Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə34/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
amaliy mashg\'ulot

Diskli filtr. Bu filtrlar mayin dispers suspenziyalarni ajratish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, qo‗shimcha moddalar o‗tirindi qatlami bilan bosim ostida ishlaydi. Isitadigan g‗ilofli vertikal idish ko‗rinishiga ega bo‗lgan diskli filtrlarda ishchi bosim - 0,5 MPa, g‗ilof ichidagi bosim esa - 0,3 MPa. Filtr ichida g‗ovak o‗q 6 bo‗lib unga metalldan yasalgan teshikli disk filtr element 7 lar o‗rnatilgan (18.3-rasm). Disklar o‗z navbatida, polipropilen yoki boshqa filtr to‗qima bilan qoplanib, halqasimon qisqichlar yordamida mahkamlanadi.
Diskli filtrlarda qisman quritilgan cho‗kmani markazdan qochma kuch yordamida to‗kish imkoniyati bor. Filtrlovchi disklar o‗rnatilgan ichi bo‗sh o‗q elektr yoki gidravlik yuritkich yordamida aylantiriladi. O‗qning aylanish chastotasi 250 min-1 bo‗lib, teflon salnik yordamida zichlanadi.
Filtrlashdan avval suspenzatorda qo‗shimcha moddalardan suspenziya tayyorlanadi va filtrlovchi elementlarga o‗tirindi cho‗kma hosil qilinadi. Buning uchun, filtrlovchi elementlarda 15...30 mm qalinlikda o‗tirindi cho‗kma paydo bo‗lmaguncha, nasos yordamida tayyor suspenziya uzatiladi.

18.3-rasm. Diskli filtr
1-shkiv; 2-salnikli qistirma; 3-qopqoqlar; 4-filtr qobiq; 5-g‗ilof; 6-g‗ovak o‗q; 7-filtrlovchi element; 8-podpyatnik.
Filtrat filtrlovchi diskdan o‗tib, g‗ovak o‗qdagi teshiklar orqali ichi bo‗sh o‗qqa tushadi va filtrdan suspenzatorga chiqariladi. Xuddi shu yo‗sinda suspenziya filtrlanadi. Jarayon tugagandan so‗ng, cho‗kma yuviladi va havo yordamida qisman quritiladi.
Lentali filtr. Bu filtr rom, uzatuvchi 1 va taranglovchi 6 barabanlardan, hamda ikki baraban orasiga tortilgap teshikli, cheksiz uzunlikdagi rezina lenta 4 dan tarkib topgan (18.4-rasm).

18.4-rasm. Lentali vakuum-filtr


1-uzatuvchi baraban; 2-purkagich; 3-vakuum-kamera; 4-rezina lenta; 5-nov; 6-taranglovchi baraban; 7-taranglovchi g‗ildiraklar; 8-filtrat
chiqarish kollektori; 9-yuvuvchi suvni chiqarish kollektori; 10-cho‗kma yig‗gich; 11-filtr to‗qima.
Teshikli rezina lenta ostida vakuum kamera 3 bo‗lib, u pastki qismi bilan filtrat 8 va yuvuvchi suyuqlik chiqarish kollektorlari 9 bilan ulangan.
Hosil qilinayotgan vakuum hisobiga lenta vakuum - kameraning tepa qismiga yopishib turadi.
Filtr to‗qima esa taranglovchi g‗ildirakchalar 7 yordamida cheksiz rezina lentaga siqib quyiladi.
Filtr to‗qimaga nov 5 dan suspenziya uzatiladi. Filtrat vakuum ostida kameralarga va kollektor orqali yig‗gichga yuboriladi. Hosil bo‗lgan cho‗kmaga purkagich 2 dan yuvuvchi suv beriladi va kameralarga so‗rib olinib, so‗ng kollektor 9 orqali yig‗gich 10 ga chiqariladi.
Uzatuvchi barabanda filtr to‗qima rezina lentadan ajraydi va yo‗naltiruvchi g‗ildirakchani aylanib o‗tadi. Shunda cho‗kma filtr to‗qimadan sirpanib tushadi va cho‗kma yig‗gichga to‗kiladi. Filtr to‗qima ikkita g‗ildirakcha 7 lar orasidan o‗tguncha yuviladi, quritiladi va tozalanadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin