Elektr xo‘jaligi. Elektr xo‗jaligiga elektr - kuch va elektr yoritish jihozlari, transformator podstansiyalari, elektr tarmoqlari, elektr motorlar, avtomatlashtirish va signalizatsiya asboblari kiradi. Elektr xo‗jaligi tarkibiga, shuningdek, zavod ichki transporti elektr akkumulyatorlariga va kuchsiz tokli (60 V) elektr xo‗jaligiga zavod ichki aloqasi va radioeshittirish uchun ishchi tarmog‗ini qo‗shib xizmat ko‗rsatish uchun mo‗ljallangan akkumulyator uchastkalari kiradi.
Korxonaning elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyoji (yiliga, oyiga, sutkasiga) mahsulot ishlab chiqarish reja topshirig‗i (elektrlashtirilgan ishlar), texnologik va harakatlantirish maqsadlari uchun energiya sarflash solishtirma me‘yorlari, maishiy maqsadlar va yoritish uchun elektr energiya sarflash mo‗ljalidan kelib chiqib aniqlanadi.
Yoritish va shamollatish uchun elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyoj o‗rnatilgan asboblarning quvvati va ularning ishlash soatlari soniga muvofiq rejalashtiriladi. Shularga muvofiq zarur miqdordagi transformatorlar, elektr motorlar, elektr tarmog‗ining uzunligi va boshqa elektr jihozlariga bo‗lgan ehtiyojlar belgilanadi.
Elektr energiya tannarxiga uning belgilangan tariflar bo‗yicha qiymati, transformator podstansiyasining o‗rnatilgan quvvati uchun to‗lovlar, elektr xo‗jaligiga xizmat ko‗rsatish, ta‘mirlash va saqlash bo‗yicha harajatlar, elektr xo‗jaligi ishchilarining asosiy va qo‗shimcha ish haqi ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalari bilan, elektr xo‗jaligi asosiy vositalari qiymatidan amortizatsiya ajratmalari kiradi.
Kalkulyatsiya birligi sifatida elektr energiya tannarxini hisoblashda 1 kVt-soat qabul qilingan.
Kompressor xo‘jaligi sovitkichni va texnologik sexlarni siqilgan havo va sun‘iy sovuqlik bilan ta‘minlash uchun kompressor sexiga ega.
Qishloq xo‗jalik mahsulotini qayta ishlash korxonalarida kompressor xo‗jaligining asosiy ko‗rsatkichi sovuqning tannarxidir. Bu tannarxga Xomashyo va asosiy materiallarga, suv va elektr energiyaga qilingan harajatlar, kompressor qurilmalari mashinistlarining ish haqi ijtimoiy ehtiyojlar uchun ajratmalari bilan, amortizatsiya harajatlari va kompressor sexiga xizmat ko‗rsatish va boshqarish bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa harajatlar kiradi. Sovuqlikning tannarxini hisoblash uchun kalkulyatsiyalash birligi bo‗lib Gkal xizmat qiladi.
Sovuqlik sarfini rejalashtirish ishlab chiqarish rejasi va mahsulotlarni sovitish, muzlatish va sovitkichda saqlash harajatlarining solishtirma me‘yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Elektr xo‗jaligi ishining sifatini tavsiflovchi eng muhim ko‗rsatkichlarga mahsulot birligiga yoqilg‗ining solishtirma sarfi va issiqlik birligining (masalan, 1t bug‗ning) tannarxi; mahsulot birligiga elektr energiya sarfining solishtirma me‘yori, kosinus fi (CosF) va 1 kVt- soat elektr energiyasining tannarxi kiradi (agar elektr energiyasi xo‗jalik usuli bilan olinayotgan bo‗lsa).
Qayta ishlash korxonasining umuman va har qaysi texnologik bo‗limning to‗xtovsiz ishlashini ta‘minlash uchun ma‘lum miqdordagi sovuq va issiq suv, but, sovuqlik, elektr energiyasi, ayrim hollarda esa siqilgan havo va gazga ega bo‗lishi kerak, bular me‘yorlar bo‗yicha ham, tanlangan texnologik jihozlar bo‗yicha ham hisoblanadi.
Suv miqdori (m3 yoki l) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
n
Q = q i m i ( 15 . 1 )
bu yerda qi - mahsulot birligiga suv sarflash me‘yori, mi - ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori.
O‗rnatilgan jihozlar bo‗yicha suv sarfini quyidagi formula bo‗yicha hisoblash mumkin:
Q= qs ·A- t , (15.2)
bu yerda qs - solishtirma suv sarfi me‘yori; A - jihozning unumdorligi, t/soat;
t - smenada jihozlangan ishlash davomiyligi, soat. Jihozning smenada ishlash davomiyligi jihozning ishlash grafigi yordamida aniqlanadi. Bu grafik bo‗yicha elektr energiyasi, bug‗, issiq va sovuq suv, siqilgan havo va hokazolarning soatlik sarfini osongina aniqlash mumkin. Korxona texnologik jarayonlari va jihozlarning ish grafigini ishlab chiqish uchun sut va go‗shtni qayta ishlash korxonalarini texnologik loyihalash uchun berilgan tavsiyalardan foydalanish zarur.
Bug‗ miqdori me‘yorlaridan kelib chiqib (15.1) va (15.2) tenglamalar bo‗yicha aniqlanadi.
Sovuqlikning soatlik sarfini (kJ\soat) quyidagi formuladan topish mumkin:
Qx =GM C( t b - to ) + q, (15.3)
bu yerda GM - sovitish zarur bo‗lgan mahsulot miqdori, kg/soat;
S - sovitiladigan mahsulotning issiqlik sig‗imi (masalan sut uchun S- 3,95 kJkg-C);
Tb va to - mahsulotning boshlang‗ich va oxirgi harorati, °C;
q - sovuqlikning atrof-muhitga yo‗qolishi, kJsoat (sut sovitkichlar uchun 5-10 dan deb qabul qilish mumkin.
Elektr energiyaga bo‗lgan ehtiyojni (kVt soat) me‘yorlar bo‗yicha (1-jadvaldan), shuningdek, elektr iste‘molchilarning quvvati va ularning ishlash davomiyligi bo‗yicha hisoblash mumkin:
n
i 1
i
P= N i t
, (15.4)
bu yerda N - elektr iste‘molining quvvati, kVt; t - ishlash davomiyligi, soat Masala. 15.1 - jadvalda berilganlardan foydalanib, ishlab chiqarish topshirig‗ini bajarish uchun konserva sexi brigadasining energetik
resurslariga bo‗lgan yillik ehtiyoji aniqlansin. Bir yilda ishlab chiqariladigan konservalar quyidagilarni tashkil etadi: «Dimlab pishirilgan cho‗chqa go‗shti va mol go‗shti» - 1940 tub, «mayda oshqovoq ikrasi» - 145, «Ko‗k no‗xat» - 1665, «Tomat sharbati» - 2580, «Konservalangan bodring va tomatlar» - 850, «Sirkalangan tomatlar» - 200
Agar 1 m3 suv 1 so‗m 20 tiyin, 1 kVt soat elektr energiyasi 29 tiyin va
1 Gkal issiqlik energiyasi 118,5 so‗m tursa (1 Gkal-109 kal), energoresurslarning qiymatini hisoblasin.
Agar 1 m3 suv 120 so‗m, 1 kVt soat elektr energiyasi 29 so‗m va 1 Gkal issiqlik energiyasi 11850 so‗m tursa (1 Gkal - 109 kal), energoresurslarning qiymatini hisoblansin.
- jadval
Dostları ilə paylaş: |