Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə11/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi insonning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishida namoyon bo‘ladi. Inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi.
Demak, falsafiy dunyoqarashning vazifasi, inson, o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bo‘lmagan, yani fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir.
Falsafaning metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan). Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmetning tadqiqot yo‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi.
Falsafaning integrativ2 funksiyasi real borliqning yangi obektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun birlashishga ehtiyojdir. Ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni yechish uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish jarayoni yakkalanish xavfining oldini olish imkonini beradi.
Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon bo‘ladi. U dunyoni o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi (yunon. axia - qadriyat) hayotning manosi, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon bo‘ladi
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan munosabatlar tasirida shakllanuvchi xulq-atvori.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi insonning o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning axloqiy normalariga rioya qilishda namoyon bo‘ladi. Bu kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo‘l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
Falsafa o‘z usuli jihatidan fanga nisbatan bir nechta funksiyalarni bajarishga qodirdir.
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy meʼyor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos boshqarish usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din iymon-eʼtiqodiga; huquq qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat davlat funksiyalariga tayanadi va o‘ziga xos taʼsir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va maʼnaviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko‘rsatgan.
Darhaqiqat, o‘zbek mahallalarida bag‘rikenglik, o‘zaro mehr-oqibat, hamdardlik kabi noyob fazilatlar kamol topadi.
Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy g‘oyalar atrofida uyg‘unlashtirishi bilan Harakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi.
Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya atrofida birlashtiradi.
Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lganligini, millat kelajagini belgilaydigan ozodlik g‘oyasi atrofida kishilarni birlashtirganini ko‘ramiz.
Falsafaning yana bayon etish, axborot berish funksiyasi ham mavjuddir. Falsafaning asosiy vazifalaridan biri – bu fanning hozirgi zamon talablariga muvofiq keladigan, tarixiy amaliyotga hamda insonning intelektual talablariga mos tushadigan dunyoqarashni ishlab chiqishdir. Ushbu funksiyada falsafa ilmining o‘z obʼektini o‘ziga o‘xshatib inʼikos etish, uning muhim elementlarini aniqlash, tizimiy aloqalari, qonuniyatlarini aniqlab berish, bilimlarni egallash, yanada chuqurroq ishonchli informatsiya – axborot olishning manbai bo‘lib xizmat qilish kabi vazifalari o‘z ifodasini topgan.
Falsafaning evristik funksiyasi ilmiy bilimlarni yanada rivojlantirish, ilmiy ixtirolar uchun zamin yaratishda ko‘rinadi. Evristik funksiyani qarab chiqish shuni ko‘rsatadiki, xususiy fanlarning rivojlanishida, ayniqsa, gipotezalar va nazariyalarni shakllantirishda falsafaning roli g‘oyat katta.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin