3. Islom dinining paydo bulishi va tarqalishi. Markazlashgan xalifalik davlati vujudga kelgach, xalifalik tarkibiga kirgan yuzlab xalqlar va elatlarga arab tili va O`rta asr arab madaniyatini, islom qadriyatlarini yoyishga samarali harakat qilingan.
Islom muxlislaridan eng avvalo, din asoslari-“arkon-ad-din” hisoblanuvchi besh asosiy amaliy va marosimchilik rukn talablarini bajarishni talab etgan. Hozir ham shunday. Bular, birinchidan, kalimai shahodatni bilish; ikkinchidan, har kuni besh vaqt namoz O`qish, uchinchidan, har yili ramazon oyida bir oy rO`za tutish; tO`rtinchidan, yiliga bir marta shaxsiy molidan zakot berish; beshinchidan, imkon bO`lsa, umrida bir marta haj qilishdan iborat. Islomga xos marosimlar va odatlar mana shu besh rukn bilan chambarchas bog`liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga kiritilib, O`ziga xos ma`naviy madaniyatning turiga, an`anaga aylantirilgan. Bu ruknlarning har biriga qisqa-qisqa izoh berib O`tamiz.
Islomning ruknlaridan biri-tashahhudni-kalimai toyyibani bilish, ya`ni Ollohning birligi va Muhammad uning elchisi ekanligiga chin dildan iqror bO`lib, bu kalimani doim takrorlab yurish zarur deb hisoblanadi. Avvallari kalimai toyyiba, yoki shaxoda arab tilida aytilgan bO`lsa, hozirgi paytda har bir musulmon Ollohga e`tiqod qilishning bu ruknini O`z tilida aytmoqda.
Islom O`z muxlislaridan kunda besh vaqt namoz O`qishni talab qiladi. Bular-bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlaridir. Namoz O`qishga kirishishdan oldin tahorat qilish buyurilgan. Namoz Ollohga hamdu sano O`qish, namozdan sO`ng O`z niyatlarini aytib, undan marhamat tilashdan iborat. Islom kundalik besh vaqt namozdan tashqari, muhim ishlar oldidan ham xudoga sig`inishni talab qiladi. Yana islom dinidagi kishi har yili ramazon oyida bir oy rO`za tutishi kerak.
Haj qilish shurolar davrida juda cheklab qO`yilgan edi. 1991 yildan boshlab, bu tadbirga keng imkoniyat yaratildi. Natijada respublikamizdan har yili minglab kishilar hajga borishga muvaffaq bO`lishdi. Birgina 1998 yili haj safariga musulmonlardan 4000 kishi borib keldi; 1999 yili esa ularning soni bundan ham oshdi.
Qurbonlik qilish sunnatga kiritilgan, ya`ni majburiy emas. Bulardan tashqari mahalliy xalqlarda, islomgacha bO`lgan kO`pgina urf-odatlar islom keng tarqalgan xalqlarda xususan Markaziy Osiyoda yashaydigan musulmonlarda O`z ta`sirini saqlab qolgan. Bular jumlasiga kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, kO`chiriq qilish, chilla O`tirish, isitma-sovutma, mozorlarga, “muqaddas joylarga” sig`inish kabilar ba`zi mutaassib dindorlar turmushiga O`z ta`sirini haligacha kO`rsatib kelmoqda. Ortodoksal islom bularni tan olmaydi, balki qoralaydi.
Har bir dinning O`ziga xos marosimlari sistemasi, bayramlari bO`ladi. Diniy marosimlar diniy e`tiqod, ibodatning amaldagi ifodasini tashkil etadi.
Diniy qadriyatlar, marosimlar diniy tasavvur, e`tiqodlar yuzaga kelishi bilan paydo bO`la boshlaydi. Bularning yuzaga kelishi ibtidoiy odamlar, keyinchalik urug` va qabilalar hayotidagi muhim voqealar - farzand tug`ilishi, balog`atga yetish, yakka nikohli oilalar yuzaga kelgach esa, oila qurish bilan bog`liq bO`lgan.
Islom yoyilgan joylarda qurbon hayit keng bayram qilinadi. Haj qilish shu marosim vaqtga moslashtirilgan. Musulmon mamlakatlarida bu hayitga tayyorgarlik katta bO`ladi; masjidda maxsus ibodat bO`ladi, va`zxonlik-amri ma`ruf qilinadi. Hayit uch kun davom etadi.
Qurbon hayiti kunlari musulmonlar O`z ota-onalari, qariyalar va bemorlarni borib kO`radilar, ularga qO`llaridan kelgan yordamlarini ayamay, hurmatini O`z O`rniga qO`yadilar, qurbonlik uchun sO`yilgan mollarning gO`shtlaridan bir qismini O`z urug`-aymoqlariga, xususan kam daromadlik oilalarga, beva-bechoralarga tarqatadilar. Qurbonlik marosimining yana bir tartibi sO`yilgan mollar gO`shtidan taom tayyorlab, xudoyi shaklida yig`inlar O`tkazadilar.
Hijriy-qamariy taqvim-kalendar bO`yicha sha`bon oyi tugagandan sO`ng ramazon oyi boshlanib, unda 30 kun rO`za tutish islom dinining besh, rukn, ya`ni amaliy va marosimchilik talablaridan biridir. Ilohiyotda musulmonlardan rO`za tutish jarayonida mohi ramazon ibodatini bajarish zarur deb hisoblanadi. Unda Qur`on tilovati bilan birga, xayr-ehsonlar, duoyu iltijolar qilinadi. Binobarin, har bir mO`min-musulmon bu oyni g`animat bilib, O`zini astoydil xudo yiliga bag`ishlab kechayu kunduz toat-ibodat birla bir kun ham rO`za tutishni kanda qilmasligi kerak deb hisoblangan. Yana islom ta`limoti musulmonlardan ramazon oyida Ollohdan O`z gunohlarini kechishni sO`rab, tavba-tazarru qilish bilan bir vaqtda inson uchun noxush bO`lgan jahlu g`azab, dilozorlik, qO`polliklardan xoli bO`lib, xushmuomalalik, odamshinavandalik, kamtarinlik kabi fazilatlarni O`ziga singdirib borishi zarur deb hisoblangan.
Islom ta`limotida, rO`za haqida yozilgan turli diniy manbalarda ramazon oyining mazmuni, ahamiyati, unda musulmonlarning burchi har tomonlama izohlangan. RO`za oyining har bir kunini e`zozlash, iftorlikka alohida e`tibor berish kO`zda tutilgan. Muhammad 30 kun rO`za oyining uch dahaga bO`linishini e`tirof etib, uni shunday izohlagan: “Bu mohi sharif shu qadar ulug` bir oykim, uning birinchi O`n kunlik dahasi - dahai rahmat deb ataladi, ya`ni Ollohning rahmati O`z bandalariga muttasil yog`ilib turadigan kunlardir. Ikkinchi O`n kunligi - dahai ma`rifat, ya`ni Olloh O`z bandalarining gunohu ma`siyatlaridan O`tib afvu ma`rifat qilib yuboradigan kunlar. Uchinchi O`n kunligi “itqun minan nor”, ya`ni Olloh O`z bandalarini otashi dO`zaxdan ozod qilib yuboradigan bashoratli kunlar”.
Ramazon oyiga nisbatan aytilgan bunday ta`rif va tavsiflar musulmon ahli ongi va psixologiyasiga kuchli ta`sir kO`rsatib, uning diniy kayfiyatini mustahkamlaydi. Binobarin, rO`za tutish bilan bog`liq bO`lgan barcha talablarni, ibodatlarni O`z vaqtida bajarishga intilish kayfiyatini uyg`otadi.
RO`za tutish musulmonlar uchun kO`p asrlardan buyon odat tusiga kirgan bO`lib, uning inson organizmi uchun muayyan foydasi haqida ilohiyotchilar fikrlar bildirishgan, ya`ni bir oy davomida rO`za tutgan odamda “tozalanish”, “poklanish” sodir bO`ladi. Organizm ortiqcha chiqindilardan tozalanib kishi ruhi yengillashadi. Shuni e`tiborga olib dindorlar bilan birga islomning barcha talablarini tO`liq bajarmaydigan kishilarda ham rO`za tutishga moyillik bor.
RO`za oyi tugagach, shavval oyining 1 kunida ramazon hayiti - iyd al fitr O`tkaziladi. Hayitning nomidan ham ma`lum bO`lib turibdiki, rO`za tutmaganlar ham, bir oy rO`za tutgan taqvodor musulmonlar ham rO`zadan sO`ng masjidga oziq-ovqat yoki pul bilan sadaqa-fitr rO`za tO`lashi kerak deb hisoblangan. Bu hayit ham uch kun davom etadi.
Hayit kunlari har bir dindor O`tgan kunlari uchun O`ziga-O`zi hisob berishi, rO`za tutmagani yoki uni buzgani uchun belgilangan miqdorda namoz O`qishi, zakot berishi, muayyan kunlar davomida rO`za tutishi zarur deb hisoblangan. Ba`zi musulmonlar gunohidan xalos bO`lish uchun jonliq sO`yib qurbonlik ham qiladilar.
Bir oy rO`za tutib O`zini musulmon hisoblagan kishilar uchun hayit kunlari alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bu kunlarni zO`r umidvorlik bilan kutadilar. Chunki bu hayitni keng nishonlash odat, an`ana tusiga kirgan. Hayitning birinchi kuni erta bilan barcha machitlarda musulmon ahli tO`planib, hayit namozini imom-xatiblar boshchiligida O`qiydilar. Xutba tinglaydilar.
Uch kun hayit davomida kishilar O`z ota-onalarini borib kO`radilar, ularga sovg`a-salomlar topshiradilar. Marhumlar yashab O`tgan uylarga, ularning qabrlariga borib duoyi fotihalar qiladilar, ba`zan uylarida xudoyilar uyushtiradilar. Bundan tashqari musulmonlar uchun hayit kunlari beva-bechoralarni borib kO`rish, ular holidan xabar olish, ayniqsa muhim hisoblanadi.
Ramazon oyi tugagan kunlari fitr-sadaqa (fitr-rO`za) har bir jon boshiga bir kunlik ovqat hisobida kambag`al, yupun kishilarga yig`ib beradilar. Zotan, zakot al fitr ayni shu maqsadda yig`ib olinadi.