91
O‗zgaruvchan kuchlanish manbasi AC Voltage Source
bloki va uning
sozlash
oynasi
12.4–rasmda
ko‗rsatilgan.
Unda
o‗zgaruvchan
kuchlanishning amplitudasi, boshlang‗ich fazasi va chastotasining
qiymatlarini o‗rnatish mumkin. Measurements
maydoni manbaning
chiqish parametrlarini kuzatish va o‗lchash uchun Multimeter blokini
bog‗lash imkoniyatini beradi.
12.4-rasm. AC Voltage Source bloki va uning
sozlash oynasi
Passiv elementlar bibliotekasi Elements
Elements bibliotekasida deyarli barcha turdagi passiv elementlar
mavjud (12.5-rasm):
12.5-rasm. Passiv elementlar bibliotekasi Elements
92
ketma-ket
va parallel R, L, S elementlar: ularning
parametrlarini om, genri va faradalarda (RLC Branch) yoki
aktiv, induktiv va sig‗im quvvatlarda (RLC Load) berish
mumkin. Yuklamalarni bunday ko‗rinishda
berish uch fazali
elektr zanjirlarni tadqiq qilishda juda qulay bo‗lib hisoblanadi;
chiziqli transformator (Linear Transformer) va to‗yinishni
hisobga olish mumkin bo‗lgan magnit o‗zakli transformator
(Saturable Transformer);
o‗zaro induktivlikka ega bo‗lgan (magnit bog‗langan) zanjirlar
(Mutual Inductance);
kirish va chiqish signallari orasida talab qilingan nochiziqli
bog‗lanishni shakllantirish imkoniyatini
beruvchi nochiziqli
element (Surge Arrester);
kalit (Breaker), uning ochiq holatdagi parametrlari (qarshiligi,
induktivligi) va kirish signali nolga teng bo‗lgandagi holati
(ochiq yoki yopiq) sozlash maydonlarida beriladi;
uch fazali uch chulg‗amli transformatorlar (Three-Phase
Transformer, Two Windings, Three Windings);
bir va uch fazali liniyalarning parametrlarini amalga oshiruvchi
bloklar (PI Section Line, Distributed Parameters Line).
12.6-rasm. Uch fazali ikki chulg‗amli transformatorning (Three-Phase
Transformer) parametrlarini sozlash oynasi
93
Uch
fazali
ikki
chulg‗amli transformatorning (Three-Phase
Transformer) parametrlarini sozlash oynasi 12.6–rasmda keltirilgan.
Sozlash oynasida transformatorning nominal quvvati va chastotasi
(Nominal power and frequency), birlamchi va ikkilamchi chulg‗amlarning
parametrlari
(Winding
parameters),
birlamchi
va
ikkilamchi
chulg‗amlarning ulanish sxemalari ( Winding 1 (ABC) Connection,
Winding 2 (abc) Connection) ko‗rsatiladi.
Suturable Core bayroqchasi
transformatorning to‗yinishini hisobga olish imkonini beradi. Pastga
ochiluvchi (Measurements) menyusida transformatorning Multimeteru
bloki vositasida o‗lchanishi ko‗zda tutilgan holat o‗zgaruvchilari
ko‗rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: