Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə81/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Tabiat - estetik tarbiyaning zaruriy vositasidir.Tabiatni estetik idrok etishning an’anaviy va noan’anaviy usuli mavjud bo‘lib ular: tabiatni asl holida idrok etish; tabiatni badiiy obrazlarda ifodalashdan iboratdir. Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o‘rniga to‘xtalsak, texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish va fan taraqqiyotiga estetik ta’siri ortib bormoqda. Maishiy turmush estetikasi va uning texnologiyasi, texnika estetikasining ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlardagi o‘rni, texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog‘liqligi masalalari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu jumladan, zamonaviy shaharsozlik estetikasi, dizaynning estetik xususiyatlari, tabiat va maishiy turmush dizayni, hamda xalq amaliy san’ati va dizayn.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bizning biosfera qonunlarini bilishimizdan ilgarilab ketishi natijasida, biosferadagi muvozanatning buzilishiga, tabiat tizimidagi o‘z-o‘zini tozalash imkoniyatlarini cheklanishiga olib keldi. Texnik taraqqiyot sur’atlarining tezlashishi, insonning xo‘jalik faoliyati natijasida tabiatga bo‘lgan halokatli ta’siri ortmoqda. XXI asr boshida u tabiat omillari ta’siri bilan tenglashdi, bu esa o‘z navbatida jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi kuchlar muvozanatining o‘zgarishiga olib keldi.
Ma’lumki, inson o‘zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go‘zalliklardan bahramand bo‘lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o‘zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Afsuski, aksariyat hollarda shaxsning tabiat bilan bo‘ladigan munosabati estetik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda uning estetik «no‘noqligi» bois ular o‘rtasida katta bo‘shliq yuzaga keldi; bu bo‘shliq insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan talofotlarni solishi mumkin.
Ekoestetikaning 21 asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o‘rni. Hozirgi kunda butun dunyo olimlari va mutaxassislari ekologik muammolarni hal qilish uchun yangi tadbirlar ishlab chiqishmoqda va uni amalda qo‘llashmoqda: 1. Aholi yashash joylarida yashil o‘simliklar va daraxtlarni muhofaza qilish kuchaytirilmoqda. 2. Ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan suv, tuproq, o‘rmon, yer osti boyliklarining ishlatilishi doimiy nazoratda bo‘ladi. 3. Foydali qazilmalar va yer osti boyliklarini qazib chiqarish rejaga asosan bo‘lishi, ularni maqsadga muvofiq ravishda ishlatish, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, iloji boricha sanoat uchun ahamiyatli tarkiblarini saqlab qolish, chiqitga chiqarmaslik. 4. Atmosferaga chiqarilayotgan zaharli gaz, chang, kuldan himoya qilishning yangi zamonaviy usullarini qo‘llash, yangi apparatura ishlatish. 5. Tuproqni ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik. 6. Suvni tejab ishlatish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, suvni sanoat va boshqa chiqindilar bilan ifloslantirmaslik, gidrotexnik inshootlarning muntazam ishlashini ta’minlash. 7. Uy-joy qurilishini rejalashtirishda sanitariya talablariga javob berishini hisobga olish. Ularning aksariyat qismi inson axloqiga va nafosatiga va ma’naviyatiga bog‘liq.
Iste’moldan ortiqcha suv jo‘mraklardan oqishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to‘kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko‘chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va hiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning va ekoestetikaning eng oddiy ko‘rinishlari sanaladi. Ma’lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg‘undir. Fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg‘unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lmoqda. O‘z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Bu—insonda ikki ko‘rinishda: tabiatga va o‘ziga bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko‘rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o‘simliklari va odamlari, xalqlarning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko‘plab fikrlar bor. Bobur o‘lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko‘paytirishgae’tibor bergan. tashlanmasligiga, suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo‘shadi. Aslida, ekologik estetika tabiatni barcha go‘zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Eko estetika, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go‘zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo‘shish, atrof-muhitga zarar yetkazuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir. Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalarning barchasini tabiatdan oladi.
Demak, tabiatning va ekologiyaning estetik xususiyatlarini umumlashtirsak ular: ular, go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, mo‘jizaviylik va uyg‘unlikning manbai. Tabiat estetikasining o‘ziga xosligi uning nafosat olami va estetik faoliyat obyekti sifatida namoyon bo‘lishi, tabiat va badiiy ijod, tabiat va ijodkor munosabatlari bunga misol bo‘la oladi. Tabiat estetikasi uni estetik obyekt sifatida anglash usuli va estetik qadriyat hamdir. Atrof muhitni go‘zallashtirishda estetika va ekologiya hamkorligi bugungi kunda dolzarbdir. Landshaft dizayni bunga misol bo‘la oladi. Dizayn esa texnika estetikasidir.
Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri. Sivilizatsiya (lot.fuqaroviy, ijtimoiy)- serqirra va murakkab mazmunga ega bo‘lgan ijtimoiy tushuncha.
Yer yuzida aholi sonining tez sur’atlar bilan o‘sib borishi natijasida, aholi ehtiyojlarini ta’minlash hamda qondirish uchun ishlab chiqarish korxonalari sonining muttasil oshib borishi, tabiiy resurslarni ko‘plab ishlatilishi, transport vositalari soni va turlarining ko‘payib borishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o‘zga sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va hisoblash texnikasi insonning o‘z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini ko‘p karra oshiradi. Shu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun ham, atrof muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnik loyihalar bo‘yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuksak texnologiyalar va go‘zallik, nafosatni uyg‘unlashtirish masalalari ayniqsa texnika estetikasi bo‘lmish dizaynda yaqqol ko‘zga tashlanadi va insonning bugungi kundagi turmushida aks etadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin