Islom dini asoslari va ma’naviyati fanidan 5111600 – “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi uchun ishchi o‘quv dastur



Yüklə 107,61 Kb.
səhifə3/19
tarix01.06.2023
ölçüsü107,61 Kb.
#121610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
portal.guldu.uz-Syllabus

Fanning vazifalari: Islom dini asoslari va ma’naviyati fanining vazifasi talabalarga islom dinining vujudga kelishi, uning manbalari va asoslari, tarixiy rivojlanishi, islom taraqqiyotida Muhammad (a.s.)ning o‘rni va roli, islom dinining ma’naviy taraqqiyotdagi ahamiyatini, shuningdek, islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi va o‘lka xalqlari tarixida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berishdan iboratdir. Bulardan tashqari mazkur o‘quv kursini o‘rganish davomida talabalar islomdagi yo‘nalish va oqimlar, shariat, fiqh va uning usullari, islomiy axloq, markaziy osiyolik buyuk ajdodlarimizning islom taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi hamda mustaqillik yillarida islom diniga berilgan e’tibor haqida atroflicha ma’lumot oladilar.
Fanning qisqa mazmuni (summary). Fanni o‘zlashtirgan talaba:
- islom ta’limoti, islomdagi yo‘nalish, mazhab va oqimlar, islom ma’naviyatining asosiy manbalari, milliy ma’naviyatimiz shakllanishida islomning tutgan o‘rni haqida tushuncha, bilim va malakaga ega bo‘ladi.
- hozirgi zamon olamshumul va mintaqaviy muammolarni hal etishda dinning ma’naviy imkoniyatlari;
- ma’naviy kamol topishda dinning tutgan o‘rni;
- diniy ta’limotning ma’naviy aqidalari va axloqiy ko‘rsatmalari;
- tinchlik, barqarorlik va millatlararo hamjihatlikni saqlashda ma’naviy g‘oyalarning ahamiyati;
- insonni kamol toptirish va jamiyatni rivojlantirishda islom dini ma’naviyatining o‘ziga xos o‘rni;
- tolerantlik, o‘zga dinlarga bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lish kabilarni bilishi va amaliyotga tatbiq eta oladi.
Fanning o‘quv rejasidagi fanlar bilan bog‘liqligi. Islom dini asoslari va ma’naviyati fanini chuqur o‘zlashtirish, nazariy va amaliy masalalar echimini to‘liq nihoyasiga etkazish uchun qator fundamental fanlarga asoslaniladi; chunonchi: dinshunoslik, ma’naviyat asoslari, O‘zbekiston tarixi, axloq, falsafa, tasavvuf etikasi va boshqalar;
Dinshunoslik fanidagi dinning vujudga kelish zaminlari, jamiyat hayotidagi o‘rni, islom ta’limoti va amaliyoti, Markaziy Osiyoda islom, mustaqillik va din kabi mavzulari;
Ma’naviyat asoslari fanining islom ma’naviyati, tasavvuf ma’naviyati, komil inson ma’naviyati, vatanparvarlik va insonparvarlik – ma’naviy mezon sifatida, ma’naviyat va qadriyatlar kabi mavzulari;
O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha tariximizning ajralmas bir bo‘lagi sifatidagi o‘rni, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho ma’naviy meroslar va uningahamiyati;
Axloq fani bo‘yicha islom dinida ilgari surilgan go‘zal xulqlarni amaliyotga tadbiq etish;
Falsafa fani bo‘yicha islom dinidagi falsafiy g‘oyalar, buyuk qomusiy mutafakkirlarimizning ilmiy merosi;
Tasavvuf etikasi bo‘yicha islom dinidagi komil inson g‘oyasi va uning mohiyati, tariqatlardagi axloqiy tamoyillar va ularni hayotga tadbiq etish bilan bog‘liq.



Yüklə 107,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin