Islom dini reja: 1 Johiliya davri



Yüklə 2,53 Mb.
tarix22.06.2020
ölçüsü2,53 Mb.
#31973
islom dini

ISLOM DINI

REJA:

1 Johiliya davri

2 Islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi

3 Islomdagi asosiy oqim va mazhablar

Johiliya so’zining ma’nosi

  • “Johiliya” arab tilida “bilmaslik”, ya’ni ‘Yagona Xudo-Allohni tanimaslik’ ma’nolarini beradi. Bu istiloh musulmon mualliflari tomonidan Arabistonyarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlata boshlandi. Bu bilan Yangi davr tarixchilariqadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida ko’pxudolik (al-vasaniya) hukm surardi, degan fikrga urg’u berishni istaydilar, Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar.

Haniflar

  • VI asrdajanubiy arabistonda haniflar ( arabchada –chinakam etiqod qiluvchilar, taqvodorlar degan ma’noni anglatadi) ya’ni yakka xudolikka da’vat etuvchilar harakati keng yoyilgan. Ularni “ haniflar” deb ataganligining sababi hozircha aniq emas. Ayrim manbalarda harakat ishtirokchilarining ko’pchiligi “ banu hanifa” urug;idan chiqqanligi bois shunday nom berilganligi qayd qilingan. Ular sanamlar, fetishlar va turli xudolarga sig’ininishni qoralab, Yagona Xudoga sig’ininshga da’vat qilganlar. Ayrim haniflar o’z xudolarini “ Alloh”( arabchada – al-iloh yoki semit tilida al yoki el so’zidan olingan bo;lib,Xudo Alloh manolarini anglatadi) deb ataganlar.

Muhammad s.a.v ga vahiy kelishi

  • 610 yilda Muhammad Xudodan Vahiy (xudoning xohish- irodasini ifodalaydigan “ haqiqat” larni odamlarga mo’jizaviy yo’llar bilan etkatizish) kelayotganini aytib, arablarni Yagona xudo- Alloh atrofida birlashishga da’vat etgan va insonlarni Alloh irodasiga bo’ysunishga chaqirgan.
  • Ma’lumki, yagona Xudo to’g’risidagi g’oya, unga iymon keltrganlarning birodarlgini anglatadi.

Islom arkonlari


ZAKOT

IYMON


HAJ

RO’ZA


NAMOZ

SHARIAT MAZHABLARI

  • Islom dinida ikkita katta mazhab bor. Bular Sunniylar va Shiyalar. Ular o’z navbatida tarmoqlarga bo’lininib ketadi. Sumnniylikdagi to’rt mazhab ham teng hisoblanadi. Islomdagi eng yirik yo’nalish sunniylikdir. Sunniylar o’zlarini asl Islom an’analari tarfdorlari deb hisoblaydilar. Yo’nalish islomning Muhammad davrida vujudga kelgan ta’limotini tan oladi. Sunniylikda islomninmg muqaddas manbalarini ijtimoiy hayotta qo’llashga munosabat masalasida quyidagi mazhablar mavjud.

Ahli sunna val jamoa


HANAFIYA

(ASOSCHISI IMOM A’ZAM ABU HANIF NUMON IBN SOBIT)

MOLKIYA

( ASOSCHISI IMOM MOLIK IBN ANAS)



SHOFEIYA( ASOSCHISI IMOM ash SHOFE’IY)

HANBALIYA(ASOSCHISI

IMOM AHMAD IBN HANBAL

SHIALIK MAZHABI

  • Islom dinidagi yirik yo’nalishlardan biri shialikdir. U VII asrning o’rtalarida xalifa Ali va uning tarafdorlaro birlashtirgan diniy siyosiy oqim sifatida Iroqda vujudga keldi. Shialar dastlab siyosiy hokimyatni Muhammad Payg’ambarning avlodlarini boshqarish va hokimyat otadan farzandga meros sifatida o’tishi kerak degan talab bilan chiqqanlar. Shuning uchun Ali va uning avlodlari Sunniy halifalarini zo’ravonlik bilan bosib olgan deb ayblanadilar.Ohirgi imom Muhammad Mahdiy yoki yashiringan imom 873- yilda tug’ulgan va bedarak yo’qolgan.

shialik


ALAVIYLAR

ZAYDIYLAR

ISMOILIYLAR

JA’FARIYLAR


Islom dinining bayramlari

Islomiy bayramlar islom dinidagi bayramlar (xursandchilik kunlari) boʻlib, ikkita asosiy bayramdan iborat — Iyd al-Fitr va Iyd al-Adha. Bayramlarning nishonlanishi xalqlar va madaniyatlarga qarab, shuningdek, Islom sektalari (Sunniylar va Shialar)ga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Musulmon bayramlari qamariy taqvimga asoslangan boʻlib, shamsiy taqvimga nisbatan har yili surilib boradi. Islom taqvimida 12 oy va 354-355 kun bor. Sunniy va Shia taqvimlari har doim ham bir-biriga muvofiq kelmaydi. Baʼzan ayni bayram shialarda nishonlanayotgan boʻlsa, sunniylarda u boshqa kuni, odatda ketma-ket nishonlanishi ham mumkin.

Iyd-al fitr

Iyd (عيد) arabcha soʻz boʻlib, oʻzbek tilida "bayram", "hayit" degani va Fitr soʻzi esa roʻza tutish deganidir. Iyd al-Fitr (عيد الفطر) yoki roʻza hayiti Ramazon oyining tugashi bilan nishonlanadigan bayramdir. Ramazon oyida musulmonlar tong otgandan kun botguniga qadar roʻza tutadilar, yaʼni yeyish, ichish ,umumiy aytganda nafsdan tiyiladilar. Roʻza hayiti Ramazon oyining oxirgi kuni kun botgandan soʻng boshlanadi. Ushbu bayram Oʻzbekistonda ham musulmonlar tomonidan keng nishonlanib, umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilingan.

Iyd-al adxa

Iyd al-Adha (عيد الأضحى), yoki Qurbon hayiti, Iyd a-Fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi. Ushbu bayram Ibrohim paygʻambarni sharafiga nishonlanadi. Islomga koʻra Ibrohim paygʻambar Allohga sodiqligini koʻrsatish uchun oʻz oʻgʻlini qurbon qilishga ham tayyor boʻlgan. Ushbu bayram anʼanasiga koʻra qoʻy yoki mol soʻyilib, uning goʻshti oila, doʻstlar va muhtojlarga ulashiladi. Hayit, shuningdek, Makkaga hajj marosimini tugashiga toʻgʻri keladi. Qurbon hayiti ham ramazon hayiti singari Oʻzbekistonda umumxalq bayrami deb tan olingan va ushbu kun dam olish kunidir

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!

BAJARDI: Normamatova Shaxrizoda


Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin