Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Estetika” - nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan. “Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə76/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Estetika” - nafosatni o‘rganuvchi qadimiy fan. “Estetika” fanining obekti va falsafiy mohiyati. Ma’lumki, barcha fanlar o‘z predmetiga ega bo‘lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o‘z predmetini belgilaydi. Mohiyatan insonni paydo bo‘lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo‘la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik xususiyatlari, san’at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish prinsiplari estetikaning predmeti bo‘lib xizmat qiladi
Estetika fanining qonuniyatlarini kelib chiqishida ham badiiy bilim muhim o‘rin egallaydi. Badiiy bilim borliqni tushunib yetish refleksiyasining o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida, asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha, o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Shuningdek, o‘yin vositasidagi bilim ham san’atning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta qismini o‘zlashtiradi, madaniy boyliklar yaratadi.
Estetika” haqidagi qarashlar tarixi. Estetik tafakkur tarixida avvalambor qaligi Sharq, Shumer, Bobil, Misr “Avesto”, Hindiston, Xitoy katta o‘rin egallagan.
Shumer; Shumerliklar birinchi bo‘lib yozuvni kashf etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar.
Bobilon; Bobil so‘z san’atida diniy–falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega.
Misr; Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar.
Ma’lumki, Nil daryosi qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan.
“Avesto”. Bundan 3 ming yil avval qadimgi Xorazmda Spitoma urug‘idan dunyoga kelgan Zardusht «Avesto» gotlarini badiha yo‘li bilan omma orasida qo‘shiq qilib aytgan.
Hindiston; «Veda»–muqaddas bilim, «Rigveda»–alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o‘sha davr kishisining o‘zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Xitoy; Qadimgi Xitoy estetikasida ikki yo‘nalish alohida ajralib turadi. Bular – daochilik va konfutsiychilik. Daochilik yo‘nalishining muhim belgisi, bu–fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go‘zalligi; Konfutsiychilik xulqiy go‘zallik muammosini o‘rtaga tashlaydi; axloqiy–estetik ideal uning eng muhim belgisi sanaladi.
Qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligida esa Suqrot Aflotun, Arastuning qrashlari diqqatga sazovor.
Suqrot (miloddan avvalgi 469–399 yillar). U jahon falsafasida birinchi bo‘lib antropologik yondoshuvga asos solgan mutafakkir, ungacha falsafaga faqat kosmologik yondoshuv hukmron edi.
Aflotun (milodgacha 427–347). Aflotun Suqrotdan farqli o‘laroq, g‘oyalar muammosini o‘rtaga tashlaydi Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli.
Arastu (milodgacha 384–322). Arastu go‘zallik masalasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin