Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi. Amaliyot va faoliyatning mutanosibligi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə32/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Bilish amaliyot ijod uyg‘unligi. Amaliyot va faoliyatning mutanosibligi. Bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Amaliyot insonning dunyoga o‘ziga xos munosabati usuli bo‘lib, u tashqi olamdagi obektiv mavjud narsa va hodisalarga faol tasir etish, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish va qayta qurish yo‘li bilan insonning uni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhitga kirib borish jarayonidir.
Amaliyot bilish jarayonida hosil bo‘lgan har bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash bilan birga, bu bilimning cheklanganligini, xatoligini ham aniqlab beradi. Lekin amaliyotni ham haqiqat mezoni sifatida mutlaqlashtirish mumkin emas. Haqiqat bo‘lmagan bilimlar inson faoliyatini muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Shuning uchun har qanday yangi bilimning haqiqat ekanligi amaliyotda tekshirib ko‘riladi. Chunki inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi to‘liq bo‘lmaydi, amaliyotda sinab ko‘rish imkoniyati bo‘lmagan bilimlar ham mavjud. Uning ustiga amaliyotning o‘zi ham o‘zgarib rivojlanib boradi.
Shunga qaramasdan, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to‘g‘ri bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon, birinchidan, inson bilimlari borliqning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri inikosi ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto‘g‘ri aks ettiruvchi qarashlarning xatoligini ham ochib beradi.
Falsafa amaliyotga kategoriyalar, yani amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlari nuqtai nazaridan yondoshadi.
Inson amaliyot orqali obektiv mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarga faol tasir etib, ularni o‘zlashtirish, o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zini o‘rab turgan tabiiy – ijtimoiy muhitga kirib boradi. Inson amaliy faoliyati borliqni o‘zgartirishga qaratilgan jarayon bo‘lib, u obektiv va subektiv tomonlar yig‘indisidan iborat. Albatta, amaliy faoliyatning subektivligi insonning qobiliyati, maqsadga muvofiq hatti harakati, obektiv tomoni essa boshlang‘ich material, faoliyat vositalari va olingan mahsulotni anglatadi.
Umuman olganda:

  • amaliyot insonning dunyoga, o‘ziga xos munosabat usulidir;

  • amaliyot nazariy bilimdan yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita voqelik hislatiga ega. Amaliyot – bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzda uzluksiz o‘zgartirish jarayonidir;

  • amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi, harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir.

Ijtimoiy amaliyot inson bilishining maqsadi hamdir. Chunki inson o‘z bilishi natijalaridan, hosil qilgan bilimlarida doimo o‘z amaliy ijtimoiy faoliyatlarida o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin