Islom dini asoslari va ma’naviyati fanidan 5111600 – “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi uchun ishchi o‘quv dastur



Yüklə 107,61 Kb.
səhifə10/19
tarix01.06.2023
ölçüsü107,61 Kb.
#121610
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
portal.guldu.uz-Syllabus

1) BBB jadvali. Barcha ma’ruza darslarida qo’llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o’zini kuzatishi, o’qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo’yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo’yadi. Dars so’ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo’yadi.
2) Insert usuli. Bu usul matnni o’zlashtirishda qo’llaniladi. Talaba sahifa hoshiyasiga o’z belgilarini qo’yib ularga munosabat bildiradi. Masalan: “v” – zarur; “–“ - xato; “Q” - yangi; “!” – e’tibor qiling; “x” - ortiqcha; “*” - ko’chirish kerak; “?” – tushunarsiz va h.k.
3) Klaster sxemasi



Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo’llaniladi. Masalan, talaba o’tilgan mavzu bo’yicha klaster tuzishi mumkin.
O’rtaga kalit so’z, tarmoqlarga unga bog’liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o’z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin.

4) Venn diagrammasi

O’rganilayotgan ob’ektlarni taqqoslash, o’xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo’llaniladi. Diagrammadagi doirachalar alohida ob’ektni, kesishmalar esa ularning o’xshash va bog’liq jihatlarini bildiradi.
Talabadan ob’ektlarning alohida (1-3), o’zaro bog’liq (4-6) va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi.



5) SWOT–tahlil. Bu organayzer talabalarda tizimli fikrlash, taqqoslash, baholash, tahlil qilish, fikrni davom ettirish ko’nikmalarini rivojlantiradi. SWOT atamasi inglizcha so’zlarning qisqartmasi hisoblanadi: Strengths – ob’ektning kuchli jihatlari; Weakness – kuchsiz jihatlari; Opportunities – tashqi imkoniyatlari; Threats – tashqi xavf-xatarlari. Talaba yangi qatordan S, W, O, T harflarini yozib yoniga ob’ektning mos sifatlarini yozib chiqadi.
6) “Baliq skeleti” sxemasi. Bu organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi. Balik skeletining bosh qismiga – mavzu, yuqori qismiga –muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar yoziladi.




Yüklə 107,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin