Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə82/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Maishiy tarmush estetikasi. Biz estetika fanini o‘rganar ekanmiz ushbu nazariy fanni amaliy jihatdan kundalik maishiy turmushimizda uni go‘zallishtirish va ko‘rkamlashtirish, hayotimizni mazmunli va chiroyli qilish uchun qanday foydalanishimiz mumkin degan savol tug‘ilishi tabiiy. Estetika fanining amaliy tarmoqlaridan biri–bu turmush estetikasidir. Turmush estetikasi deganda biz insonning voqelikka keng qamrovli estetik munosabatini tushunamiz. U hozirgi paytda o‘z ichiga kiyinishidan tortib, xulqiy go‘zallikkacha, oilaviy an’analardan tortib, oilaviy makongacha bo‘lgan estetik “doirani” o‘z ichiga oladi. Turmush estetikasida eng muhimi, odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari estetik didga, ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi, pirovard natijada u turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi99.
Birinchi navbatda turmush estetikasi insonning xulqiy go‘zallik qonun-qoidalariga rioya qilib yashashini taqozo etadi. Xulqiy go‘zallik esa oilada jamoat joylarida o‘zini tutishni, boshqalar bilan muloqotda, kasbiy munosabatlarda muomala odobi va etiket nuqtai nazaridan yondashuvni, o‘zaro suhbatlarda ham so‘z vositasida (verbal), ham noverbal jihatlarning go‘zal bo‘lishini ta’minlaydigan ma’naviy hodisadir. Uni estetika va axloqshunoslik kesishgan nuqta go‘zallikning axloqiylikda, axloqiylikning go‘zallikda namoyon bo‘lish sharti, desak yanglishmaymiz100.
Katta ma’naviy madaniyatga ega bo‘lgan va ma’rifatli hamda har qanday vaziyatda o‘zini tuta oladigan, hatti-harakatini boshqara oladigan har bir odam boshqalar bilan har kungi turmushida: ko‘chada ham, jamoat va ish joylarida ham, uyda ham, o‘rtoqlari bilan ham yaxshi munosabatda bo‘ladi va har qanday nizoli (janjalli) vaziyatdan ham muvaffaqilyatli chiqadi, chunki u o‘zini tutish, yurish-turish qoidalariga rioya qiladi, muloqot qilishda ishlatiladigan iboralarga e’tibor bilan qaraydi va bir-biri bilan bo‘ladigan muloqotda ovoz ohangining hamda yuz-ko‘z harakati holatining ahamiyatini yaxshi tushunadi. Insoniy munosabatlarda ishlatiladigan muloqot vositalari (belgilari): bir-biriga qarab-boqish, so‘z, so‘z ohangi va imo-ishoralar har biri alohida va birgalikda ulardan foydalanayotgan odamlar to‘g‘risida ko‘p narsani aytishi mumkin. Quyida ushbu munosabat vositalarining ayrim belgilarini ko‘rib chiqiladi.
So‘zlashuv. Madaniy munosabatda bo‘lish gapiriladigan gapning ma’nosiga, unda ishlatiladigan ayrim so‘zlarni tanlashga, suhbatdoshiga gapni yetkazish ovozining ohangiga, qarab- boqishiga hamda qo‘l, yuzi va ko‘zining imo-ishoralariga juda ham katta e’tibor berishni talab qiladi, chunki yomon so‘z bilan suhbatdosh ko‘nglini «jarohatlash», yaxshi so‘z bilan uning ko‘nglini «davolash» va suhbatdosh to‘g‘risida turli xil fikrlarga kelish mumkin. Biz yuqorida inson imiji xususida to‘xtalgan edik, unda so‘zlashuv madaniyati ham asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin