Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida


-bob. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitishni moliyalashtirish



Yüklə 28,79 Kb.
səhifə3/4
tarix22.09.2023
ölçüsü28,79 Kb.
#147292
1   2   3   4
Mavzu tajriba 1

3-bob. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitishni moliyalashtirish
34. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish bilan bog‘liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga moliyalashtiriladi.
35. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlashga yo‘llagan mahalliy mehnat organlari kasb-hunarga o‘qitish kursi narxi belgilangan shartnoma hamda o‘quvchilar davomati to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq kasb-hunarga o‘qitish faoliyatini amalga oshirgan o‘quv muassasalarining hisobraqamiga pul mablag‘larini har oyda o‘tkazib beradilar.
36. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish uchun mo‘ljallangan sarf-xarajatlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari (yo‘riqchilari) va usta-hunarmandlarning mehnatiga haq to‘lash;
kasb-hunarga o‘qitish faoliyatini amalga oshiruvchi muassasada (tashkilotda) tuzilgan yakuniy malaka imtihonlari komissiyasi a’zolarining mehnatiga haq to‘lash;
boshqa hududlardan kelib o‘qiyotgan shaxslarning transport va turar-joy bilan bog‘liq xarajatlar;
o‘qish davrida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda stipendiyalar to‘lash (ish qidirayotgan shaxslar bundan mustasno);
o‘quv jarayoni uchun sarflanadigan kommunal (elektr energiyasi, suv, gaz va boshqalar) va xomashyo xarajatlari;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil qilish va amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish uchun xarajatlar smetasi joriy tartibda mehnat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
4-bob. Ishsiz shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish davrida stipendiya to‘lash tartibi
37. Ishsiz shaxslarga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi asosida kasb-hunarga o‘qitish davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo‘shilishi kafolatlanadi.
Ish qidirayotgan shaxslar kasb-hunarga o‘qitish uchun yuborilganda, ushbu davrda ularga stipendiya to‘lanmaydi hamda ushbu davr umumiy mehnat stajiga qo‘shilmaydi.
Agar pensiyaning turidan qat’i nazar, pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘lganlar mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan va kasb-hunar o‘rganishga muhtoj bo‘lsalar, ularga kasb-hunarga o‘qitish davrida stipendiya to‘lanmaydi, lekin ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha zarur xizmatlar ko‘rsatilishi lozim.
38. O‘qish yakunlangandan so‘ng bitiruvchilar o‘qishga yuborgan mehnat organlariga mazkur Nizomga ilovaga muvofiq o‘qishni bitirganligini tasdiqlovchi varaqani topshiradilar.
39. Kasb-hunarga o‘qitilayotgan ishsiz shaxslarga stipendiyalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda to‘lanadi.
40. O‘quv mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan, o‘zlashtirmayotgan yoki mehnat va jamoat tartibini buzayotgan shaxslarning o‘qishni davom ettirishlari to‘g‘risidagi masala o‘quv tashkilotining rahbariyati va mahalliy mehnat organlari vakillari bilan birgalikda hal qilinadi. Surunkasiga va sababsiz o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan yoki jamoat tartibini buzganligi, jinoyat sodir qilganligi tufayli hibsga olingan shaxslarga stipendiyalar to‘lash mahalliy mehnat organi va o‘quv muassasasi qabul qilgan qaror asosida to‘xtatib qo‘yiladi.
41. O‘qishni tugatgan ishsiz shaxs o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan yakuniy malaka imtihonlarida nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarining talabga javob bera olmasligi tufayli topshira olmasa, unga stipendiya to‘lanmasdan, qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi va qayta yakuniy malaka imtihoni olinadi.
42. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan va tegishli hujjat olgan bitiruvchi ishga joylasha olmasa, u mehnat organlariga kelishi va unga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha ishga joylashish yuzasidan yordam ko‘rsatilishi lozim.
43. Ishsiz shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashish yoki o‘zini o‘zi band qilish imkoni bo‘lmasa, qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
44. Mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan kasb-hunarga o‘qitish muddatlari mobaynida kasb-hunarga o‘qitishdan o‘tgan ishsiz shaxslar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (shartnoma bo‘yicha ishga joylashtiruvchi korxonaning tugatilishi, shtatlar sonining qisqartirilishi, texnologiyalarning o‘zgarishi va boshqalar) ishga joylasha olmasalar, ularni joriy yil mobaynida mehnat organlarida yana ishsiz deb e’tirof etib, o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha o‘qishga yuborish mumkin.
Bitiruvchi ishsiz shaxslar uzrsiz sabablarga ko‘ra tanlagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasdan, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yil mobaynida takroran kasbga o‘qish istagini bildirsalar, bunday shaxslarni kasbiy ta’lim yakunidan keyin 6 oy o‘tgandan so‘ng qaytadan kasbiy tayyorgarlikka yo‘llash mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
441. Mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan ishsiz yoki ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitishni rag‘batlantirish uchun har bir mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan ishsiz yoki ish qidirayotgan shaxs uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan kasb-hunarga o‘qish davrida har oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida rag‘batlantirish to‘lovi to‘lab beriladi. Bunda:
aholining bandligiga ko‘maklashish markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida davlat yoki nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiradi;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga rag‘batlantirish to‘lovini to‘lash haqidagi ma’lumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida aks ettiriladi;
rag‘batlantirish to‘lovi o‘n ikki oylik davr ichida o‘qish davrining ko‘pi bilan yigirma olti kalendar haftasi davomida Xalq banki va uning filiallari tomonidan tegishli qaydnomaga asosan to‘lab beriladi;
to‘liq bo‘lmagan kalendar oy uchun to‘lov to‘lanishi kerak bo‘lgan kalendar oydagi kunlar sonining to‘liq kalendar oydagi kunlar soniga mutanosib miqdorda to‘lanadi;
davlat yoki nodavlat ta’lim tashkiloti nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qishdan chetlatsa, bu haqda 3 kunlik muddatda aholini bandligiga ko‘maklashish markazlarini rasmiy ogohlantirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi;
aholini bandligiga ko‘maklashish markazlariga o‘qishdan chetlatilganlik to‘g‘risida xat kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kunida rag‘batlantirish to‘lovini to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
o‘quv kurslari uzrli sabablarga ko‘ra qoldirgan taqdirda rag‘batlantirish to‘lovlari to‘xtatilmaydi.
(441-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/596/0923-son)

Yüklə 28,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin