Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə13/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Falsafaning yangi sohalari. Shuningdek falsafa tabiatshunoslik falsafasi, din falsafasi, huquq falsafasi, fan falsafasi, texnika falsafasi, tarix falsafasi, madaniyat falsafasi, siyosat falsafasi kabi bugungi kunda mustaqil fan maqomini olish bilan bir butun yo‘nalishlarga ajralgan.
O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilliklarida tadqiqotning yana bir yangi va o‘ta muhim sohasi – globallashuv va u yuzaga keltirayotgan global muammolar falsafasi paydo bo‘ldiki, uni o‘rganish ham foydadan xoli bo‘lmaydi.
Demak, ularning o‘z tushunish apparati hamda muammoni hal qilishning o‘ziga xos usullari mavjud.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik tamoyili. Falsafaga milliylik xos, fan esa jamoa mehnati mahsuli sifatida dunyoviy ahamiyatga ega.
Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Maʼlumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o‘tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog‘liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o‘z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval-boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo‘ladi. O‘z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg‘uradi.
Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo‘lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o‘zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishnig nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo‘ladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayrim milliy falsafalarning umuminsoniy maʼnaviyat xazinasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilganini ko‘ramiz.
Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g‘oyasi hech qachon so‘nmaydi, garchand yurtni yovlar asrlar davomida bosib tursalarda, qachondir baribir qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo‘ladi. Zero, har bir xalq, avvalo, o‘zining tarixidan bugungi kun uchun tashbehlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo‘ladigan maʼnaviy tamoyil, anʼana va qadriyatlarga murojaat qiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin