Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə79/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Kulgililik. Kulgu va tabassum qachonki kulgililikning yo‘ldoshiga aylanadi, agarki ularda inson idealiga zid, qarama-qarshi bo‘lgan holat ustidan g‘alaba qozonilsa va inson undan mamnuniyat hissini tuysa, chunki idealga qarshi holatni emotsional fosh etish bu yomonlikni yengish va undan ozod bo‘lish demakdir.
Bu bordagi mavjud nazariyalar kulgililikning predmetini obyektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning subyektiv imkoniyatlari natijasi yohud subyekt va obyekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi va mazkur metodologik yondoshuv kulgililikdagi ko‘p ma’nolikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas.
Aristotel fikricha, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor yetkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizg‘onchiqlik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparrastlik kabi illatlar kulgililik uchun obyekt bo‘ladi. Aristotel fikricha, kulgi–axloq hududlarini bezarar buzishdir. Aristotel estetikasida kulgi inkor etilib, komediyaning xarakteri nazariy jihatdan asoslanadi. Aristotelning fikriga ko‘ra, har qanday ozod inson hazil bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu holatda kulgi insonning shaxsiy ehtiyojini qondiradi. Qiziqchi esa–boshqalarning ermagi, ovunchog‘idir89.
Go‘zallik va estetik ideal. Go‘zallikni anglab yetish uchun obyekt subyektning ongidagi, idrokidagi estetik idealiga mos bo‘lmog‘i lozim. Didro ta’kidlaydiki: ”Mutloq go‘zal narsaning o‘zi yo‘q bo‘lsada, lekin bizga nisbatan olganda, ikki xil go‘zallik mavjud: real go‘zallik va idrokimizdagi go‘zallik90”. Go‘zallik xususidagi insonning mezonlari, me’yorlari uning ongidagi estetik ideal va did mezonlari va me’yorlari bilan bog‘liq. Insonning idroki orqali go‘zallik xususidagi ongga kirib kelayotgan har bir informatsiyani avvalambor ongidagi ideal mezonlari va me’yorlari bilan solishtiradi va unga mos kelsagina yoqadi, yuqori bo‘lsa tushunmasligi ham mumkin, undan quyi darajada bo‘lsa bo‘lsa yoqmaydi.
Go‘zallikda esa, biz sifat va miqdor uyg‘unligini kuzatamiz. Go‘zallik insonga estetik zavq beradi va u muhabbatning obyekti hamdir. U yaxlitlik sifatida turli qarama-qarshiliklarning garmonik birligidan tashkil topadi. Go‘zallikning hissiyotga asoslangan tarkibiy tamoyillarini miqdoriy asoslar ya’ni-shakl, ritm, tartib, tenglik, simmetriya, mutanosiblik, muvofiqlik tashkil qiladi va hammasiga yetakchilik qiladigan tamoyil bu yaxlitlik, san’atda esa bu-badiiy yaxlitlikdir.
Inson o‘z estetik idealida go‘zallik mezonlarini modellashtiradi. Inson o‘z ongidagi idealning modeliga qarab go‘zallik ulug‘vorlik, fojeaviylik va kulgililik kabi estetika fanining mezoniy tushunchalariga baho beradi. Biz insoniyat tarixida go‘zallik ideallarining eng asosiylarini tavsiflashga harakat qildik:
1.Go‘zallikni Allohda ko‘rish va u adabiyot va san’atda o‘z ifodasini topgan. G‘azzoliy faqat o‘z kamolotining barcha qirralariga to‘liq ega bo‘lgan narsanigina oliy darajadagi go‘zallik deb ataydi. Bunday go‘zallikni G‘azzoliy faqat Allohda ko‘radi.
Chunki, har turli go‘zallikni yaratgan – Alloh, har turli komil sifatlarga ega bo‘lgan zot – Alloh, hamma narsaga kuchi etgan – Alloh, har bir ishi hikmatli bo‘lgan – Alloh, hamma narsani bilgan – Alloh. Qay jihatdan boqsang, eng go‘zal sifatlarning cho‘qqisi, eng go‘zal tajalliysi Alloh taolo hazratlaridir. Shuning uchun eng go‘zal zot ham Allohdir! Shuning uchun inson anglay olsa, erisha olsa, ko‘ra olsa, mushohada eta olsa, eng go‘zali Allohdir! Alloh sevgisi, ishqi haqiqiydir!”91
2.Go‘zallikni qadriyatlarda ko‘rish.
Idealning murakkab tomoni shundaki, u qadriyat bilan bog‘liq. Qadriyat idealning obyektdagi in’ikosi tarzida namoyon bo‘ladi. Xegel so‘zlari bilan aytganda: «Ideal mavjud bo‘lishi uchun tashqi shakl o‘z–o‘zicha qalbga mos kelishi lozim». Ya’ni ideal jonli subyektning qalbiga mos keladigan namunaviy shakldir, unda inson o‘z g‘oyalarining hissiy–intellektual ko‘rinishini ma’naviy qadriyat sifatida idrok etadi92.
3.Go‘zallikni klassikada, davrlarda ko‘rish. Sharqda ham (Farobiy, Ibn Sino) G‘arbda ham, uyg‘onish davri tafakkur sohiblari –qadimgi yunon mutaffakkirlari qarashlarini ideal qilib olishgan. Klassitsizm, namoyondalari o‘z go‘zallik ideallarini ko‘proq Qadimgi Rumodagi yakkahokimlik, imperator va ulug‘ sarkardalar hayotidan qidiradilar. Hozirgi davrda ham barcha san’at turlarida eng asosiy idealning etaloni klassik davrlar, klassik ijodkorlar va klassik san’at asarlari hisoblanadi.
4.Go‘zallikni maqsadga muvofiqlik va estetik did bilan uyg‘unlikda ko‘rish. Estetik ideal ayniqsa estetik did bilan chambarchas bog‘liq. Zero estetik did muayyan estetik baho yoki baholar yig‘indisi emas, balki estetik bahoga layoqatni anglatadigan, subyekt uchun baho me’yorlarini va mezonlarini tayyorlab beruvchi — «ishlab chiqaruvchi» jarayondir. Estetik ideal estetik didning yashash sharti hisoblanadi; did ma’lum ma’noda idealning amaliyotda namoyon bo‘lishidir; estetik idealning o‘zgarishi albatta didning o‘zgarishiga olib keladi93.
5. Go‘zallikni tartibda, me’yorda ko‘rish. Pifagor ta’kidlaydiki: Tartib sening muqaddas maqsading bo‘lsin. Sen bu maqsad yo‘lida astoydil xizmat qil. Chunki tartib hamma narsaning majmuasidir. Tabiatning mavjudligi asosida ham tartib yotadi.
6. Go‘zallikni san’atkor shaxsida iste’dodda ko‘rish. Ijodkor mukammallikni, go‘zallikni, komillikni ideallashtiradi, u san’atni yetuklikka erishish vositasi deb biladi. Umuman ijodkor ideal izlashni o‘zining qismati deb biladi, u idealga tap-tayyor, o‘zgarmas narsa deb qaramaydi. Har bir asari ijodkorda yangi bir idealni shakllantiradi, shunday bo‘lmaganida uning barcha asarlari bir-birini takrorlagan, bir-biridan farq qilmagan bo‘lardi.
7. Go‘zallikni va estetikaning kategoriyalari idealga nisbatan nisbiylikda ko‘rish. Masalan:“Go‘zal qiz”,”go‘zal baytal”, “go‘zal lira” “go‘zal gultuvak”ning go‘zalligi faqat birgina o‘zigagina xos bo‘lgan narsa-xodisa uchun go‘zallikdir, xolos. Ularning hech biri boshqa narsa-hodisalar uchun umumiy tarzidagi go‘zallik bo‘la olmaydi94. Ular go‘zalligining asosi nisbiydir, ya’ni “eng go‘zal qiz ham ma’budaga nisbatan xunukdir”95.
8.Go‘zallikni shakl va mazmun yaxlitligi va uyg‘unligida ko‘rish. San’atdagi go‘zallikni san’at asarini shaklida, hujayralarida ko‘rish mumkin. Zero haqiqiy san’at asari go‘zallikni tasvirlash, unga da’vat etish omiligina emas, balki o‘zi ham badiiy vositalardan tortib, to kompazitsion qurilishigacha go‘zal bo‘lishi lozim: faqat go‘zal shaklgina mazmun go‘zalligini in’ikos ettira oladi96.
9.Go‘zallikni tabiiylikda tabiat bilan hamohanglikda deb qarash. Vualo she’riyatda (san’atda) hammasi tabiiy bo‘lishini soxtalikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytib, tabiatga taqlid qilish lozimligini uqtiradi. Lekin tabiat, to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, tozalangan go‘zallashtirilgagn holda asarga olib kirilish kerak. Uning nazdida san’at asarida idealga aylanadigan badiiy qiyofa yaratish uchun qat’iy adabiy-estetik qonun qoidalarga rioya qilishi shart. O‘shanda san’atkor haqiqiy go‘zallikni in’ikos ettirishga erishadi.
10. Go‘zallikni inson ruhiyati va hissiyoti bilan bog‘lash. Go‘zallik –deb yozadi byum-narsalarning o‘zida mavjud bo‘lgan sifat emas, u istisnosiz tarzda o‘zini mushohada etayotgan ruhda mavjud, har bir insonning ruhi esa, go‘zallikni o‘zgacha idrok etadi. Shuning uchun har bir idrok etuvchi o‘zi his qilayotgan holatni o‘zgalarga zo‘rlab uqtirishga intilmasligi kerak.”
11. Go‘zallikni hissiy idrok bilan uyg‘unlikda qarash. Didro ta’kidlaydiki: Mutloq go‘zal narsaning o‘zi yo‘q esada, lekin bizga nisbatan olganda, ikki xil go‘zallik mavjud: real go‘zallik va idrokimizdagi go‘zallik”.Verk go‘zallikning asl sabablari sifatida mutanosiblikni ham, mafaatlilikni ham, maqsadga muvofiqlilikni ham, mukammallikni ham ko‘rsatish mumkin emas. Chunki bu sabablar ratsionallik bilan bog‘liq. Vaholanki go‘zallik aqlimizni ijodi emas. Go‘zallik idrok etilayotganda sezgilarni hammasi umumlashib, bir yoqadan bosh chiqarib ishtirok etadi. Demak go‘zallik birvarakay barcha sezgi a’zolariga taallqlidir.
A.Sher va B.Husanov ta’kidlaydilarki: Go‘zallikning namoyon bo‘lishi, shakllanishi va xis etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o‘taydi. Bular - me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, hamoxanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va hokazo. Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘’jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlari esa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa–hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baholanmaydi97.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin