Inikosning shakllari. Inikos jarayonining namoyon bo‘lish xususiyati materiyaning tuzilish darajasiga bog‘liq. Yani, inikosning jonsiz, jonli, jamiyatdagi darajalari farqlanadi.
Jonsiz tabiatdagi inikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, yani oldingi tasirlarning izlarini saqlash xosdir. Inikosning tanlash xususiyati o‘zaro tasirga kirishuvchi obektlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, kimyoviy element boshqa har qanday element bilan emas, balki tanlash va ajratish asosida kimyoviy reaksiyalarga kirishadi hamda birikadi.
Jonli tabiatdagi inikosga oqsillar, aminokislotalar, nuklein kislotalar tiriklikning eng muhim unsurlari hisoblanadi. Ko‘payish, o‘sish va moddalar almashinuvi tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatidir. O‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyati kimyoviy reaksiyalarning jonsiz tabiatda uchramaydigan turi bilan taminlanadi va matritsali sintez deb ataladi. Demak, jonli tabiatda inikos oddiy bir hujayralilar va o‘simliklarning tasirlanuvchanligi, asab hujayralarining tasirchanligi ko‘rinishida, shuningdek, hayvonlar darajasida ularning xulq-atvorini tartibga solishni taminlovchi psixik inikos ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Inikosning psixik shakliga sezgi bilan bir qatorda instinktlar, shartli reflekslar, idrok etish, emotsiyalar, fikrlash kiradi. Instinkt mazkur turning hamma ko‘rinishlarida bir xil bo‘lgan murakkab tug‘ma xususiyat sifatida amal qiladi. Lekin instinkt juda tor doiradagina maqsadga muvofiqdir. Asalarilar shaklan va mustahkamlik jihatidan mukammal bo‘lgan mumkataklar yasaydi. Lekin katak tubi qirqib olib tashlansa, asalari bunga etibor bermaydi va katakka asal quyishda davom etadi. Tirik organizm darajasidagi inikosning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, jonli sistemalarda aktual inikoslar tarzida yuz beruvchi o‘zgarishlar individlar tajribasida va turlarning xossalarida saqlanib qoladi hamda yig‘ilib boradi. Subekt o‘zini qancha faol tutsa, u shuncha ko‘p predmetni aks ettiradi.
Xulosa qilganda, borliq haqidagi falsafiy qarashlarni umumlashtirib va bu kategoriyalarni bilish insonning umumiy dunyoqarashining rivojiga ijobiy tasir ko‘rsatadi.