Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə17/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Qadimgi yunon falsafasi. Miloddan avvalgi 640-562 yillarda yashab ijod etgan Ioniyaning Milet shahrida tug‘ilgan Fales Yunon falsafasining asoschilaridan biri bo‘lgan. Astronomiya, geometriya, arifmetika singari ko‘plab sohalardagi serqirra bilimlari Fales falsafiy dunyoqarashining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Falesning olam mohiyatini bilish haqidagi qarashlarining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Fales hamma narsaning asosida suv yotadi, hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan va unga qaytadi deb hisoblagan. U suvni muayyan shakl yoki mifologik kuch sifatida emas, amorf, doimiy harakatchan, materiyaga jamlangan ko‘rinishda tushungan.
Milet maktabining yana bir vakili Anaksimandr bo‘lib, mil. av. 510–540- yillarda yashagan, olamning asosi sifatida ko‘rinmas modda apeyronni ko‘rsatadi. Hamma narsani qamrab olgan substansiya apeyronda issiqlik va sovuqlikni qarma-qarshiligi yuzaga keladi. Ularning kurashi esa, kosmosni vujudga keltiradi. Jumladan, issiqlik olov ko‘rinishida namoyon bo‘lsa, sovuqlik osmon va erga aylanadi.
Anaksimandrning shogirdi Anaksimen esa hamma narsa havodan kelib chiqqanligini ta’kidlaydi. Mangu, harakatchan havo quyuqlashib dastlab bulutlarni, keyin suvni va nihoyat er, toshlarni vujudga keltiradi. Keyin esa undan olov kelib chiqadi.
Suqrotgacha bo‘lgan antik falsafiy fikr taraqqiyoti mobaynida vujudga kelgan o‘ziga xos yo‘nalishlardan yana biri Eley maktabi hisoblanadi. Eley maktabining asoschisi Parmenid (Mil. Avv. 540 –470) olamni narsalar bilan to‘ldirilgan harakatsiz shar shaklida tasavvur qilgan. mutafakkir Parmenidning ta’limotiga ko‘ra haqiqiy borliq mangu harakatsiz bo‘lib, uni faqat aqliy mushohada orqali bilish mumkin.
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi.
Efeslik Geraklit (taxminan mil. av. 544 – 483) olovni olam substansiyasi deb bilgan. mutafakkir butun olam va undagi alohida narsalar olovdan kelib chiqqanligi g‘oyasini ilgari suradi. Geraklit butun olam doimiy harakat va o‘zgarishda ekanligini ta’kidlaydi. Mutafakkirning mazkur qarashi uning oqib turgan daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi degan mashhur hikmatida ham yaqqol ko‘rinib turadi. Geraklit ta’limotidagi logos tushunchasi butun olamni tartibga soluvchi qonunni anglatadi.
Demokrit (mil. av. 460 –370) birinchilardan bo‘lib borliqning atomlar - bo‘linmas zarrachalardan tashkil topganligi to‘g‘risidagi qarashni ilgari surdi. Demokritning fikricha, doimiy harakatda bo‘lgan atomlar bir-birlaridan faqatgina shakli, joylashishi, tartiboti, hajmiga ko‘ra farq qiladi. mutafakkirning gnoseologik ta’limotida hissiy bilish bizga mavhum bilim berishi, aniq bilimlarga esa faqat aqliy mushohada orqali erishish mumkinligi g‘oyasi markaziy o‘rin tutadi. Mutafakkir narsalar rang, ta’m, hid, kabi sifatlarga ega emas, ular atomlarning sezgi a’zolarimizda qoldirgan taassurot mahsuli deb ta’kidlaydi.
Havo atomlar hosil qiladigan jismlarda bo‘ladi va ular ana shu havoda harakatlanishadi. Atomlar bir biridan 1) shakli, ya’ni tashqi ko‘rinishi; 2) o‘lchamlari; 3) holati va 4) tartibi bilan farq qilinadi3. Bo‘shliqdagi harakati jarayonida atomlarning ba’zilari bir birining ustidan sakrab o‘tib ketishadi, boshqa bir xillari tarqalishib, o‘ralishib ketishadi (shakli mos kelganda) va murakkab jismlarni paydo qilishadi. Levkipp va Demokritlar fikricha borliqda atomlarning faqat sonigina emas, balki ko‘rinishlari, shakllari ham cheksizdir. Lekin ular (shakllar) ko‘rinmaydi, his etilmaydi. Simplitsiyning habar berishicha atom shakllari soni shuning uchun ham cheksizki, “ular soni boshqasining sonidan hech qancha ko‘p emas”.
Atomistik ta’limot kundalik tajribadagi hodisaga tayanadi. Bu hodisa: qattiq jismning qisilishidan iborat. Levkipp va Demokritlar shunday fikr yuritishgan: agar atomlar oralig‘ida havo bo‘lmaganda jismning hajmi qisqarmagan bo‘lar edi. Demak, jismning qattiqligi yoki yumshoqligiga uning zichligi va siyrarligi mos keladi, degan xulosaga kelganlar. Atomlar barcha yo‘nalishlarda harakat qilishadi. Ana shuning uchun ham ular borliqda muayyan tartibni hosil qilishi ham, yoki tartibsiz xaotik harakatda bo‘lishi ham mumkin (masalan, quyosh nuri derazadan o‘tganda mayda zarrachalar chang ichida harakatlanayotgandek bo‘lib ko‘rinadi). Levkipp va Demokritning fikricha atomlarni har xil kattalikda bo‘lishi, ko‘zga ko‘rinmaydigan eng mayda zarracha va katta hajmdagi zarracha ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin