Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə80/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Tabiat estetikasi. Tabiat bilan uyg‘unlik va mutanosiblikga erishish, tabiat go‘zalliklarini asrash va ularning insonning estetik his-tuyg‘ulariga ta’sirini o‘rganish estetika fanining vazifalaridan biridir. Estetikaning asosiy kategoriyalari go‘zallik, ulug‘vorlik, fojeaviylik ham jamiyatda, san’atda va tabiatda o‘z ifodasini topadi. San’atning vujudga kelishida ham dizaynni vujudga kelishida ham tabiat munosib o‘rin egallaganki, tabiatga taqlid asosida ko‘plab san’at asarlari va san’at janrlari vujudga kelgan. Go‘zallikni tabiat bilan hamohanglikda deb qarash, tabiat manzaralarini o‘z asarlarida ifodalash jarayonlari barcha davrlarda ijodkorlarga ilhom baxsh etib kelgan.
Tabiat bag‘oyat xilma-xil shakllari, tarkibiy qismlari bilan insoniyatni qurshab turgan organik va anorganik olam, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat uning bir qismi bo‘lgani bois, uning mohiyati bir tomondan, tabiiy (biologik), ikkinchi tomondan, ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko‘proq keng va qisman tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tabiat butun obyektiv borliq, real voqelik, turli-tuman ko‘rinishlardagi olam. Tor ma’noda tabiat fan, asosan, tabiiy fanlar, tabiatshunosliko‘rganadigan obyektdir. Tabiat darajalari 2 xil: birlamchi tabiat ikkilamchi tabiatdir. Bularning birinchisi, insoniyatdan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiy holda mavjud bo‘lgan tabiatdir; ikkinchisi, insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne’matlar tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskanlarishahar, qishloq va b.98
Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Odamning hayoti tabatning, biosferaning uyg‘un sharoitiga bog‘liq. Bu sharoit salbiy tomonga o‘zgartirilsa, odamning normal yashashiga putur etkaziladi, ekologik muammolar paydo bo‘ladi.
Ekologiya (yun. oikos — yashash joyi, makon, logos — ta’limot) — tirik organizmlarning o‘rab turgan tirik va notirik tabiat bilan munosabat lari tizimida antropotexnogen omil rolini o‘rganuvchi fan. Ekologiya atamasini mashhur nemis zoologi Ernest Gekkel (1834-1919) “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” (1866) va “Dunyo yaratilishining tabiiy tarixi” (1868) asarlarida birinchi bo‘lib fanga kiritgan. Ong shakllarining ekalogiyalashishi tendensiyasi kuchayib, iqtisodiy ekologiya, ekoetika, ekoestetika va boshqa yo‘nalishlar vujudga kelmoqda. Ekologiyani, tabiatni sof holatda saqlab qolish va u bilan uyg‘un yashash nafaqat insonning ham jismonan, ham ruhiy salomatligini, barqarorligini ta’minlaydi, hayotini go‘zallashtiradi, insonga estetik zavq ham beradi. Bugungi kunda ekologik estetikaning qadriyatli maqomini ayniqsa ekoturizmda kuzatamiz.Turistlar eng avvalo engi estetik tuyg‘ularni tuyish, o‘zi uchun yangi qadriyatlarni kashf etish uchun dunyo kezadilar. Ma’lumki, qadriyatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan hodisa emas. U yillar davomida shakllanadi, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlari asosida rivojlanadi, xalq, millatning shahodatnomasi sifatida sayqal topadi. Inson ham aynan qadriyatlar ta’sirida kamolga etadi. Bu qadriyatlar tizimi o‘zining dunyoviy va diniy xarakteri, moddiy va ma’naviy asoslari, estetik va axloqiy mohiyati bilan jamiyat va inson taraqqiyotiga xizmat qiladi hamda, insonni komillikka yetkazuvchi omil vazifasini bajaradi. Tabiatning va ekologik estetikaning qadriyatli maqomi eng qadimiy davrlardan boshlangan va uni quyidagi fikrlarda izohlash mumkin. Masalan: Qadimgi Xitoy mutafakkirlari tabiatni abadiy jonli go‘zallik manbai deb atashgan. Daochilikda ta’kidlanadiki, inson tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat yo‘lidan borish. Har qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tabiatini o‘zgartirishga intilish-odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son sanoqsiz baxtsizliklarning manbai tabiat joriydan chekinishdir. Shuningdek tabiatning qadriyatli maqomi xususida buyuk allomalar ta’kidlashganki: Tabiat –barcha bunyodkorlarning bunyodkori(Gyote). Tabiat doim o‘zinikini oladi (Shekspir). Tabiat ko‘zbo‘yamachilikni kechirmaydi (Tomas Karleyl). Tabiat tabiiy bo‘lganligi sababli ham bizga yoqadi, o‘ziga qiziqtiradi va ilhomlantiradi (Vilgelm Gumbold). Tabiat shunday makammal yaratilganki, qaerda bo‘lsang ham o‘rganishga narsa topasan (Leonardo da Vinchi). Tabiat hech narsani shunchaki yaratmaydi (T.Braun).Tabiatda foydasiz narsaning o‘zi yo‘q( M.Monten). Shifokor davolaydi, lekin tabiat sog‘aytiradi (Gippokrat).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin