Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi


Ummaviylar davrida tasviriy san`at



Yüklə 332,61 Kb.
səhifə6/14
tarix22.12.2023
ölçüsü332,61 Kb.
#190046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Islom dini musulmon mamlakatlari san`atida o`z izini qoldirdi

Ummaviylar davrida tasviriy san`at. Taqiqlarga qaramasdan Arab xalifaligining I asrida musavvirlar tirik mavjudotlar suratini yaratdilar. Ummaviy xalifalarning saroylari VII-VIII asrlarda hayvonlar va odamlarning haykaltaroshlik asosida yaratilgan tasviriga to`la bo`lgan.
Quddusdagi muhtasham masjidda xalifa Abdulmalik (yohud Abd al-Malik) davri (685-705)da jannat, do`zax va payg`ambarning yirik devoriy surati yaratildi. Arab tarixchisi Makriziy musulmon musavvirlarining tarjimai hollarini yozib qoldirgan. Ammo uning asari bizgacha yetib kelmagan bo`lib, faqatgina keyingi asrlarda uning ijodiga nisbat beriladi. Bular ichida eng qiziq ma`lumot ikki musavvir Kaziriy (Qaziriy) va Ibn Aziziy haqidagi hikoyalardir.
Kunlarning birida ularning ikkisi ham fotimiylardan bo`lgan vazir Vazuriy huzuriga taklif qilinadi. Ibn Aziziyga shunday figura chizish buyuriladiki, go`yo u devordan chiqib kelayotgandek bo`lishi kerak. Qaziriy esa, devorga kirib kelayotgan figurani chizishi kerak edi. Bu topshiriqni musavvirlar a`lo darajada bajarishdi. Saroyda yig`ilganlar qarshisida ikki raqqosaning tasviri paydo bo`ladi. Birinchi raqqosa oq libosda, qora fonda tasvirlandiki, xuddi devor ichiga kirib ketayotgan edi. Ikkinchi raqqosa esa qizilga burkangan va sariq fonda bo`rtib chiqqandek mohirona tasvirlangan edi. Vazir bu ajoyib san`at asarlaridan juda hayratga tushadi va musavvirlarni yuksak taqdirlaydi.
Qohira saroylarining birida baland peshayvonga shoirlarning haykallardan iborat portretlari o`rnatilgan edi. Har bir portretning ustiga shoirlar ijodidan eng go`zal she`riy namunalar joylashtirilgan edi. Ming afsuski, Qusayr Amro devoriy suratidan bo`lak boshqa hech bir yirik tasviriy san`at va haykaltaroshlik namunalari bizgacha yetib kelmagan. Ummaviylar davriga mansub qasrlarda saqlanib qolgan haykallar so`nggi antik davr an`analari ruhida ishlangan28.
Suriya va Mesopotamiyada VII-VIII asrlarda amaliy san`atning turli sohalari rivojlandi. Ular ichida kulolchilik, to`qimachilik, shisha buyumlar yasash va boshqalarni aytib o`tishimiz mumkin.

Yüklə 332,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin