Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə27/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Bilish tushunchasi. Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri - bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, yani tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-manaviy dunyosini ham bilib boradi.
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi. Falsafiy bilish borliqning eng umumiy tomonlarini o‘z ichiga oladi. Falsafa keng ko‘lamdagi kategoriyalar, tushunchalar vositasi bilan butun g‘oyalarni sintezlashtiradi.
Bilish nazariyasi, borliq va bilish rivojlanishining umumiy qonunlari haqidagi talimot. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‘ra, bilish moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson bilishining manbai esa ayni shu moddiy va manaviy borliq, ularni tashkil qilgan predmetlar, hodisalar va jarayonlardir. Bu predmetlar, hodisalar va jarayonlar insonga ta’sir qilib, uning miyasida aks etadi. Ular moddiy va manaviy borliqning inson miyasidagi subektiv obrazlari, ramzlari va belgilaridir. Bu jihatdan inson bilishi, avvalo, moddiy va manaviy borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga, ularni faol inikos ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga bog‘liqdir.6
Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, manaviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan manaviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Inson ilmiy bilimlar vositasida maʼnaviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida eʼzozlana boshlaydi.
Bilish nazariyasini falsafada Gnoseologiya sohasi o‘rganadi. «Gnoseologiya» grekcha so‘z bo‘lib «gnosis» – bilish, «logos» – nazariya, yani bilish nazariyasi, bilish to‘g‘risidagi talimot manolarini anglatadi. «Gnoseologiya» atamasi falsafaga nisbatan yaqinda (1854 yilda) shotland faylasufi Dj.Ferer tomonidan kiritilgan bo‘lsa-da, biroq u Qadimgi YUnon faylasuflari Suqrot, Aflotun, Demokrit, Arastu, epikurchilar, stoiklar shuningdek Markaziy Osiyo mutafakkirlari o‘z davrlarida bilishning mohiyatini tahlil qilganlar.
«Olam va odam» tizimida dunyoni anglash, subekt va obekt o‘rtasidagi munosabatlar dialektikasi gnoseologiya shug‘ullanadigan masalalar ko‘lamini belgilaydi. Bu masalalar insonning bilish faoliyatidan iborat bo‘lib, eng umumiy mazmunini tashkil qiladi. Gnoseologiya «ong», «tafakkur», «bilish», «haqiqat», «subekt» va «obekt», «moddiylik va manaviylik», «inson» va «kompyuter», «hissiylik» va «ratsionallik», «nazariya» va «amaliyot» kabi tushuncha va kategoriyalarning mazmun - mohiyati bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni o‘z ichiga oladi. Bu tushunchalarning har biri moddiy, ruhiy-manaviy hodisalarni aks ettirishga asoslanadigan o‘ziga xos dunyoqarash muammolari bilan ham bog‘liq bo‘lib, ularning barchasi «haqiqat» tushunchasiga u yoki bu tarzda aloqadordir. Gnoseologiya kundalik yoki maxsus, ilmiy yoki badiiy faoliyatligidan qatiy nazar, insonning bilish faoliyatidagi umumiylikni o‘rganadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin