Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tavsifi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə77/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tavsifi. Har bir fanda “kategoriya” uning mezonini anglatadi. Kategoriyalar (yun.belgi, izohlash)falsafiy tafakkur uchun nihoyatda muhim, olamdagi o‘zgarish, rivojlanish, aloqadorlik va uzviy bog‘liqlikka xos umumiy jihatlarning in’ikos; narsa va hodisalarning o‘ziga xosligi, o‘xshashligi va farqlarini, barqarorligi va o‘zgarishini anglatuvchi, bilishning asosini tashkil etuvchi umumiy tushunchalar.87
Estetika fanida deyarli har bir kategoriyaning qarama-qarshi kategoriyasi mavjuddir. Masalan, go‘zallik-xunuklik, ulug‘vorlik-tubanlik, fojeaviylik va kulgililik. Umuman, qarama-qarshiliklar birligi san’atni ham harakatga keltiruvchi mexanizmdir desak adashmagan bo‘lamiz. Falsafa fanida ham, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni-dialektikaning muhim qonunlaridan biri bo‘lib, u tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotida amal qiladigan yalpi umumiy qonundir.
Ayniqsa, Qadimgi yunon falsafasida Pifagor va pifagorchilarning qarashlarida o‘ziga xosdir. Ular olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini raqamlar orqali tushuntiradi. Xususan, 1-raqam olamdagi hamma narsa va hodisalarning nafosat olamining asosidir, 2 - raqam tabiatdagi qarama-qarshiliklar, ya’ni go‘zallik va xunuklik, yorug‘lik va zulmat, erkak va ayol kabi tushunchalarning asosidir.
Ijodkorlar uchun har bir davrda, o‘z davrining ziddiyatlari, odamlar orasidagi munosabatlar, rivojlanib borayotgan dunyo illatlarini ochib tashlash, hayotni go‘zallik qonunlari asosida qayta qurish ishtiyoqi yetakchi mavzu bo‘lib kelgan.
Estetik idealga intilish - estetikada yangidan-yangi estetik me’yorlarni, mezonlarni, go‘zallikni,uyg‘unlikni, nafosatni, ulug‘vorlikni, hayratni yaralishiga asosiy omil bo‘lib hizmat qilgan.
Estetik ideal eng avvalo-g‘oyadan boshlanadi, g‘oya esa har bir davrning estetik ehtiyojlaridan kelib chiqadi. G‘oyalar o‘z ibtidosi va intihosiga ega. Ular ham ma’lum makon va zamonda paydo bo‘lishi, jamiyat rivojiga muayyan hissa qo‘shishi, kishilar ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba, kuch-quvvatini yo‘qotgach, tarixiy xotiraga aylanishi mumkin.
G‘oyalar ezgulikka yoki yovuzlikka, ozodlikka yoki istibdodga, ma’rifatga yoki jaholatga xizmat qilgan. G‘oyalar bilan bir qatorda qadriyatlarda ham shunday parallel holatni kuzatamiz.
Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvuri, qarashlari o‘zgaradi, bu esa taraqqiyot jarayonida odamlarning turmush sharoitlari, hayoti va ma’naviy qiyofasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Turli xil jihatlar har qanday qadriyatlarning qarama-qarshi tomonlarini tashkil qiladi. Ijobiyligi va salbiyligi, baholanishi va ahamiyatiga ko‘ra bir-biriga mutlaqo zid ko‘rinadigan “yaxshilik” va “yomonlik”, “haqiqat” va “haqsizlik”, “baxt-saodat” va “g‘am-kulfat”, kabi tushunchalar hayotning bir-biri bilan qarama-qarshi bog‘langan jihatlarini ifodalaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda estetika fanining go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojeaviylik, kulgililik singari mezoniy tushunchalarining vujudga kelishida ham g‘oya, qadriyatlarning va ulardagi qarama-qarshilik prinsiplari bilan uyg‘unlik mavjud. G‘oya va qadriyatdan farqli o‘laroq estetika ushbu tushunchalarning estetik tuyg‘ular orqali vujudga keladigan insonning kechinmalarini ham o‘rganadi.
Estetik tafakkur tarixida ko‘pgina mutafakkirlar go‘zallikning idealga nisbatini tadqiq etganlar, yoki go‘zallikni mezon, komillik, ideallik deb bilganlar.
Qadimgi Yunonlar tartibsizlik, xunuklikni Xaos so‘zi bilan, tartiblilik, xushbichimlik, koinot uyg‘unligini va idealni Kosmos so‘zi bilan belgilaganlar. Go‘zallikning qonuniy prinsipi –estetik me’yor bo‘lib, u saqlangan joyda hamisha go‘zallik mavjud bo‘ladi. Xunuklik esa estetik me’yorning buzilishi, asosida yuzaga keladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin