52
oynasi ochiladi va kerakli blok sichqoncha yordamida yaratilayotgan (tahrir
qilinayotgan) modelning oynasiga suriladi.
Bloklardan menyu buyruqlari yordamida ham nusxa olish mumkin.
Bunda bajariladigan amallar ketma-ketliga quyidagicha bo‗ladi:
model yoki biblioteka oynasida nusxasi olinishi kerak bo‗lgan
blok yoki bloklar belgilanadi;
aktiv
oynaning
Edit
(To‗g‗rilash) menyusida
Soru
(Nusxa olish)
buyrug‗i tanlanadi;
blokning nusxasi qo‗yiladigan oyna aktivlashtiriladi va undagi
Edit
menyusidan
Raste
buyrug‗i tanlanadi.
Har bir blokning nusxasiga Simulink nom beradi.
Blokning birinchi
nusxasining nomi uning bibliotekadagi nomi bilan bir xil bo‗ladi. Blokning
keyingi nusxalarining nomiga tartib raqami qo‗shiladi.
Foydalanuvchi
blokning nomini o‗zgartirishi mumkin. Blok nusxalari sozlanuvchi
parametrlarining qiymatlari original (nusxasi olingan) blokniki bilan bir xil
bo‗ladi.
Model bloklarining o‘rinlarini almashtirish
.
Model ichidagi
bloklarning o‗rni sichqoncha yordamida ularni surish yo‗li bilan
almashtiriladi. Bunda Simulink bloklarni o‗zaro bog‗lovchi liniyalarni
qaytadan chizadi. Bir necha blokni birgalikda surish
uchun ular ajratiladi
va ajratilgan bloklardan biri yangi o‗ringa suriladi. Natijada qolgan
ajratilgan bloklar ham ular orasidagi nisbiy masofalar va bog‗lovchi
liniyalar o‗zgarmagan holda suriladi.
Dostları ilə paylaş: