Islom dini asoslari va ma’naviyati fanidan 5111600 – “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi uchun ishchi o‘quv dastur


Rais: ______________ Z.Zikriyayev



Yüklə 107,61 Kb.
səhifə2/19
tarix01.06.2023
ölçüsü107,61 Kb.
#121610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
portal.guldu.uz-Syllabus

Rais: ______________ Z.Zikriyayev

Fan o’qituvchilari haqida ma’lumot:


Usmonova Hulkar Mamatovna – lektor, GulDu, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Usmonova Hulkar Mamatovna –tyutor, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi


Ofis: GulDu, “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi.
Manzil: Guliston sh., 4-mavze.
Telefon: +998915091945
Email: usmxulkar@mail.ru


Intizomiy talablar:
Talabaning intizomi universitetning “Talabalar uchun ichki tartib-qoidalar”ga to’liq javob berishi shart.
1. KIRISH
Fanning ahamiyati. Oliy ta’lim tizimida yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini zamonaviy o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
Islom dini asoslari va ma’naviyati fanidan O‘quv-metodik majmua (O‘MM) – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o‘quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o‘qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o‘z ichiga oladi.
Fanning maqsadi. Islom dini asoslari va ma’naviyati fanini o‘qitishdan maqsad-“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalariga insoniyat, xususan Sharq xalqlari ma’naviy merosining ajralmas bir qismi bo‘lgan islom ta’limoti, uning o‘zbek milliy ma’naviyatining shakllanishidagi o‘rnini ko‘rsatib berish va baholashdir. Shu bilan birga dinning ma’naviy g‘oyalarini tanqidiy baholash va tahlil qilish, milliy istiqlol g‘oyasini diniy qadriyatlar asosida targ‘ib qilish, dinning ma’naviy asoslaridan tarbiya vositasi sifatida foydalana bilish tajribasini o‘zlashtirish ham maqsad qilib qo‘yilgan.

Yüklə 107,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin