Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Dunyoqarash tushunchasi, uning tarixiy shakllari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Dunyoqarash tushunchasi, uning tarixiy shakllari. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
Keng manoda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu maʼnoda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo‘lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga taʼsiri va mehnati jarayonida vujudga keladi.
Shu tariqa tariflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni tariflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi.
Maʼlumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo‘lgan. Keyinchalik jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi.
Dunyoqarashning tuzilishi - dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish bo‘lib, bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini subektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishida namoyon bo‘ladi. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, yani borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi.
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish barcha tirik mavjudodlarga xos bo‘lsa xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat insongaga xos xususiyatdir.
Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashning xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, manaviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining manaviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi..
Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin