2. Muhammad Ibn Abdulloh-islom dini da`vatchisi va davlat arbobi. Islomda payg`ambar sifatida e`tirof etilgan, quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonidan bO`lgan Muhammad ibn Abdullo islom da`vatida tarqalishida va ta`limotini shakllanti-rishda yetakchi rol O`ynagan.
Payg`ambar forscha sO`z bO`lib, xabarchi, darakchi demakdir. Arabcha nabiy deyiladi. Rasul sO`zi arabcha bO`lib, ma`nosi elchidir. Binobarin, payg`ambarlar ilohiy ta`limot va din aqidalarini O`z ummatlariga yetkazuvchi xabarchidir, Ollohning elchisidir.
Payg`ambarlarning adadi Qur`on, Hadis va boshqa manbalarda qat`iy belgilanmagan. Ba`zi manbalarda ularning soni 124 ming deyiladi. Qur`oni Karimda 25 nafar payg`ambarning nomi tilga olingan. Ular Odam, Idris, Nuh, Xut, Solih, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zi-l-Kifl, Yunus, Muso, Xorun, Shuayb, Ilyos, al-Yasa`, Dovud, Sulaymon, Zakariyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir. Islom ta`limotiga kO`ra barcha payg`ambarlarga barobar iymon keltiriladi.
Tarixiy manbalardagi va Qur`on oyatlaridagi ayrim ishoralarga kO`ra, Muhammad payg`ambar 570(71 yilda Makkada tug`ilgan, yoshligida yetim qolgan, avval bobosi qO`lida, u vafot etgach, amakisi qO`lida tarbiyalangan, balog`atga yetgach, savdogarlar qO`lida xizmat qilgan. 25 yoshida beva boy xotin Xadichaga uylangan va uning mablag`lari bilan mustaqil savdogarlik qila boshlagan. Savdo karvonlari bilan Suriya, Falastin va Mesopotamiyaning ayrim shaharlarida bO`lgan; u yerlardagi diniy e`tiqodlar bilan tanishgan, ruhoniylar bilan suhbat qilgan. U taxminan 39-40 yoshlarga kirganda Makkada yakka xudo - Ollohga e`tiqod qilish tO`g`risidagi targ`ibotni boshlagan.
Diniy nazariyada islom Olloh yuborgan sO`nggi mujassam din ekanligi, Qur`on Ollohning mO`jiza kalomi bO`lib, Muhammad payg`ambarga vahiy tarzida tushgan, tilovati ibodat hisoblanuvchi kitob deb talqin qilingan. Ilk vahiy-diniy ta`limotga kO`ra ramazon oyining yigirma yettinchi kuniga O`tar kechasi, milodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga O`tar kechasi boshlangan va 23 yil davom etgan. Vahiy tusha boshlagan tun “Laylatul qadr” deb atala boshlagan. Bu hodisa Qur`onning 97- “al-Qadr” surasida ifodalangan. Muhammad payg`ambar targ`iboti boshlangan dastlabki yillarda juda oz kishi uning izidan borgan. Shu bilan birga qurayshiylarning ummaviylar xonadoniga mansub bO`lgan va Makkada siyosiy hokimiyat tepasida turgan zodagonlar O`sha davrdayoq uning targ`ibotiga qarshilik kO`rsata boshlaganlar. Badaviylar ham uni avval boshqa qO`llab-quvvatlamaganlar. Makkada ahvoli jiddiylash-gach, Muhammad Makka hukmdorlari bilan raqobatlashib kelgan qabilalarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan va 622 yili ularning yordamida Madinaga hijrat qilgan, keyin butunlay kO`chib ketgan.
Musulmonlarning hijriy yili hisobi shu kO`chish arabcha “hijra” dan boshlangan. Makkadan kO`chib borganlar islom tarixida “muhojir” (kO`chib kelgan) lar, madinalik qabilalardan islomni qabul qilganlar esa “ansor” (yordamchi) lar deb nom olganlar. Oradan 2 yil O`tgach xat qilishga uning O`zi ham Makkaga kelgan. Bu haqda “Muhammadning nutqi” degan ma`lumot saqlangan.
Makka zodagonlari manfaatiga zid targ`ibot olib borgan Muhammadni ta`qib etish kuchaygan. Ayniqsa, O`zi ma`jusiy bO`lsa-da, unga homiylik qilgan amakisi Abu Tolibning vafotidan keyin Muhammad payg`ambarning hayoti xavf ostida qolgan. U O`ziga sodiq barcha kishilar bilan Hijozning shimolida joylashgan, uning davrida “Madina”, ya`ni shahar deb qayta nomlangan Yasrib shahriga kO`chib ketishga majbur bO`lgan. Qur`on oyatlarining mazmuniga qaraganda, bu kO`chish ancha vaqt davom etgan. Muhammad orqasidan odamlar birmuncha vaqt davomida guruh-guruh bO`lib kelib turganlar. Makkadan kO`chib kelganlarning kO`pchiligi-muhojirlar deb tavsif-langan kambag`allar va nochor kishilar edi. Shuning uchun ham dastlabki davrlarda ansorlar ularga yordam kO`rsatganlar.
Madina shahrida Muhammad targ`ibotini qO`llab-quvvatlagan va unga ergashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga kelgan. Bu jamoaga Madina arablarining a`zo bO`lib kirishi hijriydan keyingi yillarda davom etgan. Muhammad katta kuchga aylangan jamoaga rahbarlik qilar ekan, O`z tarafdorlariga rasul-Ollohning elchisi, odamlarga ilohiy yO`l-yO`riq va qonunlarni yetkazuvchi payg`ambar bO`lib tanila boshlagan.
Muhammad boshchiligidagi Madina shahri arablari makkalik-larni ham islomga bO`ysundirishni, bu ikki shahar O`rtasidagi kelishmovchilikka chek qO`yishni asosiy maqsadlaridan biri qilib qO`ygan edilar. Shu munosabat bilan 624 yilda Badr quduqlari oldida, 625 yilda Uxud tog`i etagida janglar bO`lgan.
626 yilda makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil zarba berish maqsadida Madina jamoasiga qarshi yirik safarga otlanishgan. Muhammad Madinani uzoq qamal sharoitiga tayyorlagan, shahar atrofiga chuqur handaqlar qazilgan va u yerlarga kamonchi O`qchilar joylashtirilgan. Ammo Madinani qamal qilish uzoqqa bormagan, chunki bosqinchilarning kO`pgina otlari handaqlarga tushib ketgan, qishning sovug`i, izg`irin shamoliga qamalchilar bardosh berolmadilar, aksincha, ularning O`zlari O`rtasida nizolar chiqa boshlagan. Madina qamalining bekor qilinishi, Madina jamoasini yanada jipslash-tirgan, unga yangidan-yangi badavlat qabilalar kelib qO`shilgan. Natijada musulmonlar jamoasi tez kengayib va kuchayib borgan, u yerda qabilalar birin-ketin islom dinini qabul qila boshlaganlar. Madinadagi musulmonlar jamoasi qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylana borgan.Muhojir va ansorlar orasidan bir guruhi Muhammad payg`ambarga yaqin turar, uning maslahatchilari hisoblanar edi. Bular islom tarixida “sahobalar” yoki “as`hoblar” deb nom olgan.
628 yili musulmonlar jamoasi uchun ayniqsa muhim bO`lgan bir voqea yuz bergan. Muhammad hali ham Ka`bani muqaddas deb e`tirof etishini namoyish qilish maqsadida bir guruh musulmonlar bilan birga, barcha qabilalar hajga boradigan mavsumda Makkaga jO`nagan. Ammo uning kelishidan shubhaga tushgan ummaviylar Makkadan ancha narida-Xudaybiya vodiysida uni tO`xtatganlar. Muzokaralar boshla-nib, O`rtada shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan madinaliklarga kelasi yildan boshlab hajga kelishga ijozat berilgan. Shartnoma tuzilgan vaqtda Muhamad va uning hamrohlari orqaga qaytib ketishni, makkaliklar esa, O`z navbatida, kelasi yildan boshlab madinaliklarnin hajga kelishi uchun sharoit yaratib berishni O`z zimmalariga olganlar. Shunday qilib, “Xudaybiya sulhi” deb nom olgan bu hujjatda Makka zodagonlari Madina musulmonlar jamoa-sini mustaqil davlat sifatida birinchi marta e`tirof etishga majbur bO`lganlar.
Bundan keyingi davr mobaynida Madina davlati yanada kuchaygan, atrofdagi arab qabilalariga qarshi yurishlar qilinib, ularning kO`pchiligi bO`ysundirilgan. Bu davlatning mavqei Makkaga nisbatan jiddiy ravishda kuchaya borgan. Natijada Makka zodagonlari Muhammad payg`ambar bilan kelishish yO`llarini izlay boshlaganlar.
629 yil oxirlarida makkaliklar rahbari Abu Sufyon maxfiy ravishda Madinaga kelgan va Muhammad payg`ambar bilan muzokara olib borib, agar u Makkaning diniy markaz bO`lib qolishiga rozi bO`lsa, shaharni musulmonlarga jangsiz topshirishga rozi ekanligini bildirgan. Muhammad payg`ambar bunga rozi bO`lgan va O`rtada hufyona shartnoma tuzilgan.
630 yil bahorida Madina qO`shinlari Makkaga yaqinlashganlar va hech qanday qarshiliksiz shaharga kirib borganlar. Zodagonlar Muhammad payg`ambarni peshvoz chiqib kutib olganlar. Shu vaqtdan boshlab u bilan Makka hukmronlari O`rtasidagi raqobat va qarama-qarshiliklar tugagan. Ular Muhammad payg`ambarning yaqin yordamchi-lariga aylanib, musulmonlar davlatida yuksak lavozimlarni egallay boshlaganlar.