Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


yoshlarga  korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149
1.14-

yoshlarga 
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha 
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish
va 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab 
tatbiq etish va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim 
muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada 
kuchaytirilishini ta’minlashi belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 27 - maydagi PF-5729-
son Farmonining 8-bandi ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim sohasida «Korrupsiyasiz 
soha» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi» 
tasdiqlangan. 
«Yo‘l xaritasi»da 7 yo‘nalishda (OTM sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish 
bo‘yicha umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, OTM qabul jarayoni, ta’lim 
berish va talabalar bilimini baholash jarayonini takomillashtirish, talabalar 
o‘qishini ko‘chirish, o‘qishga tiklash, xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik 
to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish hamda ta’lim tashkilotlarini 
attestatsiya 
va 
davlat 
akkreditatsiyasidan 
o‘tkazish, OTM faoliyatini 
takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi hamda ularga 
qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish hamda ta’lim tizimida byudjet 
mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash) 46 banddan iborat 
korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish nazarda tutilgan: 
Tadbirlarni Davlat byudjeti, oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari 
mablag‘lari, BMT taraqqiyot dasturi, YUNESKO, Jahon banki, Iqtisodiy 
hamkorlik tashkiloti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish belgilangan. Chora-
tadbirlarda jami 31 ta normativ-huquqiy hujjat (2 ta qonun – Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi va Oliy ta’lim to‘g‘risida, 1 ta Prezident qarori, 23 ta Vazirlar 
Mahkamasi qarori, 5 ta idoraviy normativ huquqiy hujjat loyihalari) ishlab chiqish, 
15 ta amaliy-tashkiliy chora-tadbirlar (1 ta ilmiy tadqiqot, 2 ta tahliliy ma’lumot va 
12 ta boshqa tadbirlar) belgilangan. 
2019-yil 23-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalari 
rahbar 
va 
pedagog 
kadrlarining 
malakasini 
oshirish 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 797-son qarori 
qabul qilinib, oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlarining o‘quv-metodik va ilmiy-


115 
pedagogik faoliyati natijalari inobatga olinadigan, ularga muntazam ravishda 
kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka 
oshirish tizimi amaliyotga joriy etildi. O‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash 
bilan bog‘liq fan va kurslarni kengaytirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka 
oshirish kurslari o‘quv rejalariga 13 ta yangi modul kiritildi. 
Respublikada malakali yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadida ta’lim tizimini 
yanada takomillashtirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek ta’lim 
xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga 
oshirilmoqda. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, aynan muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari 
asosida oliy ta’limda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan, jumladan sohada 
korrupsiyaga to‘liq barham berish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar ham 
mavjud.
Xususan, keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalari soni ortdi. 
«2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 
3 ta ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta 
yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. 
Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi 
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 
ming 500 nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul 
qilindi».
24
Qabul kvotalari 2016-yilga nisbatan oshdi va natijada yoshlarning oliy ta’lim 
bilan qamrovi 9 foizdan 25 foizga yetdi. 
2018-2019-o‘quv yilidan boshlab 52 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi, 9 ta 
oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim, 43 ta oliy ta’lim muassasasida ikkinchi oliy 
ta’lim sirtqi shaklda joriy etildi.
Yangi 66 ta ta’lim yo‘nalishi va 48 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar 
tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
16 ta oliy ta’lim muassasasida 10 ta xorijiy davlatning yetakchi oliy ta’lim 
muassasalari bilan hamkorlikda 33 ta ta’lim yo‘nalishi va 14 ta mutaxassislik 
bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlanmoqda. 
2019-yilda oliy ta’limni moliyalashtirishga byudjetdan 1 trln. 289 mlrd so‘m 
hamda 3 trln. 417 mlrd so‘m kontrakt tushumlarini yo‘naltirish rejalashtirilgan. 
Soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, jumladan ularning uy-joy 
sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 
misli ko‘rilmagan aniq choralar amalga oshirilmoqda. 
Ammo ta’kidlash kerakki, tahlillar ko‘rsatganidek korrupsiyaga qarshi kurash 
borasida bir qator masalalar ham mavjud. 2018-yildan o‘tkazilgan «Ijtimoiy fikr» 
jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, 
korrupsiyaga moyil bo‘lgan sohalar sifatida ta’lim 21,2 foiz ekanligi aniqlangan. 
Tahlillar ko‘rsatganidek tizimda korrupsion jinoyatlarning quyidagi 
ko‘rinishlari uchraydi: 
24
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январда Ўзбекистон 
Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси. 


116 
1. Ta’lim muassasalari mansabdorlarining o‘z shaxsiy manfaatlarini ustun 
qo‘yib, mansab soxtakorligini sodir etib, soha uchun ajratilgan, tizimning bir 
maromda faoliyat olib borishi uchun yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan byudjet 
mablag‘larini talon-toroj qilish. 
2. Ta’lim tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning xodimlarini ishga 
qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va shu kabi masalalarni pora evaziga hal 
qilish. 
3. Ta’lim muassasalari mansabdorlari tomonidan asoslantirilmagan xarajatlar 
uchun pul yig‘ish kabi suiiste’molchiliklar sodir etilishi. 
Mablag‘larni asosan muassasani ta’mirlash va boshqa xarajatlar niqobi ostida, 
ba’zi holatlarda esa sodir etilgan jinoyatlarni pora berish yo‘li bilan tekshiruvdan 
yashirish maqsadida yig‘ish holatlari kuzatilmoqda. 
4. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi yuzasidan tuzilgan statistik 
ma’lumotlarni soxtalashtirish, ta’lim muassasasida tahsil olmagan o‘quvchilarga 
soxta attestatlarni berish evaziga pora olish, haqiqatda ishlamagan yoki ta’lim 
muassasasiga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslarni muassasa xodimlari sifatida 
rasmiylashtirish va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etish. 
6. Ta’lim tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan o‘qishga qabul qilish, 
boshqa o‘quv muassasalariga o‘tkazish evaziga pora olish. 
Oliy ta’lim tizimida korrupsiya holatlarining uchrashi, bepul umumiy ta’lim 
olish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarning buzilishi, ta’lim oluvchilar bilim 
darajasining tushib ketishi, jamiyatdagi inson salohiyatining kamayishiga olib 
kelishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan holatlarga alohida e’tibor qaratishni talab 
etadi. 
Ta’kidlab o‘tilganidek, to‘plangan statistik ma’lumotlarning tahlili sohadagi 
jinoyatchilik darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda, bu esa o‘z navbatida, sohada 
korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olishga yo‘naltirilgan aniq va qat’iy 
chora-tadbirlar ishlab chiqilmaganligi, jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan 
shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilinmaganligi, soha xodimlari o‘rtasida korrupsiya 
va uning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bo‘lgan salbiy ta’sirini 
tushuntirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari yetarli darajada 
o‘tkazilmaganligi, tizim xodimlari tomonidan qonunbuzish sodir etilishini oldini 
oluvchi va bunga doimiy hamda tizimli ravishda qarshi kurashuvchi samarali 
mexanizm yaratilmaganligining natijasidir. 
«Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng 
yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir 
joiz bo‘lsa, «halollik vaksinasi» bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan 
yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan 
kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak».
25
Ushbu illatga qarshi kurashishdagi yana bir muhim vositalardan biri-
jamoatchilik nazorati. Bugungi kunda yurtimizda 10 mingdan ziyod nodavlat 
notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Lekin ularning o‘rni va faoliyati 
25
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январда Ўзбекистон Республикаси 
Олий Мажлисига Мурожаатномаси. 


117 
sezilmayapti. Chunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi, davlat bilan 
ko‘prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo‘q. 
Shu bois Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamoatchilik 
nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik 
o‘rnatish maqsadida Jamoatchilik palatasi tashkil etish taklifini ham bildirgan edi. 
Jamoatchilik palatasi aholi fikrini muntazam ravishda o‘rganib borishi, ularning 
echimini topish bo‘yicha davlat idoralari oldiga aniq vazifalarni qo‘yishi zarurligi 
ta’kidlandi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tizimdagi korrupsion jinoyatchilik va boshqa 
huquqbuzarliklar ahvolini atroflicha tahlil qilib, ularning sabablari va sodir 
etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni o‘rganib, tizimning har bir sohasini 
qamrab oluvchi, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlikka 
qarshi kurashish va uning oldini olishga yo‘naltirilgan aniq muddatlari va 
ijrochilari belgilangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda kelgusida 
ushbu turdagi davriy rejalarning ishlab chiqilishi va ijrosini ta’minlash lozim. 
1.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin