkazadilar. Boshlangich maktabda
o’qish vaqtida ularda boy aniq material to’planadi va bu material o’lkashunoslik
burchagida joylashtiriladi. Vaqt o’tishi bilan o’lkashunoslik burchagida boshlangich
maktabni ilgarigi bitiruvchilari chiqqan eng qimmatli materiallar to’planib boradi,
undan tabiatshunoslikni o’qitishda sistemali ravishda foydalaniladi. O’lkashunoslik
burchagi tabiatshunoslik xonasida yoki alohida sinfda barpo etiladi. Material uch bo’
limga ajratiladi: bizning o’ lka, ob-havo va tabiat belgilari.