Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə9/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Falsafaning predmeti. Falsafa predmeti uning rivojlanish davri mobaynida uzluksiz o‘zgarib turgan, asosiy masala esa o‘zgarishsiz qolgan, degan fikr real asoslardan xoli emas. Falsafa muammolari uning predmeti bilan belgilanadi. Malumki, falsafa predmeti tarixiy rivojlanish jarayoni mobaynida sezilarli darajada o‘zgargan. Falsafiy fanlarning har biri: ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika, mantiq, siyosatshunoslik, falsafa tarixi ham o‘z alohida predmetiga ega. Shu manoda «dunyo – inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik falsafaning predmeti hisoblanadi, degan fikr mazkur talablarga javob beradi.
Falsafa nimani o‘rganadi? Insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday obektiv va subektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi obekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir. Shu munosabat bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan tarifda «inson» tushunchasi yig‘ma manoda qo‘llanilgan. Bu erda shuni takidlab o‘tish lozimki, garchi falsafaning predmetiga biz umumiy nuqtai nazardan ancha keng tarif bergan bo‘lsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu sabablarga ko‘ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi.
Masalan, qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy talimotlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bunda asosiy etibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, Sharqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan o‘rin olgan xudo) xususiyat kasb etdi, yani Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg‘onish davrida falsafa sanat (estetika)ga va ko‘p jihatdan insonga murojaat qilindi.. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi, natijada falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi.
Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qatiy cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va obektiv sabablar to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bo‘lmay qoladi, degan manoni anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi o‘ringa surib qo‘yadi, ular muayyan davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan o‘rin olish yoki falsafiy muammolarning ustuvorliklar yunalishi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish uchun o‘z vaqtini «kutib», go‘yoki panada turadi, desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o‘zgarishini, u yoki bu masala bosh masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e’tibori malum vaqt mobaynida unga qaratilishini ko‘ramiz.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin