Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə31/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Haqiqat bilish mezoni. Bilishning bosh vazifasi haqiqatni izlashdir. Haqiqat masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida haqiqat va uning bilishdagi roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.
Haqiqat bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning o‘ziga, obʼektiv reallikka muvofiq kelishidir.
Haqiqat — bu inson bilimlarida borliqning to‘g‘ ri in’ikos etishi, predmet va hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularni inson o‘z miyasida xuddi shunday in’ikos ettirgan bilimlardir. Haqiqat — bu borliqdagi predmet va hodisalar yoki ularning belgi va xususiyatlarining o‘zi emas, balki ular haqidagi inson bilimlarining o‘sha predmet va hodisalarga, ularning belgi va xususiyatlariga mos kelishidir. Bu jihatdan haqiqat o‘zi ifodalangan bilimlarning mazmuniga ko‘ra sub’ektga, ya’ni biluvchi inson va insoniyatga bog‘liq bo‘lmasada, lekin u o‘z ifodalanish shakli jihatdan sub’ekt ongiga, sub’ektga bogliq bo‘ladi.
Haqiqatni bilish — murakkab jarayondir. Bizning borliq haqidagi bilimlarimiz birdaniga, tayyor holda yuzaga kelmaydi. Biz predmet va hodisalarning avval tashqi tomonlarini, so‘ngra esa ichki tomonlarini bilib boramiz. Bunda bizning bilimlarimiz nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon boradi.
Nisbiy haqiqat — bu bizning borliqdagi predmet va hodisalar to‘g‘risidagi taxminan to‘g‘ri, lekin to‘liq bo‘lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to‘ldirilib borishi lozim bo‘lgan bilimlarimizdir.
Mutlaq haqiqat esa — bu borliqdagi predmet va hodisalar haqidagi to‘liq, aniq mukammal bilimlardir. Bunday bilimlar inson tafakkurining ob’ektga cheksiz yaqinlashib borishi asosida, cheksiz nisbiy haqiqatlarning jami sifatida qaror topadi. Bu jihatdan nisbiy va mutlaq haqiqatlar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir, ular bir-birlaridan ajralmasdir. Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning cheksiz birligidan yuzaga keladi, har bir nisbiy haqiqatda esa muglaq haqiqatning donasi, zarrasi, ulushi mavjud bo‘ladi. Shu asosda inson bilishi nisbiy haqiqatlardan mutlaq haqiqatga tomon boradi. Inson unga cheksiz yaqinlashib boradi. Bilimlar taraqqiyotida mutlaq haqiqat konkretlashib boradi. Ilm-fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi-yangi zarralar qo‘shib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz bo‘lgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi. Nisbiy haqiqatlarning mutlaq haqiqatga cheksiz yaqinlashib boruvchi chegaralari tarixan shartli bo‘lsa ham, lekin bu mutlaq haqiqatning mavjudligi shubhasizdir.
Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obektiv haqiqat tushunchasi tez-tez uchrab turadi. Obektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‘liq emas. Haqiqatning obektivligini u mavjud olamning inikosi bo‘lishi belgilaydi.
Dogmatizm inson bilish faoliyatining hamma sohalarida ham namoyon bo‘lishi mumkin. U insonning borliqni bilishga, uni amaliy va nazariy o‘zlashtirish va o‘zgartirishiga to‘sqinlik qiladi.
Relyativizm esa, dogmatizmdan farqli o‘laroq, inson bilishida hosil bo‘lgan bilimlarning nisbiy tomonlarini mutlaqlashtirib, inson bilimlari faqat nisbiy haqiqatlardan iborat, deb, mutlaq haqiqatni butunlay inkor qilish tufayli kelib chiqadi. Bu oqim vakillarining fikricha, inson borliq va uning qonunlarini faqat qisman bilar emish, nisbiylik inson bilimlarining hammasiga xos emish. Bu bilan ular inson bilimlarining hammasini nisbiy, deb eʼlon qilib, mutlaq haqiqatning borligini, uning inson bilishiga xosligini butunlay rad qiladi.
Absolyut haqiqatni absolyutlashtirish dogmatizmga, nisbiy haqiqatni absolyutlashtirish relyativizmga olib keladi.
Konkret va abstrakt haqiqat. Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi qo‘yiladi. Abstrakt haqiqat – bu to‘liq bo‘lmagan, rivojlanmagan, bir tomonlama haqiqat, konkret haqiqat esa, aksincha, to‘liq, rivojlangan, ko‘p tomonlama haqiqat. Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni ham, konkretlikni ham o‘z ichiga oladi. Haqiqat o‘z rivojining keyingi bosqichiga nisbatan abstrakt va ilgarigi rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir.
Dunyoni bilish – bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti – bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir.
Umuman olganda, inson qadimdan boshlab o‘z bilimlarining haqiqatligini, ularning xatolardan farqini ajratuvchi mezonni topishga har doim harakat qilib kelgan. Shu sababli falsafada bilimlarning haqiqatlik mezoni muammosiga doir turlicha qarashlar paydo bo‘lgan.
XX asr neopozitivizm oqimi vakillarining ba’zilari o‘z bilish nazariyalarida haqiqatning mezoni, deb kogerensiya prinsipini oladilar. Bu prinsipga ko‘ra, haqiqatning mezoni bilimning o‘z-o‘ziga mos kelishidir. Neopozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa bilimlarning haqiqatlik mezoni sifatida verifikatsiya prinsipini ilgari suradilar. Bu prinsipga ko‘ra, bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment yo‘llari bilan tekshirish mumkin. Biroq bizga ma’lumki, fanlarda paydo bo‘lgan ba’zi g‘oyalar va qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar asosida tekshirib bo‘lmaydi.
Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday bilimning haqiqatlik mezoni uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa, foydali bo‘lish, foyda keltirish hali inson bilimlarining haqiqatligi mezoni bo‘lmaydi.
Ekzistensializm falsafasi vakillarining ba’zilari bo‘lsa, inson bilimlarining haqiqatligi mezoni har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlariga bog‘liqdir, deyishadi. Ularning qarashicha, hech qachon ikki kishining ehtiyoji, intilishlari bir-biriga to‘la mos kelmaydi. Shu sababli haqiqatning barchaga barobar bo‘lgan mezoni bo‘lishi mumkin emas.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin