Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149
1.14-

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
» haqidagi farmoyishi 
asosida mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida mazkur o‘quv kursi
joriy qilindi. 
«Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi – «
Ozod va obod Vatan, erkin 
va farovon hayot!
»dir. 
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari: -vatan ravnaqi;-yurt tinchligi;-
xalq farovonligi; ijtimoiy hamkorlik; millatlararo totuvlik; dinlararo bag‘rikenglik; 
komil inson. 
Mamlakatimiz taraqqiy ettirish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar 
strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda milliy 
g‘oyani rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Zero, Harakatlar strategiyasini 
Milliy strategiyamiz desak ham adashmaymiz. 
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-apreldagi «O‘zbekiston taraqqiyotining 
yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir 
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida taniqli olimlar, ekspertlar, ijodkor 
ziyolilardan iborat ishchi guruh tomonidan Milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab 
chiqildi
30
. Mazkur konsepsiyada mamlakatimizda milliy yuksalish g‘oyasi asosida 
30
Улуғ халқ қудрати жўш урган замон. Халқ сўзи .2019 йил 14 декабрь, №259. 


128 
amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar aks etgan. Yurtimizda tinchlik, fuqarolar 
va millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, demokratik 
tamoyillarni to‘liq qaror toptirish, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va 
adolat, moddiy hamda ma’naviy hayotning barobar rivojlanishi o‘z ifodasini 
topgan. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi 
bosqichida «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari» degan ulug‘ maqsad bosh 
g‘oya sifatida maydonga chiqmoqda. 
Milliy yuksalish g‘oyasining asosiy tushunchalari orasiga kiritilgan «Yagona 
Vatan tuyg‘usi», «Adolat-qonun ustuvorligida», «Xalq roziligi», «Jaholatga qarshi- 
ma’rifat», «Innovatsion taraqqiyot» tushunchalari milliy tiklanishdan-milliy 
yuksalish sari degan ulug‘ maqsad davlat va jamiyat hayotining barcha sohasini 
kompleks rivojlantirishni, xalqimizga bunyodkorlik va yaratuvchanlik ruhini baxsh 
etishni nazarda tutadi. 
Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi,milliy 
g‘oyasi bilan yuksalgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga 
chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda 
muhim ahamiyatga ega. 
Milliy g‘oya mohiyatini to‘liq anglab yetmagan, eski mafkurani tasavvur 
qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Shu bois Prezident 
mamlakatimiz mafkurasining asosiy goyasini ta’kidlab o‘tdi: 
«Biz yaratayotgan yangi O‘zbekiston mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm 
g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming 
yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan»,-dedi davlatimiz rahbari. 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishini tanqidiy o‘rganib chiqib, 
faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaror qilindi. Markazning «Ma’naviyat 
targ‘ibotchisi» o‘quv muassasasi negizida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 
tashkil etildi. 
Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, 
jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Ijod» jamoat 
fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etildi. 
2021-yil 26- mart kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Ma’naviy –
ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasini va ta’sirchanligini oshirishda muhim 
ahamiyatga egadir. 
Mazkur 
qarorda 
ma’naviy–ma’rifiy 
ishlar 
tizimini 
tubdan 
takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib berilishi bilan birga ezgulik va 
insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari» 
g‘oyasining keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va 
bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish vazifasi ta’kidlab o‘tilgan. 
Shuningdek oila ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning 
uzviyligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan
31
.
31
Маърифат зиёси халқ йўлини ёритувчи машъалдир.Янги Ўзбекистон.2021 йил 1 парель, №:65(321). 


129 
Ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish 
hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining o‘quv rejalariga 
«Ma’naviyatshunoslik», «Kasbiy ma’naviyat» fanlarining kiritilishi har bir 
mutaxassisning nafaqat malakali kadr, balki ma’nan komil va yuksak inson 
bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosati 
darajasiga ko‘tarilgan bir paytda «Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot 
bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir,-dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda, -Biz 
yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mahkam ustunga 
tayanamiz. Birinchisi-ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga 
asoslangan kuchli ma’naviyat». 
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning 
hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me’morchilik, 
ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni 
chuqurroq o‘rganib, yanada boyitmoqdalar. Ular o‘z milliy asarlari va kashfiyotlari 
bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. 
Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va 
jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda 
O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida 
e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan 
talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo 
etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-
aprelidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni 
hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin