Islom Abdug’aniyevich Karimov



Yüklə 65,01 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü65,01 Kb.
#167263
Islom Abdug


Islom Abdug’aniyevich Karimov
Islom Abdug’aniyevich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Uning oilasida har kungi og’ir mehnat yashash uchun pul topishning yagona usuli edi.
Uning bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to’g’ri keldi. U va uning barcha yaqinlari bir burda nonning haqiqiy bahosini bilganiga qarmasdan, qiyinchilik va yo’qchilikni boshidan kechirdi, ular minglab vatandoshlarimiz kabi Ikkinchi jahon urushi vaqtida O’zbekistonga evakuatsiya qilingan kishilar bilan o’z uyi va tuz-nonini baham ko’rgandi.
Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o’qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. O’quvchilik yillari mobaynida ko’p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo’yicha adabiyotlarni o’qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.
1955 yilda Islom Abdug’aniyevich O’rta Osiyo politexnika institutiga o’qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo’yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o’z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi. Bu zavod qishloq xo’jaligi texnikasining har xil turlarini, shu jumladan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarardi. Ular O’zbekiston va boshqa respublikalar dehqonlarining mehnatini yengillashtirardi, shuningdek, boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Islom Abdug’aniyevich uchun bularning barchasini vujudida his qilish, ishlab chiqarishda tajriba orttirish, zavod hayotining “murakkab” va “ijobiy” tomonlarini ko’rish muhim edi.
O’zining intiluvchanligi, bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961 yilda u sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida - Toshkent aviatsiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu yerda u 1966 yilgacha ishlab, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko’tarildi.
Taqdir unga kulib boqmagandi. U qator qiyinchiliklar va to’siqlarni bartaraf etishi lozim edi. Bu esa uning xarakterini toblar, uni yanada mustahkam qilardi. U hayot yo’lini, avvalambor, o’z kuchi va bilimlariga tayanib bosib o’tdi. Maktab yillarida, institutda, ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatida va iqtisodiy ta’lim olayotganida va dissertatsiyasini himoya qilganida ham u o’z kuchi va bilimiga tayandi.
U ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oldi.
Aynan shu tarzda 1967 yilda u Toshkent xalq xo’jaligi institutining kechki bo’limini tamomladi.
1973 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutida “O’zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuzilishi va uni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1975 yilda Moskvada nufuzli Xalq xo’jaligi boshqaruvi institutida iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasini qo’llagan holda ishlab chiqarish va rejalashtirishni boshqarish, tashkil qilish zamonaviy usullari sohasi bo’yicha tahsil oldi.
1994 yilda unga iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi, “makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo’yicha professor ilmiy unvoni berildi. U O’zbekiston Fanlar akademiyasining “iqtisodiyot” ixtisosligi bo’yicha haqiqiy a’zosi etib saylandi.
1966 yildan e’tiboran Islom Abdug’aniyevich O’zbekiston Davlat reja qo’mitasiga o’tib, fan bo’limi bosh mutaxassisi lavozomidan Davlat reja qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari lavozimigacha yo’lni bosib o’tdi, jiddiy va o’ziga xos fikrlaydigan iste’dodli iqtisodchi obro’siga erishdi.
1983 yilda Moliya vaziri, 1986 yilda Ministrlar Kengashi raisining o’rinbosari - O’zbekiston Davlat reja qo’mitasi raisi bo’ldi.
Iqtisodchi, nazariyachi va amaliyotchi Islom Karimov xo’jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi butunlay noto’g’riligini ko’rib anglagan. Respublikaning moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi rejalarini shakllantirgan Davlat reja qo’mitasida va Moliya vazirligida xizmat pillapoyalaridan o’tayotib, tahliliy tafakkurga ega bo’lgan holda hech kimga ma’lum bo’lmagan yuzaga kelgan muammolarni ich-ichidan his qilardi.
1986 yilda O’zSSR Davlat reja qo’mitasi raisi bo’lgan Islom Abdug’aniyevich vaziyatni chuqur o’rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini angladi. U vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o’zgartishni xohlagan holda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo’mitasiga “O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorladi.
U jiddiy va aniq choralar ko’rilishiga umid qilgandi. Lekin vujudga kelgan vaziyat rahbariyatning shu darajada g’azabiga sabab bo’ldiki, uning Toshkentda bundan buyon qolishga imkoni yo’q edi. “Nomaqbul” I.A.Karimovdan qutulish istagi shunchalik kuchli ediki, shu tufayli partiya tomonidan viloyat partiya qo’mitasi birinchi kotibi lavozimiga tayinlashning belgilangan tartibi buzildi. Shunday qilib, u Siyosiy byuro yig’ilishida Qashqadaryo viloyati partiya qo’mitasi birinchi kotibi lavozimiga sirtdan tayinlandi. Amalda bu uning markazdan uzoqroqqa “surgun qilinishi” edi.
Islom Abdug’aniyevich juda murakkab viloyatga yuborilgan edi. Butun O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oson emasdi, Qashqadaryo viloyatida esa vaziyat ancha murakkablashgan edi, chunki avvalgi viloyat rahbariyati xalqning ko’z ongida o’zi obro’sini tushirgan, u yerda partiya rahbarlariga nisbatan ishonch umuman yo’q edi.
Ehtimol, Islom Abdug’aniyevichning Qashqadaryoga tayinlanishi uni sindirish uchun kerak bo’lgandir, biroq bu aksincha uning taqdirida burilish yasadi.
U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishladi. Uning bosh maqsadi xalqning ishonchini qozonish, hokimiyatga nisbatan munosabatini o’zgartirish, viloyatda ishlarning ahvolini yaxshilashdan iborat edi. Va u buni uddaladi. Qariyb 300 km yo’llar, bozorlar, ijtimoiy-madaniy ob’yektlar qurildi. Hozirgacha viloyatda odamlar Islom Abdug’aniyevich Karimov ishlagan kunlarini mamnuniyat bilan eslaydilar.
Islom Karimov qanday lavozimda ishlamasin, u, avvalambor, o’z Vatanining fuqarosi bo’lib qoldi, xalqining baxtli va farovon turmush kechirishini xohladi. Xalq ham o’z hayotidagi ijobiy o’zgarishlarni his qilib, unga katta ishonch bilan qarabgina qolmay, balki o’z yo’lboshchisining haqiqiy fikrdoshi bo’ldi.
O’sha yillarning o’zida uning Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” (1981) va “Xalqlar do’stligi” (1988) ordenlari bilan taqdirlangandi.
1989 yil 23 iyun kuni I.A.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo’mitasi birinchi kotibi etib saylandi va o’sha vaqtda fojeali voqealar ro’y bergan pallada O’zbekiston boshqaruvini o’z zimmasiga oldi.
Islom Abdug’aniyevich yuksak lavozimga kelgan vaziyatni to’laqonli his qilish uchun uning o’z so’zlariga murojaat qilaylik: “Sovet kommunistik tizimi xali-hamon hukmron bo’lgan 1989 yilni eslaylik. Mayning oxiri — iyun oyining boshida “Farg’ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O’zbekistondagi, balki butun O’rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.
Aynan o’sha kunlari respublikadagi vaziyat keskin va nafaqat Farg’ona vodiysida, balki Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va boshqa viloyatlarning ayrim hududlarida yer go’yoki yonib turgan bir paytda O’zbekiston shaxsiy jasorati va yuz berayotgan voqealarning mazmun-mohiyatiga davlat qarashi, o’z xalqi va o’z mamlakati uchun alohida mas’uliyati bo’lgan rahbarga ega bo’ldi.
Islom Karimov bularning negizida kasodga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, respublikaning milliy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini inkor etish siyosati, hukmronlik va xalqni kamsitish siyosati yotishini yaxshi anglagan. Markaz tashabbusi bilan tahqirlovchi “paxta ishi”, “o’zbek ishi” asoratlari xaligacha kishilarning yodida turibdi.
Xalokatli vaziyat xom ashyo yo’nalishiga moslashgan iqtisodiyotda ham vujudga kelgan edi. Respublikada, ayniqsa, aholisi zich yashagan Farg’ona vodiysida o’z ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan norozi bo’lgan kishilarning sabr kosasi to’lgan edi.
Endilikda aniqlik bilan aytish mumkin: aynan Islom Karimov millatlararo ziddiyatni to’xtatdi, fuqarolar urushi olovini o’chirdi, yuz minglab, balki millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi, respublikamizda ham, ko’p millatli aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik va xotirjamlikni ta’minladi.
Islom Karimov O’zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyunda hukumat yig’ilishida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo’yicha chuqur o’ylangan o’z dasturini tatbiq etishga kirishdi.
Qisqa muddatlarda tubdan ko’rilgan boshqa choralar bilan birga 1989 yil avgustidayoq tarixiy qaror qabul qilindi - 400 ming gektarga yaqin sug’oriladigan yerlar qariyb 2,5 million oilaga tomorqa sifatida ajratib berildi. Bu, shubhasiz, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Agar bitta tarixiy faktni hisobga oladigan bo’lsak, ushbu birinchi navbatdagi o’zgarishning butun miqyosini anglash qiyin emas: sovet hokimiyatining 72 yili mobaynida O’zbekiston qishloq aholisiga atigi 300 ming gektar yer ajratilgan edi, xolos.
1989 yil oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o’rinlarda bo’lgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilingani Islom Karimovning dadil siyosiy qadami bo’ldi. Bu o’zbek xalqining milliy ongi yuksalishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, mustaqillikni qo’lga kiritish yo’lida birinchi g’alaba edi.
Ta’kidlash joizki, o’sha vaqtda O’zbekiston SSSR tarkibida bo’lgan, unda juda katta mamlakatni boshqaradigan qattiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilgan. Garchi mazkur qaror Moskva markazi siyosatiga zid bo’lsa ham, u qabul qilinib tatbiq etildi.
O’zbekiston zimmasiga yuklangan qarorlarga ko’ra barcha ekinlar uchun mo’ljallangan maydonlarning deyarli 80-90 foizi bitta ekin - paxta bilan band qilingan edi. Bu katta ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga sabab bo’ldi. Va Islom Karimovgacha kishilar dardiga quloq solib ularning dolzarb muammolarni yechish uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladigan bironta rahbar bo’lmadi.
Islom Karimov shaxsiy jasurlik bobida ham ibrat bo’la olardi. Toshkent viloyati Bo’ka va Parkent tumanlarida avj olgan mitinglarda shaxsiy xavfsizligi haqida bosh qotirmay, u odamlarni so’zi bilan ishontira olganligini eslashning o’zi kifoya qiladi. Yoki 1991 yilning oxirida Namangan viloyati ma’muriyatining ekstremistlar tomonidan to’laligicha nazorat qilingan binosiga himoya qiluvchi xodimlarsiz bir o’zi kirib, har qanday ekstremizmni, shu jumladan diniy ekstremizmni istisno qiluvchi demokratik va dunyoviy davlat qurish bo’yicha o’z nuqtai nazarini qat’iy va aniq qilib ko’rsatib berdi.
Keltirilgan faktlar o’sha oson bo’lmagan vaqtning haqiqiy holatini ishonchli tarzda aks ettiradi va hech qanday izoh talab qilmaydi.
1990 yil mart oyida M.S.Gorbachev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O’zbekiston ittifoqdosh respublikalardan birinchi bo’lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi.
1990 yil 21 iyunda O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimovning tashabbusi bilan “Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. Bu mustaqillik kurash borasidagi jasur va hal qiluvchi qadamlardan bo’lib, ular ko’p millionli xalqimiz Moskva markazidan aytilgan kommunistik mafkuraning bosimi ostida boshqa yashashni istamasligining tasdig’i bo’ldi.
Ta’kidlash joizki, yaratilgan huquqiy asoslarga qaramay, haqiqiy mustaqillikka hali ancha yo’l bosish zarur edi. Bundan tashqari, Moskva rahbariyati loqaydlik kayfiyatida bo’lishiga qaramasdan o’z tasarrufida dunyodagi eng kuchli qatag’on qiluvchi apparatlardan biriga ega edi va istalgan vaqtda “suverenitetlar paradi”ni bekor qilishi mumkin edi.
Aynan shunday vaqtda haqiqiy yetakchi o’z xalqining qo’llab-quvvatlashini va ishonchini his qilib, mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oldi va qat’iyatlilik, mardlik hamda jasorat namunasini ko’rsatdi.
1991 yil 31 avgustda 12 chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O’sha kunning o’zida “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi Qonunga imzo chekdi.
1990 yilning avgustidayoq Islom Karimov kompartiyani qayta tashkil qilishga kirishdi, xalqimizning “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang” degan dono fikrini qo’llab-quvatlab, uning mafkurasi va siyosatini amalda tubdan o’zgartirishga harakat qildi. Odamlar va ma’muriyat ulkan zaxiralari bo’lgan hukmron partiya mutlaqo yangi mafkura va siyosatiga ega xalq demokrtatik partiyasiga o’zgartirildi.
Kommunistik partiyaning obro’si tushib ketgan lahzada o’zlarini muxolif deb e’lon qilgan “Birlik” va “Erk” partiyasi kabi muqobil partiyalar va harakatlar paydo bo’ldi.
Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov fikrlar xilma-xilligini va demokratik qadriyatlarga sadoqatni namoyon qilgan holda dadil qadam qo’yishga - ko’p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o’tkazishga qaror qildi.
Saylov 1991 yil 29 dekabrda umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazildi. Mutlaq ko’pchilik ovoz bilan ushbu yuksak lavozimga Islom Abdug’aniyevich Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi.
Prezident saylovi bilan bir vaqtda O’zbekiston mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazildi. Ovoz berishga kelgan deyarli barcha fuqarolar mustaqil suveren O’zbekiston uchun fikr bildirdilar.
Saylovdagi g’alabasi bilan Islom Karimov o’zining butun xalq tomonidan qo’llab-quvvatlangan siyosati qonuniyligini tasdiqladi. Prezident lavozimidagi vakolatlari haqqoniyligining bunday tasdig’i, shubhasiz, Islom Karimovga mustaqillikni mustahkamlash hamda orziqib kutilgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo’yicha olib borayotgan ishlar to’g’riligiga ishonchni yanada mustahkamladi.
Tarixan qisqa davrda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq ta’riflangan Asosiy qonun - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqilib qabul qilindi. Islom Abdug’aniyevich uning ustida ishlashda bevosita qatnashib, O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni ustida ishlashda konstitutsiyaviy tajribasidan foydalanish uchun AQSh, GFR, Yaponiya, Kanada, Frantsiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniya, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarning konstitutsiyalarini batafsil o’rganib chiqdi.
Islom Abdug’aniyevich Asosiy qonunni ishlab chiqish bo’yicha komissiyani boshqarayotib, O’zbekiston negizida millati, dinga munosabati, ijtimoiy mavqei va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, insonparvarlik hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash tamoyillari yotgan kelajagi buyuk davlatni ko’rgandi.
Uch oy mobaynida Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasidan o’tib, uning doirasida 6 mingdan ziyod taklif kiritildi va komissiya tomonidan ko’rib chiqildi.
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Oliy Kengashi ushbu tarixiy hujjatni qabul qildi.
Yangi Konstitutsiya fuqarolarni va davlatni huquq va majburiyatlar orqali o’zaro bog’lab turadi. Shu ma’noda hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha printsipial qoidalarini, ya’ni hayot, shaxs va inson erkinlining daxlsizligi qoidasini o’zida mujassam etgan.
Yangi jamiyat qurishning asosiy negizi sifatida mulkka nisbatan munosabat printsipial ahamiyatga ega. Konstitutsiyada xususiy mulk nafaqat uning boshqa shakllari bilan teng huquqliligi, balki davlat va uning institutlari himoyasi ostida ekanligi e’lon qilingan. Ta’kidlash joizki, ilgari sobiq SSSR huquqiy tizimida “xususiy mulk” tushunchasini “shaxsiy mulk” tushunchasi bilan almashtirgan holda uni chetlab o’tishga urinishlar bo’lardi.
Ko’p yillik bir partiyali monopoliyadan keyin davlat hokimiyati qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatiga bo’linishi tamoyili asosida tashkil qilinishi va tuzilishining huquqiy asoslari yaratildi.
Alohida ta’kidlash lozimki, yangi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish jarayonida BMT fundamental hujjatlarining qoidalariga va xalqaro huquq printsiplariga qat’iy amal qilindi.
Hatto Yevropa mamlakatlari va AQShning eng talabchan ekspertlari, shuningdek, BMT va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining ko’p sonli ekspertlari Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan Qonunni diqqat bilan tahlil qilib, u umumqabul qilingan demokratik normalarga muvofiqligini e’tirof etdilar. Shu boisdan ham Islom Abdug’aniyevich “Konstitutsiya — bizning buyuk yutug’imiz” deb ta’kidlashiga to’la haqli edi.
I.A.Karimov muqobillik asosida to’g’ridan-to’g’ri, umumiy, yashirin ovoz berish yo’li bilan bir necha marotaba O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va har safar saylovchilarning mutlaq ko’pchilik ovozini oldi. Bu 2000 yil 9 yanvar, 2007 yil 23 dekabr, 2015 yil 29 mart kunlari kuzatildi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda o’z harakat dasturlari va elektoratiga ega bo’lgan hamda barcha darajadagi saylovlarda, jumladan mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etadigan to’rtta siyosiy partiya faoliyat ko’rsatmoqda. Bu O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. Bundan tashqari, mamlakatimizda O’zbekiston ekologik harakati faol ish olib bormoqda.
Davlat va iqtisodiyotning totalitar, markazlashtirilgan boshqaruv tizimini yo’q qilish, mustaqil O’zbekistonning yangi siyosiy va davlat tuzilishining asoslarini shakllantirish, hokimiyatning markazdagi va joylardagi konstitutsiyaviy, vakillik organlari yaxlit tizimini yaratish bo’yicha ishlar markazda va joylarda maqsadli, bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Davlat boshlig’i tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarni tatbiq etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir, o’z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida mas’ul ijroiya hokimiyatining samarali tizimi yaratildi. Viloyat, tuman va shaharlarda hududlar rivoji uchun javob beradigan hokimlar instituti amal qiladi.
Mutlaqo yangi asosda va qisqa muddatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va milliy xavfsizlik organlari tizimi shakllandi, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov rahbarlik qilgan Qurolli kuchlarimiz tuzildi.
Ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi organlari tarkibiy bo’linmalarining hududiy bo’ysunuvi bir respublika doirasida shakllangan edi, Qurolli Kuchlarda esa bu masala oson emasdi.
O’zbekistonning o’z Qurolli Kuchlari bo’lmagan. Uning hududida bir necha respublikalarni qamrab olgan keng Turkiston harbiy okrugining harbiy qismlari joylashgandi.
Ushbu barcha masalalar O’zbekiston atrofida, ayniqsa, Tojikiston va Afg’onistonda yuz berayotgan xatarli jarayonlarni hisobga olgan holda tezkor qaror qabul qilishni talab etdi.
Umuman olganda, tarkibidagi harbiy qismlarning jangovor qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazmagan holda o’z Qurolli Kuchlarini yaratish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, huquq-tartibot va milliy xavfsizlik organlari isloh qilindi. Shunday qilib, hozirgi kunda ham mamlakatimiz suvereniteti, konstitutsiyaviy tuzilishi, hududiy yaxlitligi va jamoat tartibining ishonchli himoyasini ta’minlaydigan tizim yaratildi.
I.A.Karimov sud hokimiyati tizimini shakllantirishga va mustahkamlashga, uning demokratlashuvi va liberallashuviga, sudning mustaqilligi, xolisligi va odilligini ta’minlashga katta e’tibor qaratdi. Sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirildi, kassatsiya instituti isloh qilindi, ishlarni qayta ko’rib chiqish apellyatsiya tartibi joriy qilindi, sud muhokamasining barcha bosqichlarida tomonlarning tengligi ta’minlandi.
Inson huquqlari bo’yicha samarali faoliyat ko’rsatadigan milliy institutlar tizimini yaratish O’zbekiston demokratik rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri bo’ldi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti yaratildi. Ular bir-birini takrorlamasdan, mustaqil va o’z yo’liga ega bo’lib, jamiyatimizda qonun ustuvorligi tamoyiliga rioya qilishga, fuqarolarning huquqlari qonunchilikka muvofiq himoya qilinishiga sharoitlar yaratadi, ularning tatbiq etilishi monitoringini yuritadi.
Birgalikda O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutsional tuzilmasini tashkil qiluvchi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va jamg’armalar, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi kafolatlandi. Ularning nafaqat soni, balki ishining samaradorligi oshib bordi.
O’zbekiston xalqi hayotida mahalla singari noyob, asrlar davomida vujudga kelgan o’zini o’zi boshqarish jamoat instituti ulkan ahamiyatga ega. Istiqlol yillarida mahalla hayoti bilan bog’liq yaxshi qo’shnichilik va o’zaro hurmat, bag’rikenglik, mehribonlik, yordamga muhtoj kishilar haqida g’amxo’rlik qilish kabi an’analar tiklandi va rivoj topdi.
Bugungi kunda 10 mingga yaqin fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi ilgari mahalliy hokimiyat organlari vakolatidagi 30 dan ziyod vazifani bajarib kelmoqda, xususan joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamiyatda axloqiy-ma’naviy qadriyatlar qaror topishi, barkamol yosh avlodni tarbiyalash, aholining ish bilan bandligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni obodonlashtirish bo’yicha ko’plab masalalarni samarali hal qilmoqda.
Biron-bir davlatni bayroq va gerb singari davlat ramzlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Va shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, mustaqil O’zbekistonning ushbu muhim ramzlarining muallifi Islom Abdug’aniyevich Karimov hisoblanadi. Shuningdek, u “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari kabi mukofotlarni yaratish bo’yicha muallif hamdir.
Mustaqillik qo’lga kiritilishi bilan Prezident I.A.Karimovning faol tashqi siyosiy faoliyati boshlanadi.
O’sha davr uchun eng muhim vazifani hal qilish — O’zbekiston suveren, mustaqil davlat sifatida e’tirof etilishiga erishish, xalqaro huquqning to’laqonli sub’yektiga aylanish zarur edi. Butun dunyo nigohi qaratilgan respublikamizda aniq ishlar, tub o’zgarishlar zarur edi.
1992 yil 2 mart kuni O’zbekiston xalqaro huquqning to’lqonli sub’yekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu respublikamizning rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi, shuningdek, faol xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik uchun imkoniyat yaratildi.
133 ta mamlakat O’zbekiston bilan xalqaro aloqalar sub’yekti sifatida diplomatik munosabatlar o’rnatdi. O’zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga ham a’zo bo’lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy va global rivojlanishning ko’p masalalarini hal qilishga salmoqli hissa qo’shib keldi.
Shu ma’noda fundamental muammoni hal qilish - tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat apparatlarini aslida noldan boshlab yaratish lozim edi. Malakali kadrlar yetishmasligi eng murakkab masala edi. Ularni xalqimizning iste’dodli yoshlariga tayangan holda o’zimizda, O’zbekistonda tayyorlashga qaror qilindi.
Bundan tashqari, I.A.Karimovning 1992 yilning iyulida Xelsinkida o’tkazilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha Kengashda ishtirok etgani O’zbekistonning xalqaro obro’si e’tirof etilgani hisoblanadi. U YeXHTning yig’ilishida raislik qilib, “O’zgarishlar vaqtiga tahdid” deb nomlangan yakuniy hujjatini muhokama qildi. I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyalarida va boshqa xalqaro tashkilotlarda bir necha marotaba so’zga chiqib, o’zining gohida kutilmagan, balki dolzarb xalqaro muammolarning yechimi bo’yicha hamisha to’g’ri, o’z yuragidan chiqqan yondashuvni taklif etgan.
U XXI asr vabosi hisoblangan terrorizm va u bilan yaqin bog’langan narobiznesni faqat birgalikdagi harakatlar orqali yo’q qilish mumkinligi to’g’risidagi masalani birinchilar qatorida ko’tarib chiqdi, ushbu xavf-xatarlarni bartaraf qilish va Markaziy Osiyoda “xavfsizlik belbog’ini” shakllantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar taklif qildi. Ushbu tashabbuslar Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo’lishiga qarshi kurashish bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi tuzilganida, shuningdek, O’zbekistonda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining qarorgohi ochilishida ro’yobga chiqdi.
Islom Abdug’aniyevich Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish bo’yicha tashabbusni ilgari surgan va bu borada izchil harakatlar qilgan. Ushbu zonaning yakuniy shakllanishi AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy va Rossiya — yadro davlatlari “beshligi” tomonidan imzolangan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to’g’risidagi shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi bayonnomada mustahkamlab qo’yildi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston ShHTga asos solgan davlatlardan biri hisoblanadi va ikki marotaba ushbu tashkilotda raislik qildi.
Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotida raislik qilgan davrda 2016 yil iyunda Toshkentda ShHTning a’zo davlatlari rahbarlari Kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi. ShHT faoliyatini takomillashtirish, uni turli yo’nalishlar bo’yicha hamkorlik qilish doirasida yanada kengaytirish to’g’risida muhim hujjatlar va qarorlar qabul qilindi.
I.A.Karimov rahbarligida O’zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasi ishlab chiqilib, uning asosini tinchliksevarlik va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, vujudga keladigan ziddiyatlar va nizolarni faqat tinch, siyosiy yo’l bilan hal qilish tashkil qiladi. 2012 yilda ushbu hujjat parlamentimiz tomonidan tasdiqlandi.
Islom Karimov O’zbekiston biron-bir harbiy-siyosiy blokga qo’shilmay, o’z hududida xorijiy harbiy bazalarning joylashuviga, o’z harbiy xizmatchilarining mamlakat tashqarisida bo’lishiga yo’l qo’ymay, har qanday ziddiyatlarni faqat siyosiy va tinch yo’l bilan hal qilish nuqtai nazariga qat’iy amal qiladi deb bir necha marotaba ta’kidlagan.
U “xalqimizga tinchlik va xotirjamlik kerak. Bu — O’zbekiston xalqi xohishi, bu - xalqimiz maqsadi, bu — uning qat’iy qarori” degan fikrlarni hamisha takrorlab kelgan.
Suveren va mustaqil O’zbekistonning tashkil topishiga, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etilishiga, fuqarolararo tinchlik va milliy totuvlik ta’minlanishiga qo’shgan misli ko’rilmagan hissasi uchun hamda qat’iyligi va jasurligi uchun “O’zbekiston Qahramoni” (1994, 001-sonli yulduz), “Mustaqillik” (1996, 002-sonli orden), “Amir Temur” (1997, 003-sonli) ordenlari bilan taqdirlandi.
Islom Abdug’aniyevich Karimovning faoliyati xalqaro darajada ham yuksak baholandi. U boshqa mamlakatlarning quyidagi mukofotlari bilan taqdirlangan:
— Ukraina Prezidentining Faxriy nishoni (Ukraina), 1992 yil.
— “Mugunxva” ordeni (Koreya Respublikasi), 1995 yil.
— “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” Katta Xochi kavaleri ordeni (Italiya), 1997 yil.
— “Altin iran” (Oltin burgut) ordeni. Qozog’iston, 1997 yil.
— Birinchi darajali “Dono Yaroslav” ordeni (Ukraina), 1998 yil.
— “Ulug’ Vitautas” ordeni (Litva), 2002 yil.
— “Fuqarolik xizmatlari uchun” ordeni (Ispaniya), 2003 yil.
— “Xizmatlari uchun” birinchi darajali ordeni (Polsha), 2003 yil.
— “Oltin Runo” ordeni (Gruziya), 2003 yil.
— “Stara Planina” ordeni (Bolgariya), 2003 yil.
— “Xaloskor” ordeni” (Gretsiya), 2003 yil.
— “Turkmenistanyn Hormatly il yasulusy” (Turkmaniston), 2007 yil oktyabr.
— “Uch yulduz” ordeni (Latviya), 2008 yil.
— “Jasorat” prezident ordeni (Gruziya), 2013 yil.
— Birinchi darajali “E’tirof xochi” ordeni (Latviya), 2013 yil.
— “Magtymguly Adyndaky Halkara Bayragy” ordeni va “Maxtumquli” xalqaro mukofoti (Turkmaniston), 2014 yil.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab Islom Karimov milliy davlatchilik, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy yangilash, bugungi kunda butun dunyoda mashhur “o’zbek modeli” asoslarini ishlab chiqdi. U quyidagi beshta tamoyildan iboratdir:
— iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, ishlab chiqarishning mafkuradan xoliligi;
— davlat — bosh islohotchi;
— qonunning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ustuvorligi;
— kuchli ijtimoiy siyosatni murakkab demografik vaziyatni hisobga olgan holda amalga oshirish;
— bozor iqtisodiyotiga xolisona iqtisodiy qonunlarni hisobga olib “inqilobiy sakrashlarsiz”, bosqichma-bosqich o’tish.
Avvalambor, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning izchil tatbiq etilishi va chuqurlashtirilishi, uning moliyaviy institutlari va real sektor tarmoqlari barqaror va uzluksiz faoliyat ko’rsatishi, bozor mexanizmlari keng joriy etilishining ta’minlanishi, ishlab chiqarishning diversifikatsiya qilinishi, uzluksiz texnik va texnologik jihatdan yangilab borilishi va rivojlanishi, buning uchun juda katta investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar jalb etilishi I.A.Karimov tomonidan kompleks islohotlar o’tkazilganligining natijasidir. Bularning barchasi mamlakatimiz salohiyatini, raqobatbardoshligini oshirishga, yanada izchil rivoj topishi uchun mustahkam fundament shakllanishiga xizmat qildi.
Kichik va xususiy biznes milliy iqtisodiyotda muhim o’rin egallaydi. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi mamlakatimizda iqtisodiy siyosatning eng muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Xususiy sektor vakillari uchun imtiyozlar va preferentsiyalar yaratilgan, ular xom ashyo resurslaridan foydalanishlari uchun sharoitlar bilan ta’minlangan.
Mamlakatimizda neft-kimyo, kimyo, avtomobil sanoati, qishloq xo’jaligi va temir yo’l mashinasozligi, farmatsevtika, elektrotexnika, tekstil sanoati, zamonaviy qurilish materiallari sanoati kabi respublika uchun sanoatning mutlaqo yangi yuqori texnologik tarmoqlari yaratildi.
Sho’rtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo’ng’irot soda zavodi, Dehqonobod kaliy o’g’itlari zavodi, Andijon, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi avtomobilsozlik zavodlari kabi jahon miqyosida noyob sanoat majmualari qurildi.
Mamlakatimizda zamonaviy yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi yaratildi, shu jumladan Qamchiq dovoni orqali noyob tunnel bilan Angren-Pop, shuningdek, Toshguzar-Boysun-Qumqurg’on temir yo’l yo’nalishlari tizimlari ishga tushirildi, Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Qarshigacha Markaziy Osiyoda tezligi yuqori bo’lgan birinchi temir yo’l yo’nalishi ochildi, xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro logistika markazi va O’zbek milliy avtomagistrali yaratildi.
Zamonaviy davlatni rivojlangan infratuzilmasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy salohiyatni oshirish, AKTni barcha sohalarga keng tatbiq etish bo’yicha ishlar tez sur’atlar bilan davom ettirilmoqda. Muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.
Istiqlol yillari mobaynida mamlakatimiz, shaharlar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o’zgardi. Bugungi kunda O’zbekistonni aslida katta qurilish maydoni desa bo’ladi. Har yili yangi sanoat korxonalari foydalanishga topshirilmoqda, o’quv yurtlari, sog’liqni saqlash muassasalari, boshqa ijtimoiy ob’yektlar qurilmoqda. Ko’lami tobora kengayib borayotgan uy-joy qurilishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Islom Abdug’aniyevichning tashabbusi bilan qishloq aholisi uchun shahar sharoitlariga yaqin zamonaviy uy-joy sharoitlari yaratish maqsadida uzoq muddatli ipoteka kreditlarini imtiyozli shartlarda ajratgan holda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturi qabul qilindi.
Birinchi navbatda, fermerlik harakati tashkil etilishi va uning rivoji uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning qishloqdagi hal qiluvchi kuchga, jamiyat tayanchiga aylantirilishi, dehqonlarda yerning haqiqiy egasi, mulkdori hissining mustahkamlanishi, o’z mehnati natijalaridan manfaatdorligi o’sib borishi qishloq xo’jaligidagi salmoqli muvaffaqiyatlarning asosiy omillari bo’ldi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda deyarli barcha qishloq xo’jaligi mahsulotlari fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Istiqlol yillari mobaynida ularni ishlab chiqarish hajmi 2 martadan ko’p o’sdi. O’zbekiston nafaqat o’z aholisini asosiy oziq-ovqatlar bilan ta’minlaydi, balki bug’doyni hamda yangi va ishlov berilgan meva-sabzavot mahsulotining 200 ga yaqin turini eksport qiladi.
Iqtisodiyotdagi shunday barqaror yutuqlar samarali ijtimoiy siyosatni, avvalambor, ta’lim, sog’liqni saqlash va aholi turli qatlamlarini manzilli qo’llab-quvvatlash sohasida amalga oshirish imkonini beradi.
Bugun O’zbekistonning barcha aholisi, ham shahar aholisi, ham qishloq aholisi yuqori malakali tibbiyot xizmatlaridan teng foydalana olayotganligi sog’liqni saqlash sohasidagi tizimli davlat siyosatining yuksak darajadagi samaradorligidan darak bermoqda. Davlat tomonidan kafolatlangan bepul shoshilinch tibbiy yordamning printsipial jihatdan yangi tizimi va ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari shakllandi. Barcha viloyatlarda ko’p tarmoqli, tibbiy, perinatal va skrining-markazlar faoliyat ko’rsatmoqda. Sog’liqni saqlash muassasalari faoliyati profilaktika, diagnostika va davolashning Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti standartlariga javob beradigan ilg’or texnologiyalariga asoslangan.
1993 yil mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod salomatligini mustahkamlash, uni ma’naviy, axloqiy va jismoniy jihatdan tarbiyalash, unga vatanparvarlik va o’z Vataniga mehr-muhabbat tuyg’usini singdirish ishidagi alohida xizmatlarni rag’batlantirish maqsadida, shuningdek, bolalar manfaatlari yo’lida xayriya faoliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etganlik uchun davlat mukofoti - “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
Shu yilning aprel oyida “Sog’lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, mustaqil O’zbekiston tarixida birinchi hukumatga qarashli bo’lmagan fond tuzildi.
Bosh maqsadi mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilishni yaxshilash bo’lgan va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan “Sog’lom ona — sog’lom bola” davlat dasturi ham ishlab chiqilib qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda onalar va bolalar o’limi uch baravardan ortiq qisqardi. Kishilarning turmush sifati va salomatligi yaxshilanib bormoqda. Erkaklarning o’rtacha umr ko’rishi 66 yoshdan 73,5 yoshga, ayollarning esa 76 yoshga yetdi.
Shu tariqa Prezident Islom Karimov tomonidan ta’kidlangan “Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” deb nomlangan mamlakatimizdagi islohotlarning bosh mezoni amalda namoyon bo’lmoqda.
Eski qolip va andozalardan to’liq voz kechgan holda Islom Karimovning tashabbusi bilan keng ko’lamli Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi, ta’lim tizimi zamonaviy xalqaro standartlar asosida tubdan isloh qilindi. O’zbekistonda bu davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Mamlakatimizda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti, Janubiy Koreyaning Inha universiteti kabi Yevropa va Osiyoning bir qator yetakchi oliy o’quv yurtlarining filiallari muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Islom Karimov ulg’ayib borayotgan avlodni tarbiyalashning printsipial jihatdan yangi tizimini yaratish va hayotga tatbiq etish ishiga bevosita rahbarlik qildi. Bu mamlakatimizning bugungi va ertangi kunining hal qiluvchi kuchiga aylanib borayotgan yoshlarimizning tafakkurini va dunyoqarashini tubdan o’zgartirdi.
Yangi ta’lim standartlari va o’quv dasturlari, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida mamlakatimizning millionlab o’g’il-qizlari yuksak darajada bilim va tarbiya olmoqdalar. Bu
Yüklə 65,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin