Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə10/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Falsafa fanining muammolari o‘z xususiyatlariga ko‘ra, azaliy va yoki o‘tkinchi xususiyat kasb etadi. Azaliy muammolar insoniyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kungacha fan doirasida bu muammolar tadqiq etib kelinmoqda. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar yangidan kun tartibiga qo‘yilaveradi. Ularni o‘rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boradi.
Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqeligi, undagi o‘zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog‘liq ko‘pdan-ko‘p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi.
Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib yetish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno bo‘lish – ko‘rsatilgan bo‘limlarni sinchiklab o‘rganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Pirovardida biz falsafaning o‘ziga xos tili, o‘z yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat, jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni o‘zida aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi vujudga kelganining guvohi bo‘lamiz. Bunda falsafadagi har bir bo‘lim yoki yo‘nalish ham o‘z tushunchalar apparatiga, yani bilimning faqat shu sohasiga xos bo‘lgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga egadir.
Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni tariflar yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (bazan shu tariqa) har xil funksiyalarni bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi.
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko‘zga tashlanadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin