Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə30/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Insonning borliqni bilishi hissiy bilishdan aqliy bilishga tomon va aksincha, intuitiv bilishdan mantiqiy bilish tomon dialektik yo‘l bilan sodir bo‘ladi. Bundagi hissiy bilish va aqliy bilish bir butun inson bilishining bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq ikki: «quyi» va «yuqori» bosqichlaridir.
Hissiy bilish — inson bilishining dastlabki birinchi bosqichi bo‘lib, inson bilish jarayoni ayni shu bilishdan boshlanadi. Natijada, miyada predmet va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlari hosil bo‘ladi.
Hissiy bilish bosqichi: his qilish, sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda sodir bo‘ladi. His qilish — inson bilishining shunday shakliki, unda kishi o‘z-o‘ziga, atrofdagi narsa-hodisalarga, kishi yoki kishilarga bo‘lgan munosabatida o‘zining muayyan holatga kirishi, muayyan holda bo‘lishidir.
Sezgi hissiy bilishning dastlabki shakllaridan bo‘lib, u insonning borliqni bilishining o‘ziga xos ko‘rinishidir. Sezgi va sezgilar insonning sezgi a’zolariga borliqdagi predmet va hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir. Sezgilarni hosil qiluvchi bunday sezgi a’zolari insonda tashqi va ichki holatlarda joylashgan bo‘lib, ular: ko‘rish, ta’m bilish, te ri sezgisi va eshitish sezgi a’zolaridir, qolganlari ichki sezgi a’zolari hisoblanadi. Bu sezgi a’zolari insonning borliqni bilishida o‘ziga xos bir vosita bo‘lib, ular orqali predmet va hodisalar haqidagi dastlabki ma’lumotlar inson miyasiga qabul qilinadi. Inson bu sezgi a’zolari orqali borliqdagi predmet va hodisalarning tashqi belgi va xususiyatlarini bilib oladi.
Biroq his qilish va sezgilar insonning borliqni bilishi uchun hali yetarli emas. Buning uchun inson o‘zining hissiy bilishida his qilish va sezgilar shakllarida hosil qilgan ma’lumotlarini to‘plab, umumlashtirib, ularni bir butun holda in’ikos etdirishi ham lozim bo‘ladi. Hissiy bilishning bunday yangi shakli idrokdir.
Idrok borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko‘rinishda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazidir. U o‘zida his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlarni jamlab ifodalovchi xususiyatga ega. Biroq insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma’lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo‘lib, aqliy bilish (mantiqiy bilish) deyiladi. Agar inson o‘z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi.
Aqliy (mantiqiy) bilish hissiy bilish bergan malumotlarga suyangan holda insonning predmet va hodisalarni ularning eng muhim tomonlari, mohiyatlarini tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib, ularni fikrda ifodalanishidir. Faqatgina aqliy bilishgina bizga narsa va hodisalarning mohiyatini bilib olish imkoniyatini beradi.
Aqliy (mantiqiy) bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning izchil bog‘lanishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, o‘zgarish va rivojlanish qonunlarini ma’lum fikr shakllari - tushuncha, hukm va xulosa chiqarish kabilarda ifodalaydi.
Shuningdek bilish empirik va nazariy ilmiy bilish darajalariga ham bo‘linadi.
Ilmiy bilishning empirik darajasi. “Empirik” degan tushuncha zamirida “empiriya”, yaʼni “tajriba” tushunchasi yotadi. Lekin bu bilishning empirik darajasi tajribadangina iborat degan maʼnoni bildirmaydi. Ilmiy nazariyaning zarur empirik bazasi eksperimentdir, u hozirgi zamon fani rivojining muhim omiliga aylandi. Fanning, birinchi navbatda tabiiyotning butun taraqqiyot tarixi eksperiment bilan biron-bir tarzda bog‘liqdir. Tabiiyot fanini ko‘pincha eksperimental fan deb atab, bu bilan uning ilgari antik va o‘rta asrlar fani doirasida mavjud bo‘lgan tabiatni bilish usullaridan farqini taʼkidlab ko‘rsatadilar.
Ilmiy bilishning nazariy darajasi. Har qanday nazariya, bu – faktlarni ishonchli tarzda bilishgina emas, o‘rganilayotgan hodisalarning empirik taʼrifigina emas, u bu faktlarni tushuntirish funksiyasini ham bajaradi. Gipotezalardan farqli o‘laroq, nazariya to‘g‘ri va asosli tushuntirish imkonini beradi. Nazariya mavjud va aniqlangan faktlarni muayyan sohadagi qonunlar va boshqa mavjud aloqalarning mantiqan zarur oqibati sifatida tushuntiradi. Yaʼni nazariyada bizni qurshab turgan hodisalar va voqealarni tasodiflar tartibsizligi deb emas, balki obʼektiv zarur va qonuniyatli munosabatlarning ko‘rinish va mavjud bo‘lish shakli sifatida izohlash mumkin bo‘ladi.
Izlanuvchi ilmiy bilishning bu ikki darajasida ham ayni bir obekt bilan ish ko‘radi, biroq obekt har bir darajada turlicha namoyon bo‘ladi. Empirik bosqichda subekt hodisalarni kuzatish bilan band bo‘ladi, hodisalarning munosabatlari – bog‘lanishlarini qayd qiladi. Nazariy darajada esa kuzatilayotgan hodisalarni yuzaga keltirgan sabablari to‘g‘risidagi gipotezalar aytiladi. Odatda sabablarni aniqlash o‘rganilayotgan obektning mohiyatini ochish bilan bog‘liqdir. Nazariyaning vazifasi, jumladan sababni aniqlagan holda hodisaning tabiatini tushuntirishdir.
Empirik va nazariy ilmiy bilish darajalari bilish vositalari bo‘yicha farq qiladi. Empirik darajada subekt o‘zi o‘rganayotgan obekt bilan bevosita o‘zaro tasirda bo‘ladi, uni kuzatadi yoki parametrlarini o‘lchaydi. Bunda bilish vositasi sifatida obekt to‘g‘risida malumot olib beradigan tegishli asboblar bilan qurollangan holda ko‘rish yoki eshitish qobiliyatidan foydalanish mumkin. Nazariy darajada subekt bilish obekti to‘g‘risida bilvosita fikrlashi mumkin, yani bunda u tajribada olingan natijalar asosida ish ko‘radi.
Ilmiy bilishning empirik darajasi kuzatish, eksperiment, o‘lchash, guruhlarga ajratish, sinflarga bo‘lish, ilmiy tasnifga doir amallarni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy bilishning nazariy darajasida gipotezalarni ilgari surish, ilmiy nazariyni yaratish, qonunlarni tariflash, bir gipoteza va nazariyani boshqalari bilan taqqoslash, shuningdek, umumlashtirish, tushuntirish va avvaldan aytish amallari bajariladi.
Ilmiy bilish darajalari shuningdek, tushuncha vositalari va tili bilan ham farq qiladi. Empirik atamalar belgilarini sistemalashtirish (tavsiflash) asosida shakllanadi. Hosil qilingan tushunchalar (atamalar) empirik tavsiflash sistemasini tashkil qiluvchi fikr – davolar tarzida tartiblanadi. Bunday empirik fikrlarni bevosita tekshirish imkoni bo‘ladi. Masalan, «dinamometrning strelkasi 100 bo‘linish shkalasini ko‘rsatib turipti», - degan fikr haqiqiy bo‘ladi, agar o‘sha asbob rostdan ham shkalaning shu bo‘limini ko‘rsatayotgan bo‘lsa. Nazariy fikrlarga kelsak, ularning mavqei empirik fikrlardan anchagina farq qiladi. Nazariyaning tushunchalari – atamalar nazariy bilish darajalariga xos vositalari bilan o‘rganiladigan obektlarning yuksak abstraksiyalar, ideallashtirishlardir. «Moddiy nuqta», «absolyut qattiq jism», «ideal gaz» singari ideallashtirilgan tushunchalar yaxshi tanish. Bunday ideallashtirishlarni o‘z ichiga olgan nazariy fikrlarning ham haqiqiyligi sinab ko‘riladi. Biroq bunday sinov – tekshirishlarda tajribaga bevosita «chiqish» bo‘lmaydi, bunday ularni nazariya ichida ham, empirik fikrlarni amallarni talab qiladi.
Intuitiv bilish - odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida muayyan tasavvurlar va bilimlarga ega bo‘lgan, uning fikri ma’lum muammo yoki masalani yechishga yo‘naltirilgan, shu asosda o‘z fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ro‘y beradi. Ammo intiutiv bilish kishining oldingi tajriba, ko‘nikma, malaka va erishgan bilimlariga asoslangan holda yuzaga kelishini, busiz intiutiv bilishning bo‘lishi mumkin emasligini ham esdan chiqarish kerak emas.
Intuitiv bilish ham inson bilish jarayonining muhim jihatini tashkil qiladi va uning borliqni bilishida muhim rol o‘ynaydi. Intuitiv bilish, hissiy va mantiqiy bilishlardan farq qilib, u o‘z tabiatiga ko‘ra, hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvur yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug‘ilishidir.
Fanda uzoq davr intuitiv bilishning mexanizmi ma’lum bo‘lmay keldi. Shu sababli intuitiv bilish haqida har xil qarashlar, har xil yondashishlar, turli tuman ta’limotlar paydo bo‘ldi. Ba’zilar uni ilohiylashtirib, intuitiv bilish faqat buyuk va mumtoz kishilargagina xos, degan fikrni bildirishdilar.
Inson bilishini turlarga bo‘lishda intuitiv bilishdan farqli ravishda qadimdan g‘oyibona bilish haqida ham turli fikrlar mavjud. G‘oyibona bilish inson bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘ladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishi bu hodisa va voqeaning qanday sodir bo‘lishi unga ayon bo‘ladi.
Lekin shuni aytish kerakki, g‘oyibona bilishning hozircha mexanizmi fanga malum emas. Shu sababli ko‘pincha g‘oyibona bilishni kishilar ilohiylashtirib, bunday bilish faqat aziz-avliyolarga, alohida g‘ayri tabiiy xususiyatlarga ega kishilarga xos, deb qarab kelishmoqda.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin