Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Go‘zallik va uning muqobillari. Ulug‘vorlik, fojeaviylik va kulgililik kategoriyalarining falsafiy mohiyati



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə78/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Go‘zallik va uning muqobillari. Ulug‘vorlik, fojeaviylik va kulgililik kategoriyalarining falsafiy mohiyati. Estetikaning barcha kategoriyalari tabiatda, jamiyatda va san’atda o‘z ifodasini topadi. Go‘zallik va xunuklik kategoriyalari reallik va ideallik o‘rtasidagi sifat darajalari bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lsa, ulug‘vorlik va tubanlik esa, miqdor darajalari bilan bog‘liqdir.
Kant ham Go‘zallikdan olinadigan lazzat - sifatning, ulug‘vorlikdan olinadigan lazzat - miqdorning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi.
Go‘zallikda sifat va miqdor shunday o‘zaro muvofiqlikka va uyg‘unlikka erishadiki, uni falsafada me’yor deyiladi. Ulug‘vorlikda miqdor oldingi o‘ringa chiqadi, shunday faol rivojlanadiki, u ma’lum bir o‘lchovlarni buzadi va bu juda katta miqdor va hajmlarni keltirib chiqadi.
Masalan, tasviriy san’atda mahobatli rangtasvir — tasvirlanuvchilarning haqiqiy o‘lchamidan katta qilib ishlangan suvrat, yoki, mahobatli haykal — tasvirlanuvchi odam yoki hayvonlarning o‘z o‘lchamlaridan ancha katta qilib ishlangan haykallardir.
Inson ulug‘vorligi va uning ruhiy va hamda jismoniy kuchlarining ko‘lami ulug‘vorlik kategoriyasini estetik qadriyatga aylantiradi, chunki ulug‘vorlik insonlarning va jamiyatning ideallarini ifoda etadi. Dastlab ulug‘vorlik xalq ertaklari va eposlaridagi insonning tabiat bilan stixiyali kurashidagi jismoniy kuch-quvvati, qahramonligi tarzida ifodalangan. Qadimgi Misrda ham qanchalik muhim odam suvratlarda yoki haykallarda tasvirlansa u shunchalik hajm jihatda katta qilib ifoda qilingan.
Keyinchalik esa, ulug‘vorlikning jismoniy jihatlaridan ko‘ra, ruhiy-ma’naviy axloqiy xususiyatlariga ko‘proq e’tibor qaratildi. Endilikda insonlar ongida ulug‘vorlik- miqdorning ko‘lamligi va katta jismoniy kuch bilan emas, balki inson ruhiyatning, xarakterining kuchi qudrati, ma’naviy yuksalish va axloqiy yetuklikning atributi sifatida tasavvur uyg‘otadi.
Fojeaviylik va kulgililik kategoriyalari. Inson hayotini ideal holatda tasavvur qilishni istaydi, lekin ushbu tasavvur reallikda tubanlik, jirkanchlik, yovuzlik bilan to‘qnash kelishi idealning yengilishiga olib keladi va ushbu mag‘lubiyat fajeaga aylanadi.
Rus ruhshunosi Vigodskiy o‘zining “San’at psixologiyasi” asarida, ziddiyat badiiy shakllarning va badiiy materialning eng asosiy xususiyati ekanligini va affektli ziddiyat (katarsis)estetik reaktsiyaning asosini tashkil qilishini ta’kidlaydi88. Har bir fojia zaminida alohida fojiali to‘qnashuv yotadi va bu to‘qnashuv, ziddiyat keng ko‘lamlilik, ijtimoiylik kasb etadi. Masalan; fojeaviylikni tariflashda, yunonlar inson yaxshi bo‘lishi mumkin, ammo xato, nuqson, kamchilik, bilmaslik uning o‘ziga va boshqalarga balo-ofat keltiradi deb, insonning azob uqubatlari uchun ma’suliyatni uning o‘ziga yuklaganlar. O‘rta asrlar G‘arb xristian mafkurasi insonning azob-uqubatlari qilgan gunohlari uchun jazo, Ovropa uyg‘onish davrida esa fojeaviylik, shaxsiy ehtiros va iroda, o‘z maqsadlari sari intilayotgan insonlar to‘qnashuvi bo‘lib ifodalangan.
Tragediya – yunoncha so‘z bo‘lib dramaning bir turi – hayotiy kuchlar, qarama-qarshi xarakterlar, ehtiroslar o‘rtasidagi keskin kurash, konflikt dahshatli voqea, hodisa, mudhish ahvol asos qilib olingan va ko‘pincha qahramonning halokati bilan tugaydigan fojiali asar.
Jahon madaniyati tarixida pissimistik tragediyalar bilan bir qatorda optimistik tragediyalar ham o‘rin olgan. Qahramonning o‘limidan so‘ng qayta yaralishi xususida Osiris, Dionis va boshqa qahramonlar hayotidan keltirilgan. «Romeo va Djuletto‘», «Gamleta», «Otello» kabi asarlarda esa, qahramonning o‘limi uning yuksak ideallarining o‘limini anglatmasligini bildiradi.(qahramon o‘lsa-da uning ideallari mangu barhayot bo‘ladi).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin