Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya taʼsirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg‘u, aql-idrok, bilim va tafakkur ham muhim o‘rin tutadi.
Falsafiy dunyoqarashning ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, universallik, maqsadlilik, g‘oyaviylik, nazariya va amaliyotning birligi kabi tamoyillari bor.
1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi.
4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, yaʼni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.
5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo‘lib, inson manfaatlariga mos keladi. Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g‘oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g‘oya yotgani bilan ifodalanadi.
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. Shuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo‘lib, jamiyat rivojlanishining maʼnaviy mezoni sifatida namoyon bo‘lgan.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin