Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari


«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparatlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə40/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
amaliy mashg\'ulot

«Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparatlari


Bunday isitkichlar bir necha elementlardan tuzilgan. Har bir element katta diametrli tashqi truba va konsentrik holda joylashgan ichki trubadan iborat (20.1-rasm). Ichki trubadan isitilayotgan muhit harakat qilsa, trubalararo bo‗shliqdan esa sovitilayotgan agent harakat qiladi.

20.1-rasm. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish apparati:



    1. - issiqlik tashuvchi agentlar; 1-ichki truba; 2- tashqi truba; 3-kalach;

4-birlashtiruvchi patrubka
Ichki trubaning va trubalararo bo‗shliqning ko‗ndalang kesimlari kichik bo‗lganligi sababli kichik sarflarda ham issiqlik tashuvchi agentlarni katta tezliklar bilan o‗tkazish mumkin. Shuning uchun bu isitkichlarda yuqori ko‗rsatkichli issiqlik o‗tkazish koeffitsiyentiga erishish mumkin va apparatning massa birligiga to‗g‗ri keladigan issiqlik miqdori kojux-trubali isitkichlarga nisbatan yuqori bo‗ladi. Bundan tashqari, issiqlik tashuvchi
agentlarning tezligi katta bo‗lgani uchun, trubalarning yuzasida har xil iflosliklar hosil bo‗lmaydi.
Bu tipdagi isitkichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchi agentlarning sarflanish miqdori kam bo‗lganda ham ishlaydi. Ularning afzalligi: issiqlik tashuvchi agentlar katta tezlikka ega bo‗lganligi uchun issiqlik o‗tkazish koeffitsiyentining qiymati ham katta, apparatni tayyorlash oson.
Kamchiliklari: o‗lchamlari katta, issiqlik almashinishda qatnashmaydigan tashqi trubalarga ko‗p metall sarflanganligi uchun apparatning qiymati katta, trubalar o‗rtasidagi bo‗shliqni tozalash qiyin.


Nazorat savollari


      1. Issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etuvchi jismlar qanday nomlanadi?

      2. Issiqlik o‗tkazuvchanlik yo‗li bilan issiqlikning tarqalishi qanday tenglamalar bilan ifodalanadi va tenglamalar to‗g‘risida ma‘lumot bering?




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin