Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə21/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Borliq va yo‘qlik dialektikasi. «Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (yani amalda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shu manoda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy manoda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud.
Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q5.
Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning obektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, yani u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi» borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki obektning nusxasi, ideal obrazi bo‘lib qoladi.
Shunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin.
Borliq shakllarining tasnifi. Bizni qurshab turgan yaxlit, bir butun dunyo, eng umumiy borliq bo‘lib, u ko‘pdan-ko‘p real mavjud narsalardan iborat. Borliq o‘zining mavjudlik shakllariga ko‘ra xilma-xildir. Bu narsa va hodisalarning har biri o‘ziga xos, boshqalarida mavjud bo‘lmagan tomonlar, xususiyatlarga ham ega. Lekin inson o‘z faoliyatida ularni bilish jarayonida borliqning bu turli ko‘rinishlaridan kelib chiqib, umumlashtirishga, guruhlashtirishga, muayyan yaxlit tizimlarga birlashtirishga kirishadi. Shuni aytish kerakki, bunda inson yakka, ayrim narsa va hodisalarni ularga nisbatan kattaroq butunlikka birlashtirib, har bir yakka, ayrimlikning mavjudlik xususiyatiga e’tibor bergan holda, ularning borliq ko‘rinishi, usuli va mavjud sharoitlaridagi o‘xshashliklardan kelib chiqib, ularni turli guruhlarga, turlarga ajratadi. Dunyodagi barcha mavjud narsa va hodisalarni ular borlig‘ining ko‘rinishlariga ko‘ra, turli shakllarga ajratish va birlashtirish kishilarning kundalik hayotidagi oddiy jarayonlardir, chunonchi ular o‘z amaliy faoliyatlarida o‘zlari anglamagan yoki anglagan holda, borliqning turli shakllari o‘rtasidagi umumiylik va farqlarga, albatta, e’tibor beradilar. Borliq shakllarini bilishda ularni farqlash, ajratish kishilarning amaliy faoliyatida, dunyoni tushunishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun falsafiy muammolarni o‘rganish borliq kategoriyasining mazmunini o‘rganishdan, borliqning asosiy shakllarini tahlil qilishdan boshlanadi.
Borliq shakllarini dastlab bir-biridan farq qiluvchi va ayni vaqtda bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikdadir.
Moddiy borliq - insondan, uning ongidan tashqarida ob’ektiv reallik sifatida mavjud bo‘lgan narsalar, hodisalar, jarayonlardan iborat. Insonni qurshab turgan tabiat, tabiatni tashkil qilgan turli narsa va hodisalar, barcha noorganiq va organiq moddalar olami, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, insoniyat, kishilarning o‘zi va ularning o‘zaro ijtimoiy munosabatlaridan tashkil topgan jamiyat - bularning barchasi moddiy borliq ko‘rinishlaridir.
Ma’naviy borliq - inson uning ongi bilan bog‘liq sub’ektiv reallik sifatida mavjud bo‘lgan fikrlar, g‘oyalar, qarashlaridan iborat. Inson ongi bilan bog‘liq barcha ma’naviy hodisalar, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, ijtimoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butun ma’naviy-madaniy hayoti Ma’naviy borliq inson ongi bilan bog‘liq barchama’naviy hodisalar: fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, ij timoiy ong shakllari, inson va jamiyatning bir butunma’naviy-madaniy hayoti - ma’naviy borliq ko‘rinishlaridir.
Borliqning bu turlari o‘rtasidagi farq nisbiydir, chunki ular bir-birlariga o‘tib turishadi. Shu bilan birga, ularning har biri o‘z navbatida yana birqancha shakllar, ko‘rinishlarga bo‘linadi.
Tabiat borlig‘i, birlamchi va ikkilamchi tabiat borlig‘iga bo‘linadi. Birlamchi tabiat borlig‘iga inson va uning faoliyatidan qatiy nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i; ikkilamchi tabiat borlig‘iga esa inson ehtiyoji uchun yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i tushuniladi.
Tabiiy borliqning birinchi ko‘rinishi insongacha, insondan va uning ongidan tashqarida, unga bog‘liq bo‘lmagan holda ob’ektiv mavjud bo‘lgan narsa va hodisalar, jarayon va holatlarni o‘z ichiga olgan «birlamchi tabiat»dir. Birlamchi tabiat borliqning alohida o‘ziga xos real shakli sifatida, avvalo, u insongacha, undan tashqarida, unga borliq bo‘lmagan holda mavjuddir. Birlamchi tabiat, insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lib, inson esa uning mahsuli ekanligi, inson usiz yashay va faoliyat ko‘rsata olmasligi, hatto birlamchi tabiatsiz biron bir narsa yarata olmasligidir. Birlamchi tabiatni tashkil etuvchi narsa va hodisalar ob’ektiv reallik sifatida, insonga bog‘liq bo‘lmagan o‘z qonunlari asosida o‘zgaradi, taraqqiy etadi, o‘z-o‘zini yaratadi. Birlamchi tabiat makonda cheksiz, zamonda esa abadiydir, u hamma yerda doimo mavjud. Inson birlamchi tabiat asosida amaliy faoliyati va ongi bilan ikkilamchi tabiatni yaratadi.
Ikkilamchi tabiatning vujudga kelishi insonga, birlamchi tabiatga, undagi narsa, hodisalar va jarayonlarga, ularning qonuniyatlarini insonning bilishiga bog‘liqdir. Ikkilamchi tabiat o‘z mavjudlik shakllari va reallik sharoitlariga ko‘ra, uning yuzaga kelishi, yashashida inson mehnati va bilimi bilan bog‘ liqligi jihatdan birlamchi tabiatdan farq qiladi. Demak, ikkilamchi tabiat narsa va hodisalari ijtimoiy hayotda inson ehtiyojini qondirish zaruriyati, ijtimoiy turmushda biron bir funksiyani bajarish zarurati tufayli yaratiladi.
Inson borlig‘i uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu manoda uning qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‘z tasirini ko‘rsatadi, yani uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi.
Inson borlig‘i ham tabiat, ham jamiyat va ham ruhiyat qonunlariga bo‘ysunadi.
Manaviy borliq subektiv individuallashgan va obektiv (noindividual) manaviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan manaviy borliq - bu insonning ichki dunyosi, u onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko‘ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor manoda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig‘ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U ta’surotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar, shuningdek g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar, andozalarning ko‘rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo‘lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning o‘z-o‘zini anglashi, yani o‘z tanasi, fikrlari va tuyg‘ularini, o‘zining boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini va o‘zining jamiyatdagi o‘rnini anglab etishi, yani o‘zini o‘zi bilishdir. O‘zlikni anglash – bu ongimizning o‘ziga xos asosidir.
Borliqning yana bir shakli — bu ijtimoiy borliqdir. Ijtimoiy borliq individual, yakka shaxs vajamiyat borlig‘ining birligidan iborat borliqdir. Ijtimoiy borliq deyilganda, individual yakka shaxs va jamiyat hayotining hamma tomonlari emas, balki ularning faqat moddiy hayoti tushuniladi. Jamiyat moddiy hayoti esa kishilarning o‘z hayotlari jarayonida ularning irodalariga bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish munosabatlaridan, bu ishlab chiqarish munosabatlarining jamini o‘z ichiga olgan jamiyatning iqtisodiy tizimidan iborat bo‘ladi. Jamiyatni ilmiy tushunishga ko‘ra, ijtimoiy borliq, ya’ni moddiy hayotni ishlab chiqarish usuli jamiyat hayotining ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi bo‘ladi. Demak, ijtimoiy borliq deganda falsafada bir butun jamiyatning moddiy hayotini, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishi hamda ishlab chiqarish jarayonida kishilar kirishadigan moddiy munosabatlarni tushunamiz.
Virtual borliq (lotincha Virtualis – mumkin bo‘lgan) narsalar va hodisalarning vaqt va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi o‘laroq, obektiv narsalar yoki subektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. Uning zamirida Birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydo bo‘lgan kompyuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi.–
«Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi, amerikalik kinematografchilar tomonidan muomalaga kiritilgan.
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda obektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida suniy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning tami va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga tasir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar manaviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois, virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq obektiv tarzda, yani inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo‘ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qatiy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil tasir ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda – fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda. Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng qo‘llanilmoqda.
Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng foydalanmoqdalar. Masalan, AQSH armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik ko‘nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin