Islom dini asoslari va ma’naviyati fanidan 5111600 – “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi uchun ishchi o‘quv dastur



Yüklə 107,61 Kb.
səhifə11/19
tarix01.06.2023
ölçüsü107,61 Kb.
#121610
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
portal.guldu.uz-Syllabus

7) Aqliy hujum usuli. Bu usul dars mavzusiga oid savolga javob topish maqsadida g’oyalarni jamlash va saralash uchun qo’llaniladi. Har bir talaba o’zining shaxsiy g’oyalarini ilgari suradi. Bosqichlari – muammoli vaziyat paydo qilish; echimni topish uchun g’oya, fikr berish; echimlar taqdimotini eshitish; echimlarni solishtirish va tanlash; xulosa qilish.
8) Esse. Bu mavzu bo’yicha cheklangan hajmda yoziladigan insho hisoblanadi. Esseda talaba o’quv materiali bo’yicha o’zining shaxsiy fikrini erkin ifoda etadi.
Interfaol o’qitish usullari (Activity)
Amaliy mashg’ulotlarda interfaol o’qitish usullari qo’llaniladi. Bu usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko’nikmalarini shakllantiradi. Quyida fan xususiyatlariga xos ba’zi usullar bayon etilgan.
1) «Tushunchalar tahlili» usuli. Talabalar tushunchalarni dastlab yakka tarzda va keyin jamoada muhokama qilishadi. O’qituvchi jamoaning fikrini yo’naltirib turadi va oxirida ekranga atamalarning izohini chiqaradi. Talabalar o’z fikrlarini taqqoslashadi, baholashadi va bilimlarini mustahkamlashadi.
2) «Zinama-zina» usuli. Talabalar mavzu bo’yicha yakka tarzda fikrini grafik ifoda etishadi, keyin guruhda muhokama etishadi. Guruhlar taqdimoti o’tkaziladi va grafik materiallar doskaga mantiqiy pog’onalar tarzida ilib boriladi.
3) “Charxpalak” usuli. Kichik guruhlar o’z tarqatma materiallaridagi vazifani bajarib, charxpalak aylanishi bo’ylab bir-biriga uzatishadi, har bir guruh boshqalarning ishiga tuzatish kiritadi va oxirida o’zlariga qaytib keladi. Guruhlar o’z ishini tuzatishlar bilan takomillashtirgan holda taqdimot qilishadi.
4) «Bumerang» usuli. Talaba bajargan ishini avval o’z kichik guruhida, keyin boshqa kichik guruhda muhokama qiladi, so’ng yana o’z guruhiga qaytib kelib umumlashtiradi. Oxirida guruhlar taqdimoti o’tkaziladi.
5) «Rezyume» usuli. Kichik guruhlarda muammolar o’rganilib, tahlil qilinadi va xulosa yozma ifoda etiladi. Taqdimotda xulosa ko’rsatilmaydi, boshqa talabalarning taqdimotga nisbatan fikrlari hisobga olinib yangi xulosa shakllantiriladi va avvalgi yozma xulosa bilan taqqoslanadi.

Yüklə 107,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin