Diskli saralash mashinasi. Bu kalibrlash mashinalarning chiziqli kalibrlash
mashinalardan farqi shundaki, bularda teshik aylana shaklida o‗ralgan bo‗ladi.
Diskli kalibrlash mashinalarida meva va sabzavotlarni 3-4 xil
Bunda, Dur - diskning o‗rtacha diametri; n - diskning aylanishlar soni, ayl/min; k - saralash teshiklarining soni; g - bitta dona mevaning og‗irligi, kg; d - mevaning o‗rtacha diametri, m; - kalibrlash teshiklarining material bilan to‗lalik koeffitsiyenti.
Meva va sabzavotlarni saralash mashinalarining qanday turlari mavjud?
Kalibrlash jarayonining maqsadi nimadan iborat?
Shnekli saralash mashinasining ish unumdorligi qaysi formula orqali topiladi?
AMALIY MASHG‘ULOT
DONNI SAQLASHDA ISHLATILADIGAN MASHINA VA JIHOZLARNI TANLASH VA HISOBLASH
Ishdan maqsad: Don saqlashda ishlatiladigan mashina va jihozlarni o‗rganish va hisoblash.
Umumiy ma’lumotlar
Don mahsulotlarini saqlash jarayonida ko‗pgina mashina va jihozlardan foydalaniladi. Daladan yig‗ishtirib kelingan don saqlash omborxonasiga keltirilganda 1-vazifalardan biri donni kerakli joyga tashishdir. Shuning uchun don tashish maqsadida A9 (g‗oz bo‗yinli shakldagi) rusumli elevatordan foydalaniladi. Elevator gorizontal tekislikga nisbatan 55
0 C qiya o‗rnatilgan kovshli transportyor bo‗lib, pastki va yuqorigi qismlari gorizontal holda harakatlanadi.