Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Nanotexnologiya tushunchasining ilmiy-falsafiy tavsifi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə36/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Nanotexnologiya tushunchasining ilmiy-falsafiy tavsifi. Nanotexnologiyalar muammolari yuzasidan mantiqiy fikrlash doirasida falsafiy ma'noda nanotexnologiyaning nimani ifodalashini to‘laqonli tavsiflash mavjud emas. Bundan bir narsa noaniq qoladi: “substansiya, birlamchi materiya, borliq, tabiat” kabi an'anaviy tushunchalarga nanotexnologiyalar qanday o‘ziga xos mazmun yuklaydi? Keyingi tushunchalarni tavsiflash uchun tushunchaning o‘zining asosini ko‘rsatish kerak. Binobarin, predmetni atributiv xususiyatlari orqali tavsiflash predmetning o‘zida mujassamlashgan dinamikani va unga tashqi muhit ko‘rsatayotgan ta'sirni hisobga olmaydi. Buning ustiga bunday tavsiflash usuli nanotexnologiyalarni tadqiq qilish prinsiplariga zid keladi, u predmetning qat'iy belgilangan xususiyatlaridan voz kechishni va buning natijasida borliqdagi narsalar olamining boshqa sohasiga – prosessual dinamika sohasiga o‘tishni va mazkur dinamika bilan nanotexnologiya sub'ektini boshqarishni anglatadi. Chunonchi, Nanotexnologiya tufayli sodir bo‘ladigan permanent o‘zgarishlar vaziyatining naturalistik tavsifi Erik Drekslerning “Yaratuvchan Mashina” asarida keltirilgan45. “ko‘mir va olmoslar, qum va komp'yuter chiplari, rakka chalingan va sog‘lom to‘qima: butun tarix, evrilishlar mobaynida atomlarni tartibga solishda arzonni qimmatdan, kasalni sog‘lomdan farqlashgan. Bir xil tarzda tartibga solingan atomlar tuproq, havo va suvni tashkil etadi, boshqacha tartibga solingan atomlar esa pishgan qulupnayni ifodalaydi. Bir xil tarzda tartibga solingach, ular uylar va toza havoni hosil qiladi, boshqacha tartibga solingach esa, ular kul va tutunni hosil qiladi”. Hissiy-emosional kategoriyaga tortuvchi mazkur tushunchani tanqidiy baholay turib, borliq uchun nanotexnologiyaning oqibatlari ustida falsafiy refleksiya zarurligiga e'tiborni qaratish kerak. Falsafiy-metodologik tahlil nuqtai nazaridan, “atomlarning tartibga solinganligiga” emas, balki narsalarni tashkil etishning muayyan darajasi jarayonlariga ob'ekt sifatida va texnologik ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi sub'ekt sifatida e'tibor qaratish kerak.
Agar predmet o‘zi uchun yalpi bo‘lgan mutlaqo boshqa sifatga ega bo‘lsa, uni aniqlab bo‘lmaydi, u avval boshdanoq falsafiy tadqiqotlar uchun predmet bo‘lib hisoblanadi.
“Nanotexnologiyalar” tushunchasi darhol “texnologiya” tushunchasining davomi sifatida maydonga chiqadi. Agar so‘zning etimologiyasiga qaraydigan bo‘lsak, u yunoncha techne – san'at, mahorat, mohirlik va logiya – o‘rganish so‘zlarining birikmasidan iboratdir. Logos techne “uyi va tili” ochiq bo‘lgan idrok qilinadigan borliqni anglatadi, aks holda Logos quruq va bemazmun so‘zdan iborat bo‘lib qoladi.
Nanomedisinada allaqachon sezilarli yutuqlarga erishilgan: “Missuri universiteti va AQSh armiyasi mutaxassislaridan iborat qo‘shma komanda tovushdan tez tarqaluvchi zarba to‘lqinini keltirib chiqarishga qodir nanoportlamani yaratgan, u dori-darmon moddalarini vujuddagi sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmagan holda rak hujayralariga yetkazishga yordam beradi” . Nanotexnologiyalar aksincha, dorilarni alohida hujayralarga yetkazib berishni ta'minlashi mumkin.
Nanotexnologiyalarning rivojlanish bashorati “daraxt” shaklida ko‘rsatilgan, unda ekologiya, energetika, koinot, nanomexnosintez, biologiya ... sohalari o‘z rivojini topadi. Predmetning ilmiy-texnikaviy va falsafiy tavsifi bir-birini quyidagi mazmunda to‘ldiradi: birinchisi predmetning o‘zi uchun o‘zi ekanligini aniqlashga, predmet inson uchun ekanligini aniqlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki nanotexnologiyalarning sifatga tegishli tafovutlari inson mavjudligining barcha sohalarida nanotexnologiyalarning ekspansiyasi tufayli paydo bo‘layotgan “nanoborliq” tushunchasining shakllanishi uchun yetarlicha asos beradi: shunday qilib, nanotexnologiyalar tushunchasining birlamchi tavsifi asosida doimiy ijodkorlik sifatida borliq va fikrlash materiyasining ommaviy transformasiyasi ufqlari ochiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin