Separator barabani qanday tuzilgan va tarelkalar oralig‗ida qaymoq qanday qilib ajraladi?
Qaymoq yog‗liligi qanday aniqlanadi?
Separatorda harakatlanuvchi uzatmalar qanday tuzilgan?
Ishchi tarelkalar qanday mahkamlanadi?
Qaymoq ajratgich va sut tozalagich barabanlarining ish jarayonida farq qiladigan xususiyatlar nimadan iborat?
18-AMALIY MASHG‘ULOT FILTRLASH JARAYONINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: Filtrlarning tuzilishi, turlari, ishlash prinsipi va hisoblashni o‗rganish.
Umumiy ma’lumotlar
Turli jinsli sistemalarni g‗ovak filtr to‗siqlar yordamida fazalarga ajratish jarayoniga filtrlash deyiladi. Filtr to‗siqlar aralashmaning qattiq (dispers) fazasini ushlab qoladi, sutoq (dispersion) fazasini o‗tkazib yuborish qobiliyatiga ega. Filtr to‗siqlar yoki bundan buyon filtrlar sifatida g‗ovakli materiallar qo‗llaniladi (masalan, to‗r pardalar, karton,
gazlamalar, sochiluvchan materiallar, shag‗al, qum, g‗ovak polimer materiallar, keramika, metallokeramika va boshqalar).
18.1-rasm. Filtr to‗siq va cho‗kma qatlami orqali suyuqlikning o‗tish sxemasi
Filtrlash jarayoni bosimlar farqi yoki markazdan qochma kuchlar maydoni ta‘sirida amalga oshiriladi.
Filtrlash intensivligi suspenziya sifati, ya‘ni dispers faza cho‗kmasi qarshiligining miqdoriga, karton, shilimshiq va kolloid moddalar bor- yo‗qligiga bog‗liqdir.
Turli jinsli sistemalarni ajratish paytida filtr konstruksiyasi yoki filtrlovchi sentrifuga, filtr to‗siq va filtrlash rejimlarini tanlash zarurati tug‗iladi.
Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda cho‗kma hosil qilish yo‗li bilan filtrlash keng tarqalgan.
Masalan, shakarpazlikda filtrlash qiyomlarni tozalash, cho‗kmani saturatsion sharbatdan ajratish uchun qo‗llaniladi. Pivo pishirishda esa, ushbu jarayon suslodan qattiq fazani ajratish va tayyor mahsulotni tindirish uchun ishlatiladi. Undan tashqari, vinopazlik likyor - aroq va sharbatlar ishlab chiqarish sanoatlarida filtrlash jarayonidan keng miqyosda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |