Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə31/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
amaliy mashg\'ulot

Separatorning texnologik tartibi


Qaymoq miqdori va yog‗ililigini rostlash rostlovchi vintni burish yordamida amalga oshiriladi. Vintni o‗ng tomonga buraganda qaymoq yog‗liligi ortadi va miqdori kamayadi, chap tomonga buraganda yog‗liligi pasayadi va miqdori ko‗payadi. Separator zavodda ishlab chiqilganda vint 12% li qaymoq olishga sozlangan bo‗ladi.
Separator o‗rganilayotganda quyidagilarga e‘tibor berish kerak: barabanning aylanishi kamayishi bilan sutdan yog‗ning ajralib chiqishi yomonlashadi; sutdan sifatli yog‗ 35-400 C haroratda va achimliligi 220 T yuqori bo‗lmaganda ajratiladi; sutning ifloslilik darajasi ko‗tarilishi bilan tarelkalar komplekti orasidagi bo‗shliq to‗ladi va yog‗ning miqdori yog‗i olingan sutga qaraganda ko‗p bo‗ladi; separator 2 soatdan ortiq to‗xtamasdan ishlaganda tarelkalar komplekti orasidagi bo‗shliq tiqilib qoladi va yog‗ ajralish yomonlashadi; tarelka o‗lchamlagichining aylana qismi baraban asosining quyilish joyiga mahkam o‗tirmasa, sut iflos yig‗ish bo‗shlig‗iga o‗tadi va yog‗ ajralish jarayonida qatnashmaydi.

17.1-rasm. Separator sut tozalagichning texnologik sxemasi 1-ajratkich tarelka; 2-ishchi tarelka; 3-qaymoq chiqish yo‗li;


4-qaymog‗i olingan sut chiqish yo‗li; 5-poplavok (po‗kak) kamerasi; 6-sut qabul qilgich; 7-tarelka ushlagich; 8-baraban korpusi (markaziy
quvur bilan); 9-sozlovchi vint
Barabanning bir tekis aylanmasligining sababi

  1. Mahkamlash gaykasi qopqoq va barabandagi belgigacha qotirilmagan bo‗lsa;

  2. Tarelkalar barabanga tartib nomeri bilan joylashtirilmasa;

  3. Boshqa barabanniki qo‗yilmasa;

  4. Vereteno bo‗g‗iz tayanchi to‗g‗ri yig‗ilmasa;

  5. Seperator bir sathda o‗rnatilmagan bo‗lsa;

  6. Harakatlantiruvchi mexanizm sharikopodshipniklari yeyilgan bo‗lsa.

Foydalanish qoidalari


Foydalanishdan oldin separatorning sozligi tekshiriladi. Separator vali veretenosi to‗g‗ri aylanayotganini tekshirish uchun elektrodvigatel bir necha sekund to‗xtatiladi. Separator barabani yig‗ligan bo‗lsa, uning hamma qismlari bir-biriga to‗g‗ri tushadi. Bunda ortiqcha kuch talab qilinmaydi.
Agar separator ishga tushirilgandan keyin begona shovqinlar eshitilsa unda separator to‗xtatiladi va tekshiriladi. Agar baraban o‗rnatiladigan joyida suv bo‗lsa, unda mahkamlovchi rezina tekshiriladi. Salbiy holat aniqlansa rezina almashtiriladi.
Ish davrida qaymoq yog‗liligi sozlovchi vint yordamida aniqlanadi. Separator ishlatilib bo‗lingach, uni tozalash kerak. Buning uchun 2-3 kg yog‗i olingan sut seperatordan qayta o‗tkaziladi.
Separatorni qismlarga ajratish ularni qarama-qarshi tomonga burash orqali amalga oshiriladi. Baraban qismlarga ajratilgach 30-450C suv bilan, keyin 0,5% dazmol qorishmasi bilan yuviladi, so‗ngra iliq suv bilan chayilib quritiladi. Baraban va sut idishlari zanglamaydigan joyga qo‗yiladi.
Separator yaxshi, ko‗p muddat ishlashi uchun uning aylanuvchi qismlari moylab turiladi. Moyi esa har 3 oyda almashtirib turiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin