Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə71/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Kasb axloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtissoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, shan, or-nomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Kasb axloqi har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning uzluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi.
Kasb axloqi axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki, inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi.
Bugungi Globallashuv jarayonida milliy axloqiy madaniyatga salbiy tasir ko‘rsatuvchi g‘oyaviy-mafkuraviy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Ana shunday sharoitlarda jamiyatni axloqiy tanazzuldan asrab qolish, uni “ommaviy madaniyat” deb atalmish egotsentrizm, zo‘ravonlik va axloqiy buzuqlikka asoslangan yovuz dushmandan himoya qilish uchun yoshlarni axloq bilan qurollantirish lozim. “Ommaviy madaniyat” ostida kirib kelayotgan hurujlar, YAni ayrim siyosiy kuchlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishda mafkuraviy qurol sifatida “ommaviy madaniyat”dan foydalanishi; yoshlarning ongu tafakkurini, manaviy olamini izdan chiqarib, soxta g‘oya va mafkuralarni targ‘ib etishi; o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishi; mafkuraviy tarbiya, mustaqil tafakkurni izdan chiqarishga urinish kabilar kiradi.


Ommaviy madaniyat – ijtimoiy guruhlar, elat, xalq, millatlarning kundalik hayotini ifodalovchi tushunchadir. Ommaviy madaniyat, tub mohiyatiga ko‘ra milliy madaniyatning kushandasi, u madaniy xilma-xillikni xushlamaydi, bu olamni bir rang ko‘rish uning asl maqsadi.
“Ommaviy madaniyat” orqali qadriyatlar tizimini tubdan o‘zgartirishga harakat qilinmoqda va ushbu madaniyat “qoliplari” qaerda ishlab chiqarilayotganidan kelib chiqib aytish mumkinki, bu o‘zgarish, avvalo, g‘arbona individualizm tomon bormoqda.
Ommaviy madaniyatning yovuzligi shundaki, u odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‘i bilan qarshi. To‘g‘ri, qarashda ommaviy madaniyat hurfikrlilik inson erki tarafdoridek ko‘rinadi. Lekin barcha ilmu-amalining negiziga e’tibor berilsa insonning fikrlashiga tafakkur qilishiga zid ekani ayon bo‘ladi.
Ommaviy madaniyatning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‘lgan olomonni shakllantirish bo‘lgani bois u ma’naviy ozuqa beradigan badiiy yuksak o‘quvchini mushohadaga undab tasavvur olamining kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‘latmaydi.
Ommaviy madaniyat jamiyatning ma’naviy axloqiy qadriyatlarini bir so‘z bilan aytganda, mimlliy –maishiy hayotni zimdan ta’qib qilib boradi. Hatto milliy diniy tarbiyadan urf-odatlardan begonalashish ularni mensimaslikka da’vat qilish hollari ham kuzatilayotgani o‘ta tashvishlidir.
Bugungi yoshlarimizning barchasi internet tarmog‘idan faqat ilm yo‘lida va dunyo axborot yangi liklaridan foydalanishmoqda desak, biroz yanglishamiz. Ushbu soha bilan shug‘ullanadigan ko‘plab klublarga kirganda, yoshlar bilan gavjum ekanini ko‘rib xursand bo‘lasan kishi, ammo ular yoniga borib nima bilan shug‘ullanayotganligini zimdan kuzatsangiz, aksariyat qismi oila davrasida ko‘rolmayotgan parnografik va vahshiyona videofilmlar ko‘rish, har xil mintaqalardagi qizlar va bolalar bilan sevginomalarini almashish, o‘zlarini suratlarini kiritib reklama qilish bilan bandligiga guvoh bo‘lasiz. Bu kabi nohush holatlardan so‘ng yoshlarning kelajakda qaxri qattiq, mehrsiz, hayosiz bo‘lib etishmaydi, deb hech kim kafolat bera olmaydi.
YOshlar o‘rtasidagi muammolardan yana biri mobil telefonlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida kelib chiqayotgan holatlardir. Turli rusumdagi zamonaviy qo‘l telefonlarining yoshlar hayotida paydo bo‘lishi natijasida yangi-yangi muammolar kelib chiqmoqda. chunonchi, yoshlar o‘tmishda uyalib qaralmaydigan holatlarni yoki fojeali voqealarni tasvirga olish va ularni huddi mish-mish kabi tarqatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ko‘pincha begonalar bilishi kerak bo‘lmagan voqea va hodisalarning butun respublika bo‘ylab tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Oxirgi vaqtlarda telefonlarda yoshlar behayo filmlarni va rasmlarni olib yurishdan uyalmay qo‘ymoqdalar.
Bugungi kunga kelib, milliy o‘zlikka etiborsizlik, ularga hurmatsizlik natijasida “Ommaviy madaniyat” deb atalmish inson manaviyatining dushmani to‘fon kabi turli millatlar va jamiyatlar madaniyatini xarob qilmoqda. Etibor berib qaraydigan bo‘lsak, “Ommaviy madaniyat”ning hech bir jihatida axloqiy qonun-qoidalarning asoslarini ko‘rmaymiz. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik kuchaymoqda. Bugun nafaqat o‘sib kelayotgan yosh-avlod, balki butun insoniyat kelajagiga tahdid solmoqda. Mazkur illatlar natijasida masuliyat, qatiyat, burchga sodiqlik, sadoqat, ibo, hayo, iffat kabi qator axloqiy xususiyatlarning ahamiyati so‘nib bormoqda.
«Ommaviy madaniyat» illat sifatida qanday namoyon bo‘lishi mumkin?
1.“Ommaviy madaniyat” namoyandalarining amallari o‘zlari uchun har taraflama manfaatdorlika asoslangan: ular “noyob sanat” namunalari-g‘oyalarini nafaqat targ‘ib qiladi, pullaydi.
2. Faqat bugunni, yana ham aniqrog‘i hozirni ko‘radi va tan oladi.
3. Umuminsoniy madaniyatni bo‘ysindirish va o‘z tasir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
4. U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Andozalashgan ahborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o‘zi ham bora-bora bir o‘lchamga tushadi: hammaning yurish-turish, o‘y-kechinmasi,fikrlash tarzi bir hil.
5. SHaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.
6. “Ommaviy madaniyat” o‘z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan holda “marifatparast”lik g‘oyalari asosida o‘ziga hos muomala va muloqot madaniyatini ham targ‘ib qiladi».86
Ommaviy axborot vositalari xususan televidenie voqelikni bir butun qamrab oladi. Axloqning barcha soha va yo‘nalishlari axloqiy madaniyat, tabiatga axloqiy munosabat, etiket, axloqiy tarbiya muammolariga keng to‘xtalib o‘tadi. O‘zaro insoniy munosabat va insonda o‘simliklarga, hayvonlarga, eru suvga muhabbat hissini tarbiyalash hozir ko‘proq axloqiy munosabat bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Kishilarning turmush tarzi va madaniyatini, maishiy hayotini takomillashtirish, SHaxsni har tomonlama kamol toptirish hamma vaqt jamiyatning muhim va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Axloqiy fazilatlar, ularni shakllantirishning milliy jihatlari har doim saqlanib qoladi va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga moyil bo‘ladi. Xalqimizning milliy manaviyati, o‘ziga xos axloqiy fazilatlari, turmush tarzi madaniyati bugungi kundagi jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridandir. shuningdek, turmush tarzi madaniyatining milliylik xususiyatlari xalqning ananalari va urf-odatlarida, kundalik hayoti va manaviy turmush sohalarida o‘z aksini topadi.
Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda «antikultura» («g‘ayrimadaniyat») degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun «Pop (ommaviy) madaniyat» tushunchasi, nochorlikdan qo‘llanilmoqda. CHunki, «ommaviy madaniyat», aslida madaniyatsizlik, yani manaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. «Ommaviy madaniyat» shu boisdan, eng avvalo, yuksak istedod va o‘lmas manaviy-axloqiy g‘oyalar bayroqdori bo‘lgan mumtoz madaniyatga, sanatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib, uni inkor etib kelyapti.
Afsuski, Yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida, G‘arb­dagi «markazlar» bundan foydalanib, boshqa davlatlar va xalq­lar o‘rtasida G‘arb hayoti «jozibalari»ni, jumladan, «ommaviy madaniyat» tasirini «erkinlik shabadalari» tarzida imkon qadar keng yoyishga eng shimarib harakat qilmoqdalar.
Taassufli jihati shundaki, gohida g‘oyatda istedodli insonlar ham «ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining «Mona Liza» («Jakonda») asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga mo‘ylov chizgan va «Mo‘ylovli Jakonda» asarini yaratgan. Tadqiqotchilarning fikricha, mana shunday «achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi» - «ommaviy madaniyat» faoliyatining eng etakchi belgilaridan biridir. «Ommaviy madaniyat» namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Agar «Ommaviy madaniyat» dunyoga «ehson» eta­yotgan «pop-art» («tasviriy sanat» desa ham bo‘ladi), «pop - natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, manaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi... Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, sanat - alohida istedodlar tomonidan yaratiladigan manaviy boylik, mo‘jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma sanatkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa sanat atalishi mumkin. «Pop-art» - ommaviy sanat shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
«Ommaviy madaniyat» ko‘pdan-ko‘p shakllarda o‘zini namoyon etadi. Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa - rasm mahsulotlari), starizm (subektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish), xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»lar uyushtirish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko‘rinishlaridir. «Pop-art» chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni ezozlashadi; manaviy dunyoni emas, maishiy-istemolchilik his-tuyg‘ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning manaviy pozitsiyasi - manaviyatni o‘ldirish va «narsalarga qullik»ni rag‘batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, «ommaviy madaniyat» maktabidan o‘tgan avlod uchun hayotning manosi - avtomobil, televizor, muzlatkichga ega bo‘lish. Agar televizor ikkita bo‘lsa, ularga shuncha yaxshi .
Ommaviy madaniyat»da «Pop (ommaviy)-muzika» alohida o‘rin tutadi. «Pop-muzika»ni «yangi rok» belgilaydi. «yangi rok», tabir joiz bo‘lsa, kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. yani jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga, qalbdan huzurlanishga emas, balki vujud harakatiga, talvasali raqsga yo‘naltirilgan. «Ommaviy madaniyat»dagi texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, polifonizm - musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo‘qqa chiqarmoqda. Umuman aytganda, «pop-muzika» ijrochiligi ko‘ngil­ochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqs­lar, ko‘pincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib etadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. «Pop-muzika» namoyandalari o‘z «ommaviy» liklarini takidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuyg‘ularini rad etib - asosan ko‘cha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar va o‘zlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni «pop-muzika» chilar sanatdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi. «Pop-muzika» namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, sheriyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan «pop-muzika» matnlari bilan haqiqiy sheriyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, manaviyat o‘rtasida Yer bilan osmoncha farq bor.
Albatta, jamiyatimizda qiziqish va mayllarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qatiy bajarilishi kerak. YAni «reklama»chilar va jurnalistlar davlatimiz, jamiyatimiz xavfsizligiga (jumladan, xalqni, yoshlarni manaviy aynitishga olib keladigan holatlarga) yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Afsuski, bunday holatlar yuz berayapti. Birgina reklama roliklari orqali targ‘ib etiladigan madaniyat yoki turmush tarzi namunalarini oling. Ular orkali go‘yoki ehtiyoj uchun zarur oddiy bir matox targ‘ib kilinayotgandek bo‘lib ko‘rinsa-da uning zamirida bizning milliy axloqimizga to‘g‘ri kelmaydigan nimadir yashiringan bo‘ladi. Ana shu nomsiz nimadir borib-borib ommaviy madaniyat ommaviy turmush tarzi tamoyillarini belgilaydigan kuchga aylanish uchun davogarlik qiladi. Bizning qalbimizdan milliy o‘zlik tuyg‘usi, Vatan xissini siqib chikarmoqchi bo‘ladi. «Ommaviy madaniyat»ning televideniyadan keng o‘rin olishga intilayotgani bejiz emas. Televideniya bugun nafaqat ommaviy axborot tarqatish vositasi, u ijtimoiy ongni, estetik didni shakllantiradi, o‘zicha kishilar duch kelayotgan ijtimoiy muammolarni «yechishga» yordam beradi. U kishilarni hayot tashvishlaridan, aniqrog‘i ijtimoiy muammolardan chalg‘itadi, ularning o‘yi, xayolini yengil-yelpi, siyqa, goho seksual syujetlarga qurilgan dasturlari, ko‘rsatuvlari bilan band qilib qo‘yadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin