Nanotexnologiyalar tushunchasi. Tabiatning barcha hodisalari (ko‘rinishlari) bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa ham, inson ularni ma'lum bir tomondan o‘rganishga intiladi. Shuning uchun ham har qanday fan maxsus atamalar va tushunchalar tizimlariga ega, ularga o‘z ma’nosi beriladi.
Fan olamida bugunga kelib nanotexnologiya, nanoelektronika, nanofizika, nanokimyo, nanobiotexnologiya, nanomateriallar, nanosanoat, nanorobotlar, nanofanlar kabi «nano» qo‘shimchali yangi atamalar ko‘payib bormoqda.
“Nanotexnologiya” atamaning “nano” va “texnologiya” terminlarini ensiklopedik lug‘atda “texnologiya” so‘zi quyidagicha tavsiflangan: u yunoncha “techne” - “san'at”, “mahorat” va “bilish” + “logos” - “fan” qo‘shma so‘z bo‘lib, biror bir mahsulot ishlab chiqarishdagi ishlov berish, tayyorlashni, holati xossasini, shaklini o‘zgartirish jarayonlarining umumlashgan uslubini bildiradi.
Nanotexnologiya - bu alohida atomlar va molekulalarni boshqariladigan manipulyatsiya qilish orqali ma'lum bir atom tuzilishiga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish va qo'llash usullari bilan bir qatorda nazariy asoslash, amaliy tadqiqot, tahlil va sintez usullari to'plami bilan shug'ullanadigan fundamental va amaliy fan va texnologiyalar sohasi38.
Nanotexnologiyaga berilgan bunday ta'rifga ko‘ra tabiiy savol tug‘iladi: materiallami atom va molekulalar darajasida manipulatsiyalashimiz (bu yerda ishlashimiz) mumkinmi? Bizning barmoqlarimiz nanomasshtab uchun juda ham kattalik qiladi-ku. Bu savol zamonaviy nano fanining jumbogri bo‘lsa kerak. Bu jumboqni yechishning eng chiroyli yo‘lini Erik Dreksler o‘zining “Yaratish (barpo etish, vujudga keltirish) mashinalari” kitobida taklif qildi. Atomlar bilan ishlash uchun u maxsus nanomashinalarni yoki assemblerlarni yaratdi.
Nanotexnologiya - alohida atom va molekulalar bilan ishlaydigan yuqori texnologik sohadir. Bunday yuqori aniqlik tabiat qonunlarini sifat nuqtaii nazaridan yangi bosqichda insoniyat manfaatida foydalanishga imkon yaratadi.39 Nanotexnologiya sohasi jamiyatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, turmushimiz farovonligini oshirish, hayotimizda o‘z yechimini kutayotgan ekologik, ijtimoiy va boshqa muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etayotganiga shubha yo‘q. Shunday ekan zamonaviy fanning mo‘jizasi sifatida e'tirof etilayotgan nanotexnologiya sohasi ustida tadqiqotlar olib borish, uning imkoniyatlaridan samarali foydalanish va bu yo‘l bilan jamiyatimiz rivojiga hissa qo‘shishimiz, amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan zaruriy ishlardan biridir.
Nanotexnologiya sohasini aynan falsafiy jihatdan o‘rganishga bo‘lgan urinishlar juda kam ekanligini qayd etib o‘tishimiz kerak. Biroq shu bilan birga nanotexnologiyaning tibiyot, fizika, kimyo, biologiya sohalarida o‘rganilishiga oid talaygina ishlarni uchratishimiz mumkin.
Nanotexnologiya sohasidagi ishlanmalar har qanday sohada o‘z amaliy qo‘llanishini topmoqda, masalan: tibbiyotda; mashinosozlikda; gerontologiyada; sanoatda; qishloq ho‘jaligida; biologiyada; kibernetikada; elektronikada; ekologiyada. Nanotexnologiya yordamida koinotni o‘zlashtirish, neftni tozalash, ko‘p viruslarni yengish, robotlarni ishlab chiqarish, o‘ta yuqori tezlikdagi kompyuterlarni yaratish mumkin. Nano qo‘shimcha (lotinda - pakana) - milliardning bir ulushini anglatadi. Masalan, bir nanometr (1 nm)-metrning milliarddan bir ulushidir (10-9m.). Tirik tabiat chegarasi taxminan 10 nm o‘lchamlarda tugaydi - bunday o‘lchamlarga oqsilning murakkab molekulalari mos keladi. Oddiy molekulalar o‘lchamlari o‘nlab marotaba kichikdir. Atom o‘lchamlari – bir necha angstremlaga ega (1 angstrem = 0,1 nm).40 Nanotexnologiya mazmunini ochib beradigan asosiy manbalardan ikkitasini alohida aytib o‘tish mumkin. Bular: ilk bor nano o‘lchamdagi qurilmalarini yaratish va ular bilan ishlash g‘oyasi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti nomzodi Richard Feynman tomonidan 1959 yili Kaliforniya texnologik instituti "U yerda, pastda, joy ko‘p!"- mavzusidagi ma’ruzasining kirish so‘zida yangragan. Ma’ruza nomidagi -pastda so‘zi - juda ham kichik o‘lchamdagi olam ma’nosini anglatadi. O‘shanda Feynman aytishicha, qachonlardir nima uchun XIX asrning birinchi yarimidagi olimlar atom va atom yadrosini o‘rganishga barcha intilishlarini qaratib, ushbu nano sohani xatlab o‘tib ketgan deb insonlar xayratga tushadi. Feynman fikriga ko‘ra insonlar ular bilan birgalikda ko‘rib bo‘lmaydigan ob’ektlar olami yashayotganligiga uzoq vaqt e’tibor bermasdan kelgan41.